3-mavzu. Iqtisodiy tizimlar va mulkchilik munosabatlari
Download 104.54 Kb.
|
3-mavzu. Iqtisodiyot nazariyasi fanidan
- Bu sahifa navigatsiya:
- Davlat tasarrufidan chiqarish
Mulkchilik huquqlari esa mulk sub`ektining mulk ob`ektiga nisbatan munosabatidir, ya`ni undan foydalanish va nazorat qilish yuzasidan kelib chiquvchi huquqlar majmuidir:
SUB’EKT OB’EKT Mulk sub`ektlari ko`p darajali bo`lib, shu sub`ektlardan birontasi o`zini mulk egasi sifatida yuzaga chiqara olmasa, unda mulkchilik munosabatlari rasmiy va yuzaki tus oladi. 3.4. Mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirishning o`ziga xosligiBozor munosabatlariga o`tishning asosiy sharti ko`p ukladli iqtisodiyotni va raqobat muhitini shakllantirish uchun shart-sharoitini vujudga keltirishdan iborat. Bunda asosiysi mulkchilik masalasini hal qilishdir. Shu sababli mamlakatimiz birinchi Prezidentimiz marhum I.A. Karimov mulkchilik masalasini hal qilishni «...bozorni vujudga keltirishga qaratilgan butun tadbirlar tizimining tamal toshi bo`lib xizmat qiladi»1 deb alohida ta`kidlab ko`rsatadi. Uzoq yillar mobaynida respublikamiz iqtisodiyotida umumxalq mulki deb atalgan, aslida esa davlatlashtirilgan mulk to`liq hukmronlik qilib keldi. Nazariya va amaliyotda umumxalq mulki deb hisoblangan mulk sub`ekti sifatida davlatning chiqishi jamiyat a`zolari o`rtasida bu mulkka «hech kimniki», «davlatniki», «birovning mulki» deb qarashlarning shakllanishiga olib keldi. Bozor iqtisodiyotini vujudga keltirish vazifasi o`tish davrida mulkchilikda davlat sektorining salmog’i ancha yuqori bo`lgan mamlakatlarda bu mulkning ma`lum qismini davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirishni taqozo qiladi. Shunga ko`ra, O`zbekistonda ham mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirishga muhim ahamiyat kasb etuvchi jarayon sifatida qaralib, O`zbekiston Respublikasining «Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish to`g’risida»gi Qonunida (1991 yil 19 noyabr’) quyidagicha ta`rif beriladi: Davlat tasarrufidan chiqarish – davlat korxonalari va tashkilotlarini jamoa, ijara korxonalariga, aktsiyador jamiyatlarga, mas`uliyati cheklangan jamiyatlarga, davlatga qarashli mulk bo`lmaydigan boshqa korxonalar va tashkilotlarga aylantirishdir. Download 104.54 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling