3-mavzu. Iqtisodiyotda foydalaniladigan dasturiy mahsulotlar.(4 Soat) reja


Download 253.21 Kb.
bet8/14
Sana23.12.2022
Hajmi253.21 Kb.
#1043973
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   14
Bog'liq
3-mavzu. IAKT fanidan

Elektron jadvallar. Elektron jadvallar deb jadvallarni qayta ishlash uchun mo’ljallangan ADP elektron jadvaliga aytiladi. Jadvaldagi ma’lumotlar ustun va qatorlar kesishgan joyidagi katakchalarda saqlanadi. Bu katakchalarda sonlar, ramziy ma’lumotlar va formulalar saqlanish mumkin. Formulalar bir katakchadagi narsani boshqasidan mustaqil tutadi. Bu sinfdagi eng ommabop ADP larga Microsoft Excel Lotus 1-2-3, Quattro Pro va boshqa shu kabi mahsulotlar kiradi.
Ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimlari. Ichki mashina axborot ta’minotini yaratish uchun maxsus ADP - ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimlaridan foydalaniladi. Ma’lumotlar bazasi - diskda saqlanadigan maxsus ravishda tashkil qilingan ma’lumotlar turkumlarining jamlanmasidir. Ma’lumotlar bazasini boshqarish ma’lumotlarini kiritish, ularni tuzatish va ma’lumotlardan turlicha foydalanish, ya’ni qo’shimcha qo’shish, olib tashlash, yangilash va hokazolarni o’z ichiga oladi.
MBBT ning rivojlanishi ma’lumotlar bazasida axborotni aniq bir tashkil qilishdan amaliy dasturlar mustaqilligini ta’minlaydi. Ma’lumotlarni tashkil qilish uslubiga bog’liq holda MBBT lar tarmoqli, pogonali (ierarxlik), taqsimlovchi, relyatsion turlarga bo’linadi. Mavjud MBBT lar orasida ommaviylashganlari Borland korporatsiyasining Microsoft Acces, Microsoft FoxPro, Paradox, shuningdek, Oracle, kompaniyasining Informix, Ingres, Progress MBBT laridir.
Integratsiyalashgan paketlar.Integratsiyalashgan paketlar deb umumiy vazifadagi ADP turli dasturiy komponentlarini o’zida birlashtiruvchi ADPga aytiladi. Zamonaviy integratsiyalashgan ADPlarga quyidagilarni kiritish mumkin:matnli muharrir; elektron jadval; grafik muharrir; MBBT; kommunikatsion modul.
5. Elektron hujjatlar
O’zbekiston Respublikasining «Elektron hujjat aylanishi to’g’risida»gi qonunning (29.04.2004 y. №611-II) 5-moddasiga asosan quyidagi tariflar keltirilgan.
Elektron hujjat - Elektron shaklda qayd etilgan, elektron raqamli imzo bilan tasdiqlangan va elektron hujjatning uni identifikatsiya qilish imkoniyatini beradigan boshqa rekvizitlariga ega bo’lgan axborot.
Elektron hujjat texnika vositalaridan va axborot tizimlari xizmatlaridan hamda axborot texnologiyalaridan foydalanilgan holda yaratiladi, ishlov beriladi va saqlanadi.

Download 253.21 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling