3-Mavzu. Ishlab chiqarish omillari va ishlab chiqarish jarayoni


Download 114.14 Kb.
bet2/6
Sana31.01.2023
Hajmi114.14 Kb.
#1144373
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
3-mavzu Ishlab chiqarish omillari

  • Ishlab chiqarish jarayoni ikki tomonlama, ya’ni: ijtimoiy-iqtisodiy (kishilar munosabati) va moddiy-texnika sharoitlari bilan xarakterlanadi.
  • Bu omillarning ta’siri natijasida har qaysi korxonada ishlab chiqarish jarayoni tashkil topadi.
  • Mehnat jarayoni - bu, jismoniy va aqliy energiyaning sarflanishi bo’lib, iste’mol qiymati yaratishga qaratilgandir.

  • Ishlab chiqarish jarayoni soha mahsulotini tayyorlashdagi roliga qarab, asosiy, yordamchi va xizmat qiluvchi jarayonlarga bo’linadi.
    Mehnat buyumlarining asosiy mahsulotga aylantirilishi asosiy jarayon deb ataladi. Bunday jarayonlarga mashinasozlik zavodlarida quyidagilar kiradi: tayyorlov bosqichsida - cho’yanni vanrankalarda eritish, detallar quyish uchun qum qoliplarni tayyorlash; ishlov beradigan bosqichda - u mexanizmga asoslangan yoki issiqlik yo’li bilan detallarga o’ziga xos xususiyat, o’lchov va sirtqi tomonga sifatli ishlov berish; payvandlashda - detallarni bir tugunga (uzelga) yig’ish yoki tamomlangan buyumlar - mashinalar va ularning qismlarini va komplekt buyumlarni (podshipniklar, elektromotorlar, asboblar) yig’ish.

    Yordamchi jarayonlar ishlab chiqarish uchun xizmat qiladi va mahsulot ishlab chiqarishning asosiy jarayonini uzluksiz ta’minlaydi. Bularga quyidagilar kiradi: ishlab chiqarishni asbob-uskuna bilan ta’minlash (shtamplar, modellar tayyorlash va bularni ta’mirlash, charxlar va tiklash), ta’mir bo’yicha xizmat qilish (uskunalarni ta’mirlash, modernizatsiya va turli xil uskunalarga joriy xizmat qilish), turli xil energiya (elektr energiya, bug’, havo va h.k.)lar bilan ishlab chiqarish uchun xizmat qilish.

    Xizmat qilish jarayoniga korxonalarning moddiy-texnika ta’minoti, tayyor mahsulotni sotish, transport bilan xizmat qilish va hokazolar kiradi.

    Korxonada ishlab chiqarishni tashkil etish prinsiplari, turlari,shakllari va usullari

    • Ishlab chiqarishni tashkil etishning eng ilg’or shakllariga ixtisoslashtirish, kooperativlashtirish va kombinatsiyalash kiradi.
    • Ishlab chiqarishni ixtisoslashtirish - bu, ijtimoiy mehnat taqsimotining eng muhim shakllaridan biri hisoblanib, u ilmiy-texnik taraqqiyot va ishlab chiqarishning boshqaruv tizimi bilan uzviy bog’liqdir. Korxonalararo va ular o’rtasidagi mehnat taqsimotining asosini mehnat qurollarini ixtisoslashtirish tashkil etadi.
    • Mashinasozlik zavodlari va ularning bo’limlarini ixtisoslashtirish darajasi asosan ikki omilga: ishlab chiqarish miqyosi va mahsulotning mehnat talab qilishiga bog’liqdir

    Download 114.14 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
    1   2   3   4   5   6




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling