3-mavzu. Hujjatlashtirish va inventarizatsiya. Buxgalteriya hisobi registrlari va shakllari Reja


Download 233.34 Kb.
bet1/19
Sana17.02.2023
Hajmi233.34 Kb.
#1205488
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
Bog'liq
3-mavzu. Hujjatlashtirish va inventarizatsiya. Buxgalteriya hisobi registrlari va shakllari (1)


3-mavzu. Hujjatlashtirish va inventarizatsiya. Buxgalteriya hisobi registrlari va shakllari
Reja
3.1.Hujjatlar va ular haqida tushuncha
3.2. Hujjatlarning turlari
3.3. Hujjatlar rekvizitlari va ularni rasmiylashtirish
3.4. Hujjatlarning aylanishi
3.5. Inventarizatsiya haqida tushuncha, uning ahamiyati va turlari
3.6. Inventarizatsiya o‘tkazish va natijasini rasmiylashtirish tartibi
3.7. Buxgalteriya hisobi registrlari haqida tushuncha va ularning ahamiyati
3.8. Buxgalteriya hisobi registrlarining turlari, ularni yuritish tartibi
3.9. Buxgalteriya hisobi registrlaridagi xato yozuvlarni tuzatish tartibi
3.10. Buxgalteriya hisobining shakllari: memorial-order, Bosh jurnal, jurnal-order, informatsion texnologiyalarga asoslangan va soddalashtirilgan shakl
Tayanch so‘z va iboralar:bosh daftar, bosh jurnal, dastlabki hujjatlar, memorial-order, tizimli yozuv, xronologik yozuv, xo‘jalik muomalalari, buxgalteriya hisobining registrlari, buxgalteriya jurnali. dastlabki hujjatlar, inventarizatsiya, hujjat aylanishi, hujjatlashtirish.
3.1.Hujjatlar va ular haqida tushuncha
Xo‘jalik jarayonlarini va ularning natijalarini nazorat qilish kuzatish, o‘lchash va ro‘yxatga olish orqali amalga oshiriladi. Kuzatish orqali korxona va tashkilotlarning xo‘jalik faoliyatini tashkil etuvchi ko‘p sonli va turli xil faktlar olinadi. Bu faktlarni esa ma’lum o‘lchov birliklarida ifodalash, hamda tegishli ravishda guruhlarga ajratib qayd qilib borish zarur. Shu tariqa xo‘jalik faoliyatiga baho berish uchun zarur ma’lumotlarga ega bo‘linadi.


12-chizma. Dastlabki kuzatish
Buxgalteriya hisobi uslubi elementlaridan biri hujjatlashtirish bo‘lib, uning ahamiyati xo‘jalikni yuritishda, boshqaruvni oqilona tashkil etishda, shuningdek hisob ishlarini yuritish oldiga qo‘yilgan vazifa hamda talablarga javob berishda zaruriydir.
Hujjatlashtirish buxgalteriya hisobi uslubining muhim usullaridan biri bo‘lib, uning mazmuni xo‘jalik muomalalarini yozma ravishda dastlabki qayd qilish va ularning haqiqatda sodir bo‘lganligini isbotlashdan iboratdir.
Buxgalteriya hujjati - bu xo‘jalik muomalasi faktining haqiqatda mavjudligini yoki sodir bo‘lganligini yoki sodir bo‘lishi lozimligini isbotlovchi, mas’ul shaxslar imzosi bilan tasdiqlangan yozma guvohlikdir. Hujjatlar xo‘jalik muomalalari sodir bo‘lgan vaqtda yoki sodir bo‘lishi bilan tuzilishi va ularning mazmunini to‘liq aks ettirishi kerak.
Hujjatlar O‘zbekiston Respublikasi statistika tashkiloti ishlab chiqqan va tasdiqlagan maxsus blankalarga ro‘y bergan yoki sodir etilishi kerak bo‘lgan xo‘jalik jarayonlarini hamma rekvizitlarni aks ettirilgan holda tuziladi. Bundan tashqari korxona maxsuslashtirib ishlab chiqqan blanka shakllari ham qo‘llaniladi, ushbu hollarda ishlab chiqilgan blankalar shakli moliya tashkilotlari tomonidan tasdiqlanishi kerak. Hozirgi davrda korxonalar o‘z buxgalteriya hisobini yuritishda zamonaviy texnika vositalaridan keng foydalanmoqdalar. Bunda korxonalarga birlamchi hujjatlarni hamma standartlar talabiga rioya etgan holda, hisoblash texnikalari orqali ishlab chiqarishga ruxsat etilgan.
Qat’iy hisobda turgan blankalar o‘rnatilgan tartibda tartib raqami bilan belgilanadi, albatta korxona muhri, ma’sul xodimi imzo bilan ham tasdiqlanishi zarur.
Blankalarga ma’lumotlar aks ettirilish ahamiyati shundaki, avvalambor xo‘jalik jarayoni isbotini bersa, ikkinchidan mulkchilik saqlanishini ta’minlaydi va yana korxona ichki boshqaruvi uchun hamda yuqori boshqaruvi, audit nazorati, tekshiruvi uchun ham xizmat qiladi. Hujjatdagi ma’lumotlardan foydalanib korxona, muassasalar, tashkilotlar faoliyati o‘rganiladi, tahlil qilinadi, baho beriladi va tegishli xulosalar chiqarilib ular asosida chora-tadbirlari belgilanadi, tegishli qonun qoidalar qabul qilinadi va hayotga tadbiq etiladi.

Download 233.34 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling