3. Mavzu: Internet-marketing ta'rifi, uning maqsadlari
Internet-marketingning asosiy maqsadlari
Download 74.51 Kb.
|
3 mavzu
3.2 Internet-marketingning asosiy maqsadlariInternet-marketingning asosiy maqsadlariga quyidagilar kiradi: Kompaniyalarning internet-resurs (sayt)iga kirishni oshirish, potensial mijozlarni ko‘proq miqdorini jalb etish; Kompaniyalar internet-resurs (sayt)i orqali yangi mahsulot va xizmatlarni reklama qilish; Kompaniyalar internet-resurs (sayt)i orqali yangi mahsulot va xizmatlarni sotuvini ko‘paytirish; Kompaniyalar internet-resurs (sayt)i orqali kompaniya imidjini yaxshilash; Kompaniyalar internet-resurs (sayt)i orqali kompaniya brendining tanilishini oshirish; Maqsadli auditoriya ehtiyojlarini o‘rganish maqsadida analitik tadqiqotlar o‘tkazish; Internet-resurs (sayt) tashrif buyuruvchilarini doimiy obunachilarga aylantirish ishlari; Kompaniyalarning marketing xarajatlarini qisqartirish. Ma'lumki, an'anaviy marketingning bazaviy modellaridan biri – 4R marketing majmui bo‘lib, u yerda bozor maqsadlariga erishishning asosiy vositalari Price (Narx), Product (Produkt), Promotion (Reklama) va Place (Joy)lardir: 1-rasm Marketing Price (Narx) – narxning belgilanishi yoki kompaniyaning narx siyosati. Kompaniyaning bozorga chiqish strategiyasi narxga bog‘liq. Product (Produkt) – kompaniyaning bozorda taklif qila oladigan mahsuloti yoki xizmati. Promotion (Reklama) – marketolog mahsulot obrazini yaratgan vositalar, uning bozordagi o‘zlashtirilishi. Ularga reklama, PR (public relation), marketing kommunikasiyalari kiradi. Place (Joy) – mahsulotni sotish joyi. Bunda sotish punktlari, logistika va hisob-kitob hisobga olinadi. Internet-marketing bozor maqsadlariga erishish uchun boshqa vositalar to‘plamiga ega bo‘lib, ularning asosiylari quyidagilardir (1- rasm): Kontent - marketing; Trafik; Qidiruv reklamasi (SEO); Kontekstli reklama; Targeting; Konversiya; Yuzabiliti (usability). Kontent-marketing – bu maqsadli auditoriyani jalb etishga qaratilgan uzoq muddatli marketing strategiyasidir. Trafik–Internet-marketing holatida kompaniya internet-resursi (sayti)ga kirganlar soni. Qidiruv reklamasi (SEO) – foydalanuvchilar talabnomasiga ko‘ra qidiruv natijalari bo‘yicha yanada yuqori pozisiyalarga ega bo‘lish maqsadida kompaniya internet-resurs (sayt)ini yaxshilash tadbirlari. Kontekstli reklama – bu kompaniyaning Internetdagi matn yoki banner ko‘rinishidagi reklamasi. Targeting – bu muayyan mezonlar (yosh, jins, qiziqishlar) bo‘yicha maqsadli auditoriya tanlash vositasidir. Konversiya – bu foydalanuvchilarning kompaniya internet-resurs (sayt)iga bo‘lgan tashriflar sonining nisbati bo‘lib, bunda maqsadli auditoriya tashriflarining umumiy soniga nisbatan qandaydir harakatlar amalga oshirilgan. Yuzabiliti – kompaniya internet-resurs (sayt)idan foydalanish qanchalik qulayligini ko‘rsatuvchi tavsif. 2– rasm. Internet-marketing vositalari Internet-marketingning ushbu vositalari haqida darslikning keyingi bo‘limlarida batafsilroq ko‘rib chiqamiz. Download 74.51 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling