3-Mavzu. Ishlab chiqarish omillari va ishlab chiqarish jarayoni


Korxonaning ishlab chiqarish quvvati va uni xisoblash usuli


Download 114.14 Kb.
bet5/6
Sana31.01.2023
Hajmi114.14 Kb.
#1144373
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
3-mavzu Ishlab chiqarish omillari

Korxonaning ishlab chiqarish quvvati va uni xisoblash usuli

  • Asosiy ishlab chiqarish fondlari hajmi va ulardan foydalanish darajasi korxonaning ishlab chiqarish quvvati kattaligini belgilaydi. U ishlab chiqarish dasturini asoslashda katta rol o’ynaydi hamda korxonaning belgilangan nomenklatura va sifatli mahsulot ishlab chiqarish bo’yicha ‘otentsial imkoniyatlarini tavsiflaydi.
  • Bundan kelib chiqadiki, ishlab chiqarish quvvati - bu, ma’lum bir vaqt davomida ilg’or texnologiyalardan foydalanish, ishlab chiqarish va mehnatni tashkil qilishning ilg’or sharoitlarida ishlab chiqarish mumkin bo’lgan mahsulotlarning maksimal darajasidir. U qoidaga ko’ra, ishlab chiqarilgan mahsulotlar hajmining natural ko’rinishda, ushbu korxonaning ixtisoslashganligi va mahsulotning alohida turlari o’rtasidagi o’zaro nisbatiga ko’ra aniqlanadi.

Korxonaning ishlab chiqarish quvvati ilg’or (asosiy) sexlar quvvati bilan, sexlar quvvati bosh uchastkalar quvvati bilan, uchastkalar quvvati esa bosh uskunalar quvvatiga asosan aniqlanadi. Korxona ishlab chiqarish quvvati kattaligini belgilab beruvchi ko’rsatkichlar qatoriga quyidagilarni kiritish mumkin:

  • Korxonaning ishlab chiqarish quvvati ilg’or (asosiy) sexlar quvvati bilan, sexlar quvvati bosh uchastkalar quvvati bilan, uchastkalar quvvati esa bosh uskunalar quvvatiga asosan aniqlanadi. Korxona ishlab chiqarish quvvati kattaligini belgilab beruvchi ko’rsatkichlar qatoriga quyidagilarni kiritish mumkin:
  • uskunalar tarkibi va turlar bo’yicha soni;
  • uskuna, agregat va dastgohlardan foydalanishning texnik-iqtisodiy norma (normativ) lari;
  • uskunalarning ishlash vaqti fondi;
  • ishchilar soni;
  • ishlab chiqarilayotgan mahsulot nomenklaturasi va assortimenti (turlari va xilma-xilligi).

Korxona ishlab chiqarish quvvatining boshlang’ich (yil boshida), yakuniy (yil oxirida), o’rtacha yillik hamda loyiha quvvati turlari mavjud. Loyiha quvvati qurilish loyihasida ko’zda tutilgan bo’ladi. Qayta tiklash, kengaytirish va texnik jihatdan qayta qurollantirish davomida loyiha quvvati kattalashtirilishi mumkin. Shu sababli amaliyotda loyiha quvvati ko’’incha korxonaning amaldagi quvvati bilan solishtiriladi. Korxonaning amaldagi quvvati korxona ishlab chiqarish dasturini tayyorlash uchun asos bo’lib xizmat qiladi. Korxona ishlab chiqarish quvvatini aniqlashda zahiradagi uskunalardan tashqari, barcha o’rnatilgan uskunalar hisobga olinadi. Ba’zi bir sexlarda (yig’uv, quyuv va boshqa sexlarda) ishlab chiqarish quvvati ishlab chiqarish maydonlariga asosan hisoblanadi.

  • Korxona ishlab chiqarish quvvatining boshlang’ich (yil boshida), yakuniy (yil oxirida), o’rtacha yillik hamda loyiha quvvati turlari mavjud. Loyiha quvvati qurilish loyihasida ko’zda tutilgan bo’ladi. Qayta tiklash, kengaytirish va texnik jihatdan qayta qurollantirish davomida loyiha quvvati kattalashtirilishi mumkin. Shu sababli amaliyotda loyiha quvvati ko’’incha korxonaning amaldagi quvvati bilan solishtiriladi. Korxonaning amaldagi quvvati korxona ishlab chiqarish dasturini tayyorlash uchun asos bo’lib xizmat qiladi. Korxona ishlab chiqarish quvvatini aniqlashda zahiradagi uskunalardan tashqari, barcha o’rnatilgan uskunalar hisobga olinadi. Ba’zi bir sexlarda (yig’uv, quyuv va boshqa sexlarda) ishlab chiqarish quvvati ishlab chiqarish maydonlariga asosan hisoblanadi.
  • Ishlab chiqarish quvvatini aniqlashda mahsulot birligiga sarflanuvchi vaqt normasi yoki har bir uskunaning unumdorlik normalari muhim ahamiyatga ega bo’lib, ular ilg’or hamda ‘rogressiv bo’lishi talab qilinadi.

Download 114.14 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling