3-mavzu. Hujjatlashtirish va inventarizatsiya. Buxgalteriya hisobi registrlari va shakllari Reja
-jadval №____ schyot bo‘yicha Bosh kitob (buxgalteriya hisobi jurnal-order shaklida)
Download 233.34 Kb.
|
3-mavzu. Hujjatlashtirish va inventarizatsiya. Buxgalteriya hisobi registrlari va shakllari (1)
23-jadval
№____ schyot bo‘yicha Bosh kitob (buxgalteriya hisobi jurnal-order shaklida) «Bosh kitob» Jurnali _________oy 20___ yil
Buxgalteriya hisobining informatsion texnologiyalarga asoslangan shakli Buxgalteriya hisobining ushbu shakli elektron hisoblash mashinalarini qo‘llashga asoslangan. Hisoblash texnikalarining rivojlanishi, ularni iqtisodiyotning hamma sohalarda keng qo‘llanilishi iqtisodiy samaradorlikga erishishning asosiy omillaridan biridir. Buxgalteriya hisob ishlarini takomillashuviga erishish, ular samaradorligini oshirish maqsadida ishlarini mexanizatsiyalashtirish natijasida Buxgalteriya hisobining jadval – avtomatlashtirilgan shakli vujudga keldi. Hisob ishlarida EHM laridan foydalanish yordamchi quyidagi imkoniyatlarni yaratiladi: Hisob ishlari bilan band bo‘lgan xodimlar soni qisqaradi. Hisob xodimlari mehnat unumdorligi oshishiga erishiladi. Hisob ma’lumotlari qayta ishlanishi tezlashadi. Hisob ma’lumotlaridan foydalanishni operativligini ta’minlanadi. Moddiy javobgarlik ustidan nazoratni kuchaytirilishiga erishiladi. Korxonalar mulkchilik saqlanishi ustidan nazorat kuchaytiriladi. Hisob ishlari bilan bog’liq xarajatlar kamayishiga erishiladi. Buxgalteriya hisobining jadval-avtomatlashtirilgan shakli asosida buxgalteriya hisobi usuli asosiy elementidan hujjatlashtirish yotadi. Ammo, shunga ahamiyat berish zarurki, hujjatlardagi ma’lumotlarni guruhlash, umumlashtirish hisoblash mashinalari yoki kompyuterlar yordamida amalga oshiriladi. Hisob ishlari kompyuterlarda amalga oshiriladigan korxonalarda hisob ma’lumotlari hisob registrlarida yoki hisoblash mashinalarini ma’lumot tashuvchilarida saqlanadi, ya’ni masalan, disketlarda. Buxgalter ish joylarini kompyuter bilan ta’minlanishi avtomatlashtirilgan ish joylarini yaratilishiga asos bo‘ladi. EHMlardan hisob ishlarida foydalanish iqtisodiy samaralar bilan birga korxonalarda boshqarishning avtomatik tizimini yaratilishi bilan birga olib boriladi. Boshqarishning avtomatik tizimi korxonalar xo‘jalik faoliyatini boshqarishdagi vazifalar kompyuterlarni qo‘llash yordamida bajariladi. Boshqarishning avtomatik tizimi (BAT) korxona xo‘jalik faoliyati davomida yuzaga keladigan muammolar, vazifalarni operativ tashkil etishning tegishli chora-tadbirlar belgilanishini, qarorlar qabul qilinishini ta’minlaydi. Shuningdek, chora-tadbirlarni amalga oshirilishi, qarorlar bajarilishi ustidan nazoratni operativligi ham BAT tizimi yordamida ta’minlanadi. Buxgalteriya hisobida hisoblash texnikasi vositalaridan foydalanish, natijasida vujudga kelgan, buxgalteriya hisobining jadval – avtomatlashtirilgan shakli kompyuter dasturlaridan foydalanishga asoslangan. Kompyuterlarni hisob ishlariga mo‘ljallangan dasturlari hisob registrlarini avtomatlashtirilgan tarzda tuzishga imkoniyat yaratadi. Buxgalteriya hisobining takomillashgan avtomatlashtirilgan shaklida asosiy bosqich buxgalteriya ma’lumotlarini qayta ishlashdir. Ma’lumotlar qayta ishlash uchun kompyuterga kiritilishidan oldin, ma’lumotlar qayta ishlashga moslashtirilishi lozim. Avtomatlashtirilgan hisob shaklida xujjatlar aylanishi ham shu shaklga moslashgan holda tuzilishi lozim. Ma’lumotlarni qayta ishlashga mo‘ljallangan dasturlarni tayyorlash, ularni qo‘llashga doir texnologik va qo‘llash ko‘rsatmalari ham ushbu shakldagi bosqichlardan hisoblanadi. Ishlab chiqilgan dasturga ko‘ra, ma’lumotlar hisoblash markazi (HM) yoki avtomatlashtirilgan ish joyida buxgalteriya xodimi turli mazmundagi hisob registrlarini oladi. Dasturda ishlab chiqilganiga ko‘ra, bu hisob registrlari jurnal-orderlar, vedomostlar, kitoblar, kartochkalar va boshqalar bo‘lishi mumkin. Xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar buxgalteriya hisobi qaysi shaklidan foydalanishni mustaqil ravishda belgilaydilar va bunda ular hisob-kitob ishlarini hajmi, hisob xodimlarini soni, malakasi va boshqa omillarni e’tiborga oladilar. Xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar xo‘jalik faoliyatlari hisobini yuritishda buxgalteriya hisobining qaysi shakllaridan foydalanishlaridan qat’iy nazar, O‘zbekiston Respublikasining «Buxgalteriya hisobi to’g’risida»gi qonuniga va boshqa tegishli me’yoriy hujjatlarga va ko‘rsatmalariga rioya etishlari shart. Download 233.34 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling