3.6-jadval
O`zbekistonda 1995-2003 yillarda davlat korxonalarini xususiylashtirishning asosiy ko`rsatkichlari
Ko`rsatkichlar
|
1995
|
1996
|
1997
|
1998
|
1999
|
2000
|
2001
|
2002
|
2003
|
Xususiylashtirilgan korxonalar soni
|
8537
|
1915
|
1231
|
451
|
448
|
374
|
1449
|
1912
|
1519
|
Xususiylashtirish natijasida tashkil etilgan nodavlat korxonalar soni
|
8537
|
1915
|
899
|
266
|
373
|
372
|
1238
|
1800
|
1452
|
Aktsiyadorlik jamiyatlari
|
1026
|
1257
|
456
|
110
|
141
|
152
|
227
|
223
|
75
|
Xususiy korxonalar
|
6036
|
420
|
260
|
103
|
156
|
103
|
827
|
1252
|
981
|
Boshqa shakldagi korxonalar
|
1475
|
238
|
183
|
53
|
76
|
117
|
184
|
325
|
396
|
Xususiylashtirishdan tushgan mablag’, mlrd. so`m
|
2,4
|
5,3
|
4,4
|
8,9
|
9,1
|
14,3
|
23,2
|
43,6
|
56,1
|
O`zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo`mitasi ma`lumotlari.
Jadvaldan ko`rinadiki, tahlil qilinayotgan davr mobaynida 17836 ta davlat ob`ekti xususiylashtirilib, ular asosida 16852 ta nodavlat mulkidagi korxonalar tashkil etilgan. Jumladan, ushbu korxonalarning 3667 tasi (21,8%) aktsiyadorlik jamiyatlari, 10138 tasi (60,2%) xususiy korxonalar, 3047 tasi (18,1%) boshqa shakldagi korxonalardan iborat. Bu davrda xususiylashtirishdan tushgan mablag’lar hajmi 167,3 mlrd. so`mni tashkil etgan.
O`zbekistonda mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish jarayonlarining – beshinchi bosqichi mamlakatimiz birinchi Prezidenti marhum I.A. Karimovning 2003 yil 24 yanvardagi «O`zbekiston iqtisodiyotida xususiy sektorning ulushi va ahamiyatini tubdan oshirish chora-tadbirlari to`g’risida»gi Farmoni bilan bog’liq. Mazkur Farmon asosida iqtisodiy nochor korxonalarni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish jarayonini jadallashtirish, shuningdek, mazkur korxonalarni modernizatsiyalash va barqaror rivojlantirish uchun to`g’ridan-to`g’ri investitsiyalarni jalb etish maqsadida xususiylashtirilgan ob`ektlarga narx belgilashning samarali mexanizmi joriy etildi. Xususan, xususiylashtirilgan korxonalar davlat aktivlarining boshlang’ich narxlarini sekin-asta pasaytirib borish hamda davlat, iqtisodiy nochor korxonalarni va past likvidli ob`ektlarni nol darajadagi xarid qiymati bo`yicha tanlov asosida investitsiya majburiyatlarini qabul qilish sharti bilan investorlarga sotish tartiblari tasdiqlandi4.
Mamlakatimizda xususiylashtirish jarayonlari bosqichma-bosqich davom etdi. Ma`lumotlarning ko`rsatishicha, 2004-2008 yillar davomida 3904 ta davlat ob`ekti xususiylashtirilib, buning natijasida tushgan mablag’larning jami hajmi 471,1 mlrd. so`mni tashkil etgan (3.7-jadval).
Do'stlaringiz bilan baham: |