Soha korxonalarida ixtisoslashtirishning uchta: buyumlar; texnologik; detallar bo’yicha ixtisoslashtirish shakllari mavjud. - Texnologik ixtisoslashtirish sharoitida unumdorligi yuqori bo’lgan texnikadan va texnologiyadan, shuningdek, ilg’or ishlab chiqarish usullaridan yaxshiroq foydalanishga erishiladi
- Buyumlar bo’yicha ixtisoslashtirish quyidagilarni nazarda tutadi: texnologiyani puxta ishlab chiqish, yuqori unumli uskunalarni qo’llash, materiallardan foydalanish koeffitsientining yuqori bo’lishi, mehnat unumdorligini oshirish, korxonalarning Sex va bo’limlaridagi boshliqlar va konkret ijrochilar javobgarligini oshirish, ishlab chiqarishni tashkil qilishda ilg’or usullardan keng foydalanish.
- Detallar bo’iicha ixtisoslashtirish ishlab chiqarish uchastkalarini qisman ixtisoslashgan uskunalar bilan qurollantirish natijasida xom ashyolarni tejab-tergab ishlatishni va yuqori mehnat unumdorligiga erishishni ko’zda tutadi.
Ixtisoslashtirishning mavjud turlariga muvofiq, kooperativlashtirish ham quyidagi uch turga ajratiladi - -buyumlar bo’yicha kooperativlashtirish — bunda so’nggi mahsulotni komplektlash uchun ayrim Sexlar yig’uv Sexiga tayyor agregatlar yetkazib beradi;
- detallar bo’yicha kooperativlashtirish — bunda Sex ayrim detallarni yoki uzellarni yetkazib beradi;
- texnologik kooperativlashtirishda bir Sex boshqasi uchun yarim tayyor fabrikatlar yetkazib beradi yoki alohida operatsiyalarni bajaradi.
- Asosiy ishlab chiqarish fondlari hajmi va ulardan foydalanish darajasi korxonaning ishlab chiqarish quvvati kattaligini belgilaydi. U ishlab chiqarish dasturini asoslashda katta rol o’ynaydi hamda korxonaning belgilangan nomenklatura va sifatli mahsulot ishlab chiqarish bo’yicha ‘otentsial imkoniyatlarini tavsiflaydi.
- Bundan kelib chiqadiki, ishlab chiqarish quvvati - bu, ma’lum bir vaqt davomida ilg’or texnologiyalardan foydalanish, ishlab chiqarish va mehnatni tashkil qilishning ilg’or sharoitlarida ishlab chiqarish mumkin bo’lgan mahsulotlarning maksimal darajasidir. U qoidaga ko’ra, ishlab chiqarilgan mahsulotlar hajmining natural ko’rinishda, ushbu korxonaning ixtisoslashganligi va mahsulotning alohida turlari o’rtasidagi o’zaro nisbatiga ko’ra aniqlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |