3-mavzu. Iqtisodiyotda foydalaniladigan dasturiy mahsulotlar.(4 Soat) reja


Download 253.21 Kb.
bet12/14
Sana23.12.2022
Hajmi253.21 Kb.
#1043973
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
3-mavzu. IAKT fanidan

Rastr muharrirlarini grafik ob’yekti rastrni tashkil qiluvchi hamda nur va rang xususiyatlariga ega bo’lgan nuqtalarning kombinatsiyasi shaklida taqdim qilingan hollarda qo’llaydilar. Bunday yondashuv grafik tasvir ko’plab yarim tonlarga ega bo’lsa (tasvir uncha aniq bo’lmasa) va ob’yektni tashkil qiluvchi elementlarning nuri haqidagi axborot uning shakli haqidagi axborotdan muhimroq bo’lgan hollarda samarali bo’ladi.
Vektor muharrirlari. Rastr muharrirlaridan tasvir haqidagi ma’lumotlarni taqdim etish usuli bilan farq qiladilar.
Vektor tasvirining elementar ob’yekti nuqta emas, balki chiziqdir. Bunday yondashuv chiziqlarning shakli uni tashkil qiluvchi alohida nuqtalarning rangi to’g’risidagi axborotdan ko’ra, kattaroq ahamiyatga ega bo’lgan chizma grafik ishlar uchun xosdir.
Fraktal (yoki uch o’lchovli) grafik muharrirlari uch o’lchovli kompozitsiyalarni yaratishda ishlatadilar. Ular ikkita o’ziga xos xususiyatga ega. Birinchidan, ular tasvir qilinayotgan ob’yektlar yuzasini yoritish manba xususiyatlari bilan o’zaro ta’siri va aloqa shakllari sharoitlardan kelib chiqqan holda boshqarish imkoni berilsa, ikkinchidan esa ular uch o’lchovli animatsiya yaratishga imkon beradilar. Shuning uchun uch o’lchovli grafika muharrirlarini ko’pincha 3D-animatorlar deb ham ataydilar.
Ma’lumotlar bazalarini boshqarish tizimlari. Ma’lumotlar bazasi deb jadval tuzilmalariga uyushgan (tushurilgan, keltirilgan) ma’lumotlarning ulkan, yirik massivlariga aytiladi. Ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimining asosiy vazifalari quyidagilardir:

  • ma’lumotlar bazasini bo’sh (to’latilmagan) tuzilmasini yaratish;

  • uni to’ldirish vositalarini taqdim etish yoki boshqa bazani ish jadvalidan ma’lumotlarni import qilish;

  • ma’lumotlarga yetish imkonini ta’minlash, shuningdek, izlash va filtrlash (tozalash, saralash) vositalarini taqdim etish.

Ma’lumotlar bazalarini boshqarishning ko’p tizimlari ma’lumotlarning eng oddiy tahlili va ularni qayta ishlashni amalga oshirish uchun qo’shimcha imkoniyatlar taqdim etiladi. Natijada, mavjud bo’lgan ma’lumotlar asosida ma’lumot bazalarining yangi jadvallarini tuzish imkoni paydo bo’ladi.
Elektron jadvallar. Elektron jadvallar turli ma’lumotlarni saqlash va ularga ishlov beruvchi kompleks vositalardir. Qaysidir ma’noda ular ma’lumotlar bazalarini boshqarish tizimiga o’xshab ketadi, ammo asosiy urg’u ma’lumotlar massivlarini saqlash va ulardan foydalana olishni ta’minlashga emas, balki ma’lumotlarni qayta ishlash, bunda aynan ularning ichki mohiyat-mazmuniga ko’ra, qayta tashkil qilish yangilanishga qaratiladi.
Avtomatlashtirilgan loyihalashtirish tizimlari (ALT-tizimlar). Ular loyiha-konstruktorlik ishlarini avtomatlashtirishga mo’ljallangan. Mashinasozlik, asbobsozlik, me’morchilikda qo’llaniladi. Chizmachilik-grafik ishlardan tashqari, bu tizimlar eng oddiy hisob-kitoblar (masalan, detallarni (mahkam) mustahkamligi hisob-kitoblari)ni o’tkazish va ma’lumotlarning keng bazasidan tayyor konstruktiv elementlardan tanlash imkoniyatini beradi.
ALT- tizimlarining o’ziga xos ajratib turuvchi xususiyati loyihalashtirishning hamma bosqichlarida texnik shartlar, me’yorlar va qoidalarning avtomatik ravishda ta’minlanishidir, bu konstruktor (yoki me’mor)ni ijodiy bo’lmagan ishdan ozod qiladi.
Stol ustiga qo’yiladigan nashriyot tizimlari. Bu sinf dasturlari matbaa nashrlarining sahifalash jarayonini avtomatlashtirishga mo’ljallangan. Dasturiy ta’minotning bu toifasi matn protsessorlari va avtomatik loyihalashtirish tizimlarining o’rtasida oraliq holatni egallagan.
Stol ustiga qo’yiladigan nashriyot tizimlari matn prosessorlaridan matn sahifalarining parametrlari bilan hamda grafik ob’yektlar bilan o’zaro aloqasi va ta’siri boshqarishning kengaytirilgan vositalarga egaligi bilan ajralib turadi. Boshqa tomondan olganda esa, ular matnni kiritish va tahrir qilishni avtomatlashtirish bo’yicha funksional imkoniyatlarning pastligi bilan farqlanadi. Stol ustiga qo’yiladigan nashriyot tizimlaridan foydalanishning tipik misoli shundan iboratki, ular avval matn protsessorlari va grafik muharrirlarining ishlovidan o’tkazilgan hujjatlarga nisbatan qo’llanadi.
Ekspert tizimlar ma’lumotlar bazasida saqlanayotgan ma’lumotlarni foydalanuvchining so’roviga ko’ra, tahlil qilish va tavsiyalar berishga mo’ljallangan. Bunday tizimlar boshlang’ich ma’lumotlar shakliga yaxshi tushinilayotgan, ammo qaror qabul qilish uchun keng ko’lamli maxsus bo’limlar talab qilingan hollarda qo’llaniladi. Ekspert tizimlar ishlatish huquqshunoslik, tibbiyot, formakologiya, kimyo sohalarida qo’llaniladi. Kasallik belgilarining yig’indisiga ko’ra, tibbiy ekspert tizimlar tashxis qo’yish va dorilar, ularning me’yorlari (dozirovkasi)ni va davolash kursining dasturini belgilashga yordam beradi. Hodisa belgilarining to’plami bo’yicha huquqshunoslik ekspert tizimlari hodisaga huquqiy baho berishlari va ayblovchi tomonga bo’lganidek, himoya qiluvchi tomonga ham harakat tartibini taklif qilishi mumkin.
HTML muharrirlar (Web-muharrirlar). Bu muharrirlar o’zlarida matn va grafik muharrirlarning xususiyatlarini birlashtiruvchi alohida sinfi (toifasi)dir. Ular Web-hujjatlar (internetning Web sahifalari) deb ataluvchi hujjatlarni tuzish va tahrir qilish uchun mo’ljallangan. Web-hujjatlar - bu elektron hujjatlar bo’lib, ularni tayyorlashda internetdan axborot qabul qilish va axborot uzatish bilan bog’liq bir qator imkoniyatlarni hisobga olish kerak bo’ladi.
Brouzerlar (sharhlovchilar, Webni ko’rib chiqish vositalari). Bu toifaga HTML (bu formatdagi hujjatlar Web-hujjatlar sifatida ishlatiladi) formatidagi elektron hujjatlarni ko’rib chiqish uchun mo’ljallangan dasturiy vositalar kiradi. Zamonaviy brouzerlar faqat matn va grafikani aks ettirmaydi. Ular musiqani, inson nutqini aks ettirishi, internetdagi radio eshittirishlarni eshitishni, videokonferensiyalarni ko’rib chiqishni, elektron pochta xizmati, telekonferensiyalar (yangiliklar guruhlari) tizimi bilan ishlashni va ko’plab boshqa funksiyalarni bajarishi mumkin.
Ish yuritishning integratsiyalashgan tizimlari - rahbarning ish joyini avtomatlashtirishning dasturiy vositalaridan iborat. Bunday tizimlarning asosiy vazifalariga eng sodda hujjatlarni tuzish, tahrir qilish va formatlashtirish, elektron pochta, faks va telefon aloqalari vazifalarini markazlashtirish, korxonaning hujjatlar aylanmasini dispetcherlashtirish va monitoring qilish, bo’linmalar faoliyatini muvofiqlashtirish, ma’muriy xo’jalik faoliyatini optimallashtirish va so’rovga binoan tezkor hamda ma’lumotnoma axborotini taqdim etish vazifalari kiradi.

Download 253.21 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling