3-mavzu. Iqtisodiyotda foydalaniladigan dasturiy mahsulotlar.(4 Soat) reja


Elektron kalitlar va sertifikatlar


Download 253.21 Kb.
bet11/14
Sana23.12.2022
Hajmi253.21 Kb.
#1043973
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
3-mavzu. IAKT fanidan

Elektron kalitlar va sertifikatlar. Elektron raqamli imzoning yopiq kaliti - bu faqat hujjat muallifiga ma’lum bo’lgan va elektron hujjatda elektron raqamli imzoni hosil qilish uchun mo’ljallangan belgilar ketma-ketligi. Elektron raqamli imzoning ochiq kaliti bu elektron xujjatning kim tomonidan yuborilganligini aniqlash va uni haqiqiyligini tasdiqlashda qo’llanilishi mo’ljallangan belgilar ketma-ketligi. Elektron sertifikatlar - bu sertifikatsiya tizimi qoidalariga binoan belgilangan talablarga ko’ra elektron raqamli imzo vositalarining muvofiqligini tasdiqlash uchun hamda elektron raqamli imzo kalitining sertifikati elektron raqamli imzoning ochiq kalitining elektron raqamli imzoning yopiq kalitiga mosligini tasdiqlaydigan va elektron raqamli imzo yopiq kalitining egasiga ro’yxatga olish markazi tomonidan berilgan hujjat.
Elektron hujjat almashish tizimlari. Elektron hujjat almashish tizimlari O’zbekiston Respublikasining “Elektron hujjat aylanishi to’g’risida”gi 2004 yil 29 apreldagi 611-II son Qaroriga binoan quyidagicha ta’riflanadi va faoliyat yuritadi.
Elektron hujjat almashish tizimlari - elektron hujjatlarni axborot-kommunikatsiya tizimi orqali jo’natish va qabul qilish jarayonlari yig’indisi. Elektron hujjat aylanishidan bitimlar (shu jumladan shartnomalar) tuzish, hisob-kitoblarni, rasmiy va norasmiy yozishmalarni amalga oshirish hamda boshqa axborotlarni almashishda foydalanish mumkin. Turli kompaniyalarning avtomatlashtirilgan tizimlari orasida standartlashtirilgan shakldagi ish hujjatlarining (buyurtmalar, hisob raqamlari va sh.k.) ma’lum shakldagi elektron almashinuvi elektron hujjat almashinuvi tizimini belgilaydi.
Elektron hujjat texnika vositalaridan va axborot tizimlari xizmatlaridan hamda axborot texnologiyalaridan foydalanilgan holda yaratiladi, ishlov beriladi va saqlanadi.
An’anaviy va elektron hujjat almashish.
Odatda hujjatlarni an’anaviy tarzda almashish jarayonida pochta xizmati muhim rol o’ynaydi. Chunki pochta xizmatining asosiy vazifasi jo’natmalarni o’z manzillariga yetkazib berishdan iboratdir. Ushbu holatda hujjatlar konvertga solinadi va aloqa bo’limiga topshiriladi. Shundan so’ng pochta xizmati xodimlari tomonidan hujjat kerakli manzilga jo’natiladi va yetkaziladi.
Elektron hujjatlarni almashish tizimi esa an’anaviy hujjat almashish tizimidan biroz farq qilinadi. Bunda hujjat elektron ko’rinishda kompyuter, telekommunikatsiya va Internet tarmog’i orqali uzatiladi. Elektron hujjatlarni almashish jarayonida maxsus ixtisoslashtirilgan tizimlardan (E-hujjat) yoki elektron pochta xizmatidan foydalaniladi. Elektron hujjat almashish tizimlarida hujjatlarni uzatish juda tezkor amalga oshiradi.
Elektron hujjatlarni yaratishga mo’ljallangan amaliy dasturlar.
Matn muharrirlari. Bu sinfga mansub bo’lgan amaliy dasturlarning asosiy vazifalari matn ma’lumotlarini kiritish va muharrirlik qilish hamda qo’shimcha vazifalar kiritish va tahrir jarayonlarini avtomatlashtirishdan iboratdir. Ma’lumotlarni kiritish, chiqarish va ularni saqlash amallari uchun matn muharrirlari tizimli dasturiy ta’minotni chaqiradi va undan foydalanadi.
Matn protsessorlari. Matn protsessorlarining matn muharrirlaridan asosiy farqi shundaki, ular faqatgina matn kiritish va uni tahrir qilishgagina emas, balki uni tuzishga, ya’ni shakllantirishga ham imkon beradi. Shunga mos ravishda matn protsessorlarining asosiy vositalariga yakuniy hujjatni tashkil etuvchi matn, grafiklar, jadvallar va boshqa ob’yektlarning o’zaro aloqasi ta’sirini ta’minlovchi vositalar, qo’shimchalariga esa - formatlashtirish jarayonini avtomatlashtiruvchi vositalar kiritiladi. Hujjatlar bilan ishlashning zamonaviy uslubi ikkita muqobil yondashuvni - qog’oz hujjatlar bilan ishlashni va elektron hujjatlar (qog’ossiz texnologiyalar bo’yicha) bilan ishlashni ko’zda tutadi.
Grafikli muharrirlar. Bu grafik tasavvurlarni yaratish va (yoki) ularga ishlov berish uchun mo’ljallangan keng dasturdir.
Bunday sinfda quyidagi kategoriyalar farqlanadi: rastr muharrirlari, vektor muharrirlari, uch o’lchamli grafiklar(3D-muharrirlari) va ishlov berish uchun dasturiy vositalar.

Download 253.21 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling