3-mavzu. Iqtisodiyotda foydalaniladigan dasturiy mahsulotlar.(4 Soat) reja


Download 253.21 Kb.
bet13/14
Sana23.12.2022
Hajmi253.21 Kb.
#1043973
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
3-mavzu. IAKT fanidan

Buxgalterlik tizimlari. Bular o’zlarida matn va jadval muharrirlari, elektron jadvallar va ma’lumotlar bazalarini boshqarish tizimlarining vazifalarini biriktiruvchi ixtisoslashtirilgan tizim. Ular korxonaning boshlang’ich buxgalterlik hujjatlarini tayyorlash va ularni hisobga olishni avtomatlashtirish, shuningdek, ishlab chiqarish, xo’jalik va moliyaviy faoliyat yakunlari bo’yicha ma’lum vaqt oralig’ida doimiy topshiriladigan hisobotlarni soliq idoralari, byudjetdan tashqari fondlarga va statistika idoralariga taqdim etish uchun qabul qilingan shakllarda avtomatik ravishda tayyorlash uchun mo’ljallangan.
Moliyaviy-tahliliy tizimlar. Bu turdagi dasturlar bank va birja tuzilmalarida ishlatiladi. Ular moliya, tovar xom ashyo bozorlaridagi vaziyatni nazorat va bashorat qilish, joriy hodisalarning tahlilini o’tkazish, ma’lumotlar va hisbotlar tayyorlash imkonini beradilar.
Geoaxborot tizimlari (GAT) - topografik yoki aerokosmik usullarda olingan axborot asosida kartografiya va geodeziya ishlarini avtomatlashtirish uchun mo’ljallangan.
Videomontaj tizimlari video ma’lumotlarga raqamli ishlov berish, ularni montaj qilish, video ko’rinish tasvirlar yaratish, nuqsonlarni bartaraf etish, ovoz yozish, titr va subtitrlarni tushirish uchun mo’ljallangan.
Amaliy va dasturiy vositalarining o’z rivojlangan ichki tasniflash tizimiga ega bo’lgan ayrim toifalari o’rgatuvchi, rivojlantiruvchi, ma’lumot beruvchi va ko’ngilochar tizimlar va dasturlarni taqdim etadi. Dasturiy ta’minot bu toifasining xarakterli xususiyati tizimining multimediya (musiqiy kompozitsiyalar grafik animatsiya vositalari va video mahsulotlardan foydalanish)ga bo’lgan talablarning yuqoriligidadir.


Amaliy dasturlar paketi yordamida yechiladigan masalalar turkumi.
Ma’lumotlar bazasi. Har qanday texnologiyaning majburiy komponenti ma’lumotlar bazasidir. Avtomatlashtirilgan ofisda ma’lumotlar bazasi o’z ichida operatsion darajada ma’lumotlarga ishlov berish texnologiyasi kabi firmaning ishlab chiqarish tizimi to’g’risidagi ma’lumotlarni to’playdi. Ma’lumotlar bazasiga axborot firmadan tashqaridan ham tushishi mumkin. Mutaxassislar ma’lumotlar bazasi muhitida ishlash bo’yicha asosiy texnologik operatsiyalarni egallagan bo’lishlari zarur.
Matnli protsessor - matnli hujjatlarni yaratish va ishlov berish uchun mo’ljallangan amaliy dasturiy mahsulot turidir. U so’zlarni qo’shish yoki olib tashlash, gaplar va xat boshilarni boshqa joyga ko’chirish, format belgilash, matn elementlari va rejimlari bilan turli harakatlarni amalga oshirish imkoniyatini beradi.
Elektron pochta (E-mail) - kompyuterlardan tarmoqda foydalanishga asoslangan bo’lib, foydalanuvchiga tarmoq bo’ylab o’zining sheriklariga xabarlar yuborish, olish va saqlash imkoniyatini beradi. Bu yerda faqat bir tomonlama aloqa bo’ladi. Bunday cheklov, ko’plab tadqiqotchilarning fikriga ko’ra, juda muhim emas, chunki yuztadan ellikta holatda xizmat bo’yicha telefonda so’zlashuvlarning maqsadi faqat axborot olishdan iborat bo’ladi. Ikki tomonlama aloqani ta’minlash uchun elektron pochta bo’yicha xabarlarni ko’p karra jo’natish va olishga yoki kommunikatsiyaning boshqa usulidan foydalanishga to’g’ri keladi.
Audiopochta. Bu pochta xabarlarni ovoz bilan yuborish uchun mo’ljallangan. U elektron pochtaga o’xshab ketadi, faqat farqi Siz xabarlarni kompyuter klaviaturasi yordamida terib emas, balki telefon orqali uzatasiz. Yuborilgan xabarlarni ham xuddi shu tarzda telefon orqali olasiz. Tizim audiosignallarni raqamli kodga va aksincha - raqamli kodlarni audiosignallarga o’zgartirish uchun maxsus qurilmani, shuningdek audioxabarlarni raqamli shaklda saqlash uchun kompyuterni o’z ichiga oladi. Audiopochta ham tarmoqda amalga oshiriladi. Audioxabarlarni uzatish pochtasidan muammolarni guruh bo’lib hal qilish uchun muvaffaqiyatli foydalanish mumkin.
Jadvalli protsessor. U ham, matnli protsessor kabi, har qanday xodimning va avtomatlashtirilgan ofis texnologiyalari axborot madaniyatining bazaviy tarkibiy qismi hisoblanadi. Unda ishlash texnologiyalarining asoslarini bilmasdan turib, shaxsiy kompyuterlardan o’z faoliyatida to’laqonli foydalanish mumkin emas. Jadvalli protsessorlarning zamonaviy dasturiy muhitining funksiyalari jadval shaklida berilgan ma’lumotlar ustida ko’p sonli operatsiyalarni bajarish imkoniyatini beradi.

Download 253.21 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling