3-mavzu. Iqtisodiyotda foydalaniladigan dasturiy mahsulotlar.(4 Soat) reja
Download 253.21 Kb.
|
3-mavzu. IAKT fanidan
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tizimli daraja.
3.Dasturiy ta’minotning darajalari
Bazaviy daraja. Tayanch (bazaviy) dasturiy ta’minot dasturiy ta’minotning eng quyi darajasidir. U bazaviy apparat vositalari bilan o’zaro hamkorlikda ishlash uchun javob beradi. Odatda, bazaviy dasturiy vositalar, tayanch unsurlar tarkibiga kiradilar va doimiy eslab qoluvchi uskunalar deb nomlanuvchi maxsus mikrosxemalarda saqlanadi. Dasturlar va ma’lumotlar DEQU (doimiy eslab qoluvchi uskunalar)ning mikrosxemalariga ishlab chiqarish bosqichida yozib qo’yiladi va hisoblash texnikasidan foydalanish jarayonida o’zgartirilishi mumkin emas. Foydalanish paytida bazaviy dasturiy vositalarni o’zgartirish texnik jihatdan maqsadga muvofiq bo’lgan hollarda DEQU mikrosxemalari o’rniga qayta dasturlangan doimiy eslab qoluvchi uskunalar qo’llaniladi. Bunday hollarda DEQU ning mazmunini o’zgartirish ishlarini bevosita hisoblash tizimining tarkibida bo’lganidek (flesh-texnologiya), undan tashqarida ham programmatorlar deb ataluvchi maxsus uskunalarda ham bajarish mumkin. Tizimli daraja. Tizimli daraja-o’tish darajasi. Ushbu darajada ishlovchi dasturlar kompyuter tizimining boshqa tayanch darajadagi dasturlari va bevosita apparat ta’minoti bilan o’zaro aloqadorlik harakatlarini ta’minlaydi, ya’ni vositachilik vazifalarini bajaradi. Qisqasini aytganda, hisoblash tizimining foydalanish ko’rsatkichlari ko’p jihatdan mana shu darajadagi dasturiy ta’ֹminotga bog’liq. Masalan, hisoblash tizimiga yangi uskuna ulanayotganida tizimli darajada boshqa dasturlar uchun ushbu uskuna bilan o’zaro aloqani ta’minlab turuvchi dastur o’rnatilishi lozim. Mukammal uskunalar bilan o’zaro harakat uchun javob beruvchi aniq dasturlar uskunalarning drayverlari deb ataladi. Ular tizimli darajaning dasturiy ta’minoti tarkibiga kiradi. Tizimli daraja dasturlarining boshqa guruhi foydalanuvchi bilan o’zaro aloqa (harakat) uchun javob beradi. Aynan shu dasturlar tufayli foydalanuvchi hisoblash tizimiga ma’lumotlar kiritish, uning ishini boshqarish va o’ziga qulay shakldagi natijalarni olish imkoniyatiga ega bo’ladi. Bu dasturiy vositalar foydalanuvchining interfeysini ta’minlovchi vositalar deb ataladi. Ish joyida kompyuter bilan ishlashning qulayligi va mehnat unumdorligi bevosita ularga bog’liqdir. Tizimli daraja dasturiy ta’minotining yig’indisi kompyuter amallar tizimining yadrosini tashkil qiladi. Operatsion tizim tushunchasini keyinroq ko’rib chiqamiz, bu yerda esa faqat shuni ta’kidlaymizki, agar kompyuterga tizimli darajadagi dasturiy ta’minot o’rnatilgan bo’lsa, u yuqoriroq darajadagi dasturlarni o’rnatishga, dasturiy vositalarning uskunalar bilan o’zaro hamkorlikda ishlashga va eng muhimi foydalanuvchi bilan o’zaro aloqada bo’lish imkonini deradi, ya’ni operatsion tizim yadrosining mavjudligi odamning hisoblash tizimi bilan amaliy ishlashiga imkoniyat yaratib beradi. Download 253.21 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling