3-mavzu. Iqtisodiyotda foydalaniladigan dasturiy mahsulotlar.(4 Soat) reja


Dasturlash texnologiyasining uslubiy vositalari


Download 253.21 Kb.
bet4/14
Sana23.12.2022
Hajmi253.21 Kb.
#1043973
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
3-mavzu. IAKT fanidan

Dasturlash texnologiyasining uslubiy vositalari - bu amaliy dasturchilar deb nomlanadigan kategoriyadagi mutaxassislar uchun ish qurolidir. Uskunali dasturiy ta’minot - turli xildagi, inson faoliyatining turli sohalarida ishlatiladigan dasturlar paketlarini ishlab chiqishga mo’ljallangan. Amaliy dasturchilar, nafaqat ma’lumotlarga ishlov berish usullarini bilishlari, balki dasturlarni ishlab chiqishni ham bilishlari kerak. Ular axborot texnologiyalarini aniq qo’llash sohalari - muhandislik sohalari, matematika, fizika, nashriyot tizimi, buxgalterlik, tibbiyot va h.k.sohalarda yaxshi o’zaro bog’lanishi yoki yaxshi birikishi lozim. Oddiy foydalanuvchilar bu guruh dasturlari bilan, qoida bo’yicha to’qnashmaydilar.
Uskunali dasturlar guruhiga quyidagi dasturlar kiradi: turli algoritmik tillar translyatorlari (ular dastur matnini mashina tiliga o’tkazadi-tarjima qiladi), bog’lovchi muharrirlar - ular dasturning alohida-alohida bo’laklarini bir-biriga birlashtirib, butun holatga keltiradi, sozlovchilar - ular yordamida dasturni yozishdagi yo’l qo’yilgan xatolar topiladi va bartaraf qilinadi.
Dasturlashtirishning kirish tili, translyator, mashina tili, standart dasturlar kutubxonasi, translyatsiya qilingan dasturlarni sozlash va bir butunlikka jamlash vositalarini o’z ichiga olgan vositalar majmui dasturlashtirish tizimi deb ataladi. Dasturlashtirish tizimida translyator dasturlashtirishning kirish tilida yozilgan dasturni aniq bir EHMning mashina buyrug’i tiliga tarjima qiladi. Kirish tilidan tarjima qilish usuliga bog’liq holda translyatorlar kompilyator va interpretatorlarga bo’linadi.
Mutaxassis integrallashgan muhiti-hamma keltirilgan komponentalarni dastur ishlab chiqish uchun yagona, qulay tizimga birlashtiradi.
2. Amaliyot tizimlari (AT). AT to’g’risida dastlabki ma’lumotlar
Amaliy dasturiy ta’minot foydalanuvchining aniq bir vazifalarini ishlab chiqish va bajarish uchun mo’ljallangan.
Amaliy dasturiy ta’minot tizimli DT, xususan, operatsion tizimlar boshqariluvi ostida ishlaydi. Amaliy DT tarkibiga quyidagilar kiradi:

  • turli vazifalardagi amaliy dasturlar paketlari;

  • foydalanuvchi va AT umumiy ish dasturlari.

Amaliy dasturlar paketlari (ADP) - foydalanuvchi hal etayotgan vazifalarni avtomatlashtirishning kuchli qurolidir, u axborotni ishlash bo’yicha biror ishni qanday bajarayotganini bilish zaruriyatidan amalda to’liq ozod etadi.
Hozirgi paytda o’z funksional imkoniyatlari va amalga oshirish usullariga ko’ra farqlanuvchi ADPning keng spektri mavjud.
Amaliy dasturlar paketi (ADP) - bu muayyan sinf vazifalarini hal etish uchun mo’ljallangan dasturlar majmuidir.
ADPning quyidagi turlari farqlanadi -

  • umumiy vazifadagi (universal)

  • uslubiy yo’naltirilgan;

  • global tarmoq;

  • hisoblash jarayoni tashkilotlari.

Umumiy vazifadagi amaliy dasturlar paketi (ADP) - foydalanuvchi va umuman axborot tizimi funksional vazifalarni ishlab chiqarish va foydalanishni avtomatlashtirish uchun mo’ljallangan.
Bu ADP sinfiga quyidagilar oiddir:

Operatsion tizim - kompyuter bilan foydalanuvchi o’rtasida muloqotni o’rnatadi, kompyuter asosiy qurilma manbaalarini, qo’shimcha qurilmalarining ishini boshqaradi. Operatsion tizim dasturlari operativ xotiraga ko’chiradi bu dasturlarning talablarini bajarib, ishini ta’minlaydi. Dastur vazifasini bajarib bo’lgandan so’ng operativ xotirani undan tozalaydi, ya’ni foydalanuvchi ishlashi uchun operativ xotirada keng maydon yaratadi.
OT komandalari asosida foydalanuvchi diskni nomlash, fayllar nusxasini ko’chirish, ekranda kataloglar ketma-ketligini olish ixtiyoriy dasturlar, printer, displey bilan bevosita ishlash kabi imkoniyatlarga ega bo’ladi.
Windows operatsion tizimi Microsoft kompaniyasi tomonidan yaratilgan bo’lib, uning birinchi vyersiyalari 80 yillarda vujudga keldi va foydalanuvchilar orasida dovrug’ qozondi. Windows ning afzallik tomonlariga quyidagilar kiradi: ma’lumotlar bilan ishlashning yengilligi; bir vaqtning o’zida bir necha dasturlar bilan ishlash; himoyalanganligi; ma’lumotlarning nusxalarini dasturlar orasida osongina almashish; foydalanuvchiga qulay va tushunarli interfeysning bo’lishi; barcha qurilmalarni boshqarish, ularni sozlash va qo’shish; Internet bilan ishlash va elektron pochta bilan ishlashning yengilligi; filmlar ko’rish va musiqalar eshitish va h.
Windows OT ning 3.1, 3.11, 95, 98, 2000, NT, Mellenium, XP (SP1, SP2 va SP3), Vista, 7, 8, 8.1, 10 kabi talqinlari mavjud bo’lib, ularning ichida eng ko’p tarqalganlari, Windows Windows 7, Windows 8 va Windows XP talqinlari keng foydalanilmoqda. Shuni alohida aytib o’tish joizki Windows ning oldingi talqinlarida ishlagan foydalanuvchi yangi talqin bilan ishlashda hech qiynalmaydi.

Dasturiy ta’minot kompyuterning ikkinchi muhim qismi bo’lib, u ma’lumotlarga ishlov beruvchi dasturlar majmuasini va kompyuterni ishlatish uchun zarur bo’lgan hujjatlarni o’z ichiga oladi.


Dasturlar orasida, xuddi tabiiy qismlar va bloklar o’rtasida bo’lganidek, o’zaro aloqa mavjud. Ko’pgina dasturlar nisbatan ancha pastroq darajadagi dasturlarga tayanib ishlaydi, ya’ni bu o’rinda biz dasturlararo interfeys haqida gapirishimiz mumkin. Bunday interfeysning mavjud bo’lish imkoniyati ham texnik shart-sharoitlar va o’zaro hamkorlik harakatlari mavjud, amaliyotda esa, u o’zaro aloqada bo’lgan bir necha pog’onali ta’minotning taqsimlanishi bilan ta’minlanadi. Keyingi har bir daraja o’zidan oldingi darajani dasturiy ta’minotiga tayanadi. Bunday bo’laklab hisoblash texnikasi bilan ishlashning dastur o’rnatishidan boshlab to amalda foydalanish va unga texnik xizmat ko’rsatishgacha bo’lgan hamma bosqichlar uchun qulaydir. Shunga ham ahamiyat berish kerakki, yuqorida yotuvchi har bir daraja butun tizimning funksional ishlash qobiliyatini oshiradi. Masalan, bazaviy darajada dasturiy ta’minotli hisoblash tizimi ko’plab ishlar (funksiyalar)ni bajarish imkonini bermaydi, ammo tizimli dasturiy ta’minotni o’rnatish imkoniyatini yaratadi.



Download 253.21 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling