3-mavzu: jamiyat yaxlit tizim sifatida. Reja
Download 44.02 Kb.
|
ma\'ruza 3
Fuqarolik jamiyati. Mustaqillikka erishgan O‘zbekiston Respublikasi o‘z oldiga huquqiy davlat qurish maqsadini qo‘yganligini e’lon qildi. Lekin bu bir zumda va o‘z-o‘zidan bo‘lib qolmaydi, albatta. Ma’muriy byurokratik tizimning yemirilishi mustaqil O‘zbekistonning jahon maydoniga chiqishi, bozor iqtisodiyoti munosabatlari tarqib topa borishi ham bu masalani dolzarb qilib qo‘ydi. «Bizning, - degan edi I.Karimov, - bosh strategik maqsadimiz qat’iy va o‘zgarmas bo‘lib, bozor iqtisodiyotiga asoslangan erkin demokratik davlat barpo etish, fuqarolik jamiyatining mustahkam poydevorini shakllantirishdan iborat»4.
«Fuqarolik jamiyatini qurish, -degan edi I.Karimov, - bir qancha vakolatli vazifalarni davlatdan mahalliy hokimiyat organlariga, jamoat tuzilmalariga va fuqarolarning o‘zini-o‘zi boshqarish organlariga bosqichma-bosqich topshirishni ko‘zda tutadi». Bundan shunday xulosa chiqadiki davlat tasarrufida asosan konstitutsion tuzumni, mamlakatning mustaqilligini va hududiy yaxlitligini himoya qilish, huquq tartibot va mudofaa qobiliyatini ta’minlash, inson huquqlari va erkinliklarini, mulk egalarining huquqlarini, iqtisodiy faoliyat erkinligini himoya qilish, samarali tashqi siyosat o‘tkazish kabi vazifalar hamda strategik ahamiyatga molik masalalar qolishi kerak, hamda davlat miqyosida hal etilishi lozim. Qolgan barcha vazifalar va ayniqsa birinchi navbatda, bozor islohotlarini amalga oshirish, tadbirkorlikni rag‘batlantirish, xususiy mulkni rivojlantirish, aholini ish bilan ta’minlash, iste’mol bozorini to‘ldirish, ijtimoiy infra tuzilmani rivojlantirish, odamlarning moddiy farovonligini oshirish va aholini kuchli ijtimoiy muhofaza qilish masalalalri mahalliy hokimiyat idoralari hamda fuqarolarni o‘zini-o‘zi boshqarish organlari tomonidan hal etilishi kerak. «Ayni shu yo‘l bilan, - degan edi I.Karimov, - biz fuqarolik jamiyatining mustahkam asoslarini barpo etishimiz mumkin». «Jamiyatda, - degan edi I.Karimov, - fuqarolarning huquqlari va erkinliklarini himoya qilish ta’minlanganda u chinakam huquqiy, fuqarolar jamiyati bo‘ladi. Har bir kishi o‘z huquqlarini aniq va ravshan bilishi, ulardan foydalana olishi, o‘z huquqlari va erkinliklarini himoya qila olishi lozim»5. Demak, huquqiy davlat qonun asosida o‘z faoliyatini davom ettiradi, u qonunga, demokratiyaga asoslanadi, fuqarolar manfaatiga xizmat qiladi. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 13-moddasida ko‘rsatilganidek, «O‘zbekiston Respublikasida demokratiya umuminsoniy prinsiplariga asoslanadi, ularga ko‘ra inson, uning hayoti, erkinligi, sha’ni, qadr-qiymati va boshqa dahlsiz huquqlari oliy qadriyat hisoblanadi. Demokratiya huquq va erkinliklar Konstitutsiya va qonunlar bilan himoya qilinadi»6. Shu bilan bir qatorda jamiyatning huquqiy ongi va huquqiy madaniyati, huquqiy davlatning muhim omili va shartidir. Aytish mumkinki, davlat huquqiy davlatga, jamiyat fuqarolar jamiyatiga aylanishi uchun mustaqil O‘zbekistonda ham ancha o‘zgarishlar ro‘y berib kelmoqda. “Biz uchun, - degan edi I.Karimov, - fuqarolik jamiyati –ijtimoiy makon. Bu makonda qonun ustuvor bo‘lib, u insonning o‘z-o‘zini kamol toptirishga monelik qilmaydi, aksincha, yordam beradi. Shaxs manfaatlari, uning huquq va erkinliklarini to‘la darajada ro‘yobga chiqishiga ko‘maklashadi”. Mamlakatimizda adolatparvar, demokratik jamiyat qurish asosiy maqsadimizdir. Bu o‘rinda har bir fuqaroning huquqiy savodxon bo‘lishiga erishish, jamiyatimizda qonunlarning ustuvorligini ta’minlashga alohida e’tibor berish talab etiladi. Oila esa shaxs huquqiy madaniyatini shakllantirishning asosiy bo‘g‘ini hisoblanadi. Oilada har bir shaxsning o‘z burchi va vazifalariga ongli munosabati, huquqiy layoqati, muomala madaniyati, o‘z nasl-nasabi, shajarasiga hurmat va sadoqat, o‘z Vataniga mehr-muhabbatning shakllanishi muvaffaqiyati kechadi. Bu jarayonning samarali kechishini ta’minlash maqsadida oilaning huquqiy savodxonligini tubdan yaxshilash va himoyalash bo‘yicha ilmiy-amaliy faoliyat ko‘rsatish, oilada bolaning qonuniy huquq va manfaatlarining himoya qilinishi, sog‘lom o‘sishi, maktabga tayyorlanishida ota-onalarning murabbiylik faoliyatlarini takomillashtirish hamda mas’uliyatlarini oshirish yuzasidan o‘quv-uslubiy tavsiyalar ishlab chiqish va ularni amaliyotda tadbiq etish huquqiy jamiyat barpo etish negizidir. Ma’lumki, O‘zbekiston boshqa ittifoqdosh respublikalar ichida birinchilardan bo‘lib, o‘zini mustaqil respublika deb e’lon qilgan edi. Bu albatta, O‘zbekiston uchun o‘lkan tarixiy voqea, milliy mafkura shakllanishida yangi davrning boshlanishi va tabiiy sur’atda kishilarning siyosiy ongining oshishiga olib keldi. Dastlab, odamlar jamiyatda yuz berayotgan o‘zgarishlar shiddati oldida bir muncha gangib qolishdi. Turli safsatalar, hatti-harakatlar, «g‘oyaviy» kurashlar avj olib, «xonaki» va ajnabiy siyosatdonlar ko‘payib ketdi. Bir maromdagi turmush va bir qolipdagi fikrlash tarzi buzilib, sarosimalik va parokandalik kayfiyatlari kuchaya boshladi. Ana shunday paytda umumxalq va umumdavlat manfaatiga mos keladigan eng maqbul yo‘lni tanlash, buning uchun esa mafkuraviy yakkahokimlikka barham bergan holda aholining barcha tabaqalari, qatlamlarini,talab-ehtiyojlarini, ma’naviy-ruhiy chanqoqligini qondira oladigan yetuk va barkamol g‘oyani yaratish zarur edi. Masalaning yana boshqa tomoni ham bor. Bu bevosita uzoq yillar mobaynida hukmron bo‘lgan g‘oya va aqidalardan xalos bo‘lish, uning bir yoqlama, havoyi, balandparvoz da’vatlarini surib tashlash, voz kechish kabi og‘ir, vaqt talab etadigan jarayon bilan bog‘liq. Endi tafakkur tarzi va qarashlarni ishga solish lozim edi. Ana shunday sharoitda O‘zbekiston Mustaqilligining tashabbuskori va tashkilotchisi Birinchi Prezident I.A.Karimov birinchilardan bo‘lib jamiyatda ma’naviy poklanishni amalga oshirish, eski aqidalardan holi bo‘lish zarurligini, keyinchalik esa milliy istiqlol mafkurasini yaratish lozimligini payqadi va uni dolzarb vazifa qilib ko‘tardi. Birinchi Prezident I.A.Karimov O‘zbekistonning ma’naviy rivoji negizlarini belgilab berar ekan, vatanparvarlik g‘oyasiga alohida e’tibor berdi. Binobarin, Vatanni sevish xalqimizga xos azaliy qadriyat hisoblanadi. Mafkurasizlik – e’tiqodsizlikka olib keladi. E’tiqodsizlik esa har kimning o‘zicha yashashga, ko‘ngil tusaganicha kun ko‘rishga, hayoliga kelgan ish bilan shug‘ullanishga olib keladi. Bu yakka-yakka shaxslarning hatti-harakatidan butan jamiyat ma’naviy-ruhiy qiyofasi shakllanadi. Mafkurasizlik oxir-oqibatda odamlar ongida manqurtlik, qalbida fe’l-atvorida andishasizlik va nihoyat o‘zligini anglamaslik kabi nuqsonlarini chuqurlashtiradi. Jamiyatda esa porakandalikni keltirib chiqaradi. Shunday qilib odamlar hayotida fayzu tarovat qolmaydi. Mustaqillik tufayli shakllanayotgan milliy istiqlol mafkurasi ana shu bo‘shliqni to‘ldirib jamiyatimiz ravnaqiga xizmat qiladigan mafkuradir. Bu bevosita ong va tafakkur bilan bog‘liq bo‘lgan, doimiy rivojlanib, shakllanib boradigan harakatdagi hodisa. Milliy, istiqlol mafkurasi ayni shu mustaqil fikrlash mahsuli bo‘lib, ong va tafakkur hosilasi hisoblanadi. Demak, milliy ong ta’sirida milliy g‘oyalar yaratiladi. Ana shu g‘oyalar asosida milliy mafkura, milliy dunyoqarash shakllanadi. Milliy istiqlol mafkurasi, O‘zbekistonning mustaqillikka erishishi haqidagi siyosiy, ilmiy, nazariy, falsafiy, badiiy va diniy qarashlar majmui xalqni kelajakka ishonch, e’tiqod ruhida tarbiyalovchi g‘oyaviy qurol, barcha toifa kishilarini shu maqsad yo‘lida birlashtiruvchi, eltuvchi g‘oyat qudratli ma’naviy omil hisoblanadi. Shundan kelib chiqib, O‘zbekistonning mustaqillikka erishishini tarixiy muqarrar jarayonligini ko‘rsatish orqali eng avvalo, Konstitutsiyada adolatli, tarixiy, demokratik davlat va fuqarolik jamiyati haqidagi g‘oyalarni qonunlashtirish qo‘yildi. Milliy istiqlol mafkurasining nazariy jihatlari prezident I.A.Karimovning, ayniqsa, keyingi yillardagi nutq va risolalarida atroflicha yoritib berildi. Mazkur asarlarda yo‘naltirilgan barqaror bozor iqtisodiyotiga, ochiq tashqi siyosatiga ega bo‘lgan kuchli demokratik huquqiy davlatni va fuqarolik jamiyatini barpo etishga, inson uchun munosib turmush va faoliyat sharoitini vujudga keltirish, jamiyatni ma’naviy axloqiy jihatdan yangilash va taraqqiy ettirishning nazariy hamda amaliy negizlarini belgilab berish tamoyillari ishlab chiqildi. Xullas, Birinchi Prezident I.A.Karimov o‘zining bir qator asarlarida ilgari surilgan qoida va qarashlari bilan dastlabki yillarda ma’naviy hayotda yuz bergan mafkuraviy bo‘shliqni to‘ldirdi, milliy istiqlol mafkurasining nazariy zaminini yaratdi. Ma’lumki, jamiyatda fuqarolarning huquqlari va erkinliklarini himoya qilish ta’minlangandangina u chinakam huquqiy, fuqarolik jamiyati bo‘ladi. O‘zbekistonda inson huquqlari va erkinliklarini himoya qilishning samarali mexanizmini ta’minlash maqsadida inson huquqlari bo‘yicha milliy institutlar tizimi barpo etildi. Bu tizimga kiruvchi Oliy Majlisning inson huquqlari bo‘yicha vakili va amaldagi qonun hujjatlari monitoringi instituti, Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy Markazi, «Ijtimoiy fikr» jamoatchilik markazi tashkil etildi. O‘zbekiston Sud’yalar Assotsiatsiyasi va advokatlar uyushmasi o‘z faoliyatini boshladi. O‘zbekiston inson huquqlariga oid 40 dan ortiq xalqaro shartnomalarga qo‘shilgan. Bu xalqaro hujjatlarda o‘z fuqarolari oldidagi majburiyatlari va ularga nisbatan qilishi shart bo‘lmagan ishlar belgilab berilgan. Qabul qilinayotgan qonunlarimiz inson huquqlari sohasidagi xalqaro va standartlarga muvofiqlashtirilmoqda. Inson huquqlarini himoya qilish sohasidagi xalqaro tashkilotar bilan o‘zaro manfaatli hamkorlik rivojlanmoqda. Shunday qilib, Prezidentimiz ta’birlari bilan aytganda, «Mustaqillik yillarida mamlakatimizda inson huquqlari va erkinligining ustunligidan kelib chiqadigan, xalqaro miqyosda qabul qilingan yangi yuridik tamoyillar va talabalarga asoslangan keng huquqiy muhit vujudga keltirildi». Yana shuni alohida ta’kidlash joizki, mustaqil O‘zbekistonda milliy davlatchilik qurish bo‘yicha amalga oshirilayotgan siyosiy islohotlar kimlargadir demokratik va inson huquqlari tarafdori ekanimizni ko‘rsatish uchun qilinayotgani yo‘q. Bu borada qandaydir obro‘ orttirishga ham intilayotganimiz yo‘q. Bu O‘zbekistonda demokratik huquqiy davlat qurishning obyektiv zaruratidir, obyektiv qonuniyatidir. Bu esa bizning chinakam milliy manfaatlarimizga mos keladi. Download 44.02 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling