3-mavzu. Iqtisodiy tizimlar va mulkchilik munosabatlari


Ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar


Download 104.54 Kb.
bet12/13
Sana23.12.2022
Hajmi104.54 Kb.
#1044029
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
3-mavzu. Iqtisodiyot nazariyasi fanidan

Ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar – hayotiy ne`matlarni ishlab chiqarish, taqsimlash, ayirboshlash va iste`mol qilish jarayonida kishilar o`rtasida vujudga keladigan munosabatlardir.
Ijtimoiy-iqtisodiy formatsiya – ishlab chiqarish usuli bilan jamiyat ustqurmasining o’zaro birikishidir.
Ishlab chiqarishning texnologik usuli – mehnat vositalari, materiallar, texnologiya, energiya, axborotlar va ishlab chiqarishni tashkil etish majmuidir.
Oddiy kooperatsiya – bir xil ishni yoki xizmat vazifasini bajaruvchi xodimlarning eng oddiy shaklidagi uyushmasidir.
Manufaktura – mehnat taqsimotiga asoslangan, lekin mashina hali mavjud bo`lmagan sharoitdagi kooperatsiyadir.
Yirik mashinalashgan ishlab chiqarish – mehnat taqsimoti hamda mashinali mehnatga asoslangan kooperatsiyadir.
Iqtisodiy tizim – mavjud iqtisodiy munosabatlar majmuasining iqtisodiyotni tashkil qilish shakllari, xo`jalik mexanizmi va iqtisodiy muassasalar bilan birgalikdagi tizimidir.
Mulkchilik munosabatlari – mulkka egalik qilish, undan foydalanish, uni o`zlashtirish va tasarruf etish jarayonida vujudga keladigan munosabatlar yig’indisidir.
Mulkdan foydalanish – mol-mulkning iqtisodiy faoliyatda ishlatilishi yoki ijtimoiy hayotda qo`llanilishi, ya`ni uning nafli jihatlarining bevosita iste`mol qilinishidir.
Mulkni tasarruf etish – mol-mulk taqdirini mustaqil hal qilish hisoblanadi.
Mulkka egalik qilish – mulkdorlik huquqining uning egasi qo`lida saqlanib turishi va yaratilgan moddiy boyliklarni o`zlashtirishning iqtisodiy shaklidir.
Mulk ob`ektlari – mulkka aylangan barcha boylik turlaridir.
Mulk sub`ektlari – mulk ob`ektini o`zlashtirishda qatnashuvchilar, mulkiy munosabatlar ishtirokchilari hisoblanadi.
Xususiylashtirish – mulkka egalik qilish huquqining davlatdan xususiy va boshqa shaxslarga o`tishidir.
Davlat tassarrufidan chiqarish – mulkni davlat hisobidan chiqarib, boshqa nodavlat mulk shakllarining vujudga keltirishdir.

Download 104.54 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling