3-mavzu. Hujjatlashtirish va inventarizatsiya. Buxgalteriya hisobi registrlari va shakllari Reja


Download 233.34 Kb.
bet3/19
Sana17.02.2023
Hajmi233.34 Kb.
#1205488
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
Bog'liq
3-mavzu. Hujjatlashtirish va inventarizatsiya. Buxgalteriya hisobi registrlari va shakllari (1)

KVITANTSIYA
KASSA KIRIM ORDERI 12 kassa kirim orderiga

Shchujjat №

Tuzilgan sana




Schyotlar bilan bo‘lgan aloqasi

Analitik hisob kodi

Summasi


Maqsadli topshiriq kodi




112

01.03.2017




710

084

3500-00

11




Qabul qilindi__Xudoyorov Rustamdan____________________


Asos:___ishlatilmagan hisobdor summa___________________
________________________________________________
___uch ming besh yuz_______________ so‘m ___tiyin
Ilova: ____________________________________________
__________________________________________________
Bosh buxgalter
Kassir qabul qildi
14-chizma. Kassa kirim orderi
Yig‘ma hujjat deb dastlabki hujjatlar asosida tuziladigan hujjatlarga aytiladi. Ularda tegishli dastlabki hujjatlar asosida rasmiylashtirilgan muomalalar aks ettiriladi. Yig‘ma hujjatlarga yuqorida ko‘rib chiqilgan bo‘nak hisoboti, umumishlab chiqarish xarajatlarini taqsimlash vedomostlari, kal’kulyatsiyalar va boshqalar kiradi.
Bu hujjatlarning barchasida, dastlabki hujjatlardan olinganlardan tashqari yangi ma’lumotlar (hissador shaxs tomonidan amalga oshirilgan barcha xarajatlarning umumiy summasi, taqsimlash ob’ektlariga olib boriladigan taqsimlanadigan xarajatlar summasining qismlari, xarajatlar moddalari va boshqalar) ham mavjuddir.
Demak, yig‘ma hujjatlar, birinchidan, dastlabki hujjatlarning ma’lumotlarini umumlashtirish va yig‘ma ko‘rsatkichlarni olish uchun, ikkinchidan hisobga olinayotgan muomalalar to’g’risida qo‘shimcha ma’lumotlar olish maqsadida dastlabki hujjatlar ma’lumotlarini umumlashtirish va bu muomalalarni yangi bo‘limlarga ajratilgan xolda aks ettirish uchun xizmat qiladi.
Shundan kelib chiqqan xolda, yig‘ma hujjatlardan muomalalar haqidagi dastlabki ma’lumotlarni ishlash vositasi sifatida foydalaniladi, desak bo‘ladi.
Muomalalarni qamrab olish usuliga qarab, hujjatlar birgalik va jamg‘aruvchilarga bo‘linadi.
Birgalik hujjatlar bitta yoki bir vaqtning o‘zida bir nechta muomalalarni aks ettiradi. Bu xarajatlarning farq qilib turadigan xususiyatlari shundan iboratki, ular tuzilib bo‘lganlaridan keyinroq buxgalteriya topshirilishi va buxgalteriya yozuvlari uchun ishlatilishi mukin.
Birgalik hujjatlarga kirim orderlari, qabul qilish - topshirish dalolatnomalari, to‘lov talabnomalari, kassa orderlari va hakozolar kiritilishi mumkin.
Jamg‘aruvchi hujjatlar korxonada har xil vaqtlarda (bir hafta, dekadada, oyda) amalga oshirilayotgan bir turdagi muomalalarni rasmiylashtirish uchun xizmat qiladi. Ular korxonada qisqa vaqt ichida ko‘plab sodir bo‘ladigan muomalalar bo‘yicha yozib boriladigan hujjatlar sonini qisqartirish maqsadida tuziladi.
Yuqorida ko‘rib chiqilgan hujjatlardan bo‘nak hisoboti jamg‘aruvchi hisobotdir.
Undan hisobdor shaxs tomonidan bo‘nak olingan daqiqidan boshlab o‘tgan davr ichida qilingan xarajatlar aks ettiriladi.
Boshqa jamg‘aruvchi hujjatlar ham uchrab turadi. Ularga masalan, limit-zabor kartasi, ish vaqtini hisobga oladigan tabel, bajarilgan ishlar vedomosti va hokazodan iborat.
Jamg‘aruvchi hujjatlardan foydalanish sintetik schyotlar bo‘yicha yozuvlar bir oyda bir marta barcha bir turdagi hujjatlarning umumiy yakuni bilan aks ettiriladigan xollarda borgan sari keng tarqalib bormoqda.
Ba’zi mualliflar hujjatlarni shuningdek boshqa belgilari, masalan, boshqaruv funksiyalari, qatorlar soni, tuziladigan joyi va shu kabilar bo‘yicha ham guruhlaydilar.



Download 233.34 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling