3-mavzu: jamiyat yaxlit tizim sifatida. Reja
Download 44.02 Kb.
|
ma\'ruza 3
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3.2.Sotsiologiyada jamiyatning tuzilishi va tarkibi masalasi.
Ijtimoiy aloqa – odamlarning ijtimoiy ta’siri orqali amalga oshirila-digan bog‘liqligi bo‘lib, u odamning boshqalardan xuddi shunday munosa-batni kutishiga asoslanadi. Ijtimoiy aloqa quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
– aloqa subyektlari (ikkita yoki minglab bo‘lishi mumkin); – aloqa predmeti (nima sababdan aloqa amalga oshirilyapti); – o‘zaro munosabatlarni tartibga solish mexanizmi. Ijtimoiy aloqa quyidagi ko‘rinishda bo‘ladi: a) ijtimoiy kontakt (odamlar orasidagi aloqa yuzaki, tez o‘tib ketadigan, obyektni boshqasi bilan almashtirish mumkin); b) ijtimoiy o‘zaro ta’sir (kishilarning bir-biriga qaratilgan doimiy, muntazam ijtimoiy ta’siri bo‘lib, bunda bir tomon ikkinchisidan javob reaksiyasini kutadi). Ijtimoiy o‘zaro ta’sir ijtimoiy munosabatlar, ijti-moiy institutlar, ijtimoiy umumiylik ko‘rinishida namoyon bo‘ladi 3.2.Sotsiologiyada jamiyatning tuzilishi va tarkibi masalasi. Jamiyat bu insoniyat taraqqiyoti jarayoni bo‘lib kishilarning tabiat bilan uzviy bog‘likda yashashi, rivojlanish, hayot kechirish manbaidir. Hayot borlikdir. Jamiyat bu murakkab jarayon bo‘lib jamiyatdagi hamma sotsial institutlar, etnik guruhlarning o‘zaro aloqa va munosabatlari majmuasi bo‘lib unda moddiy noz-ne’matlar yaratadigan, uni taqsimlaydigan taraqqiy etib yanada rivojlanadigan sotsial tarixiy jarayondir. Jamiyat o‘z tarkibiga kiradigan bir qator strukturalari bilan farq qiladi. Ular jamiyat strukturalariga, ya’ni sotsial struktura, milliy struktura va irqiy, demografik va boshqa strukturalardan iboratdir. Jamiyat va ijtimoiy munosbatlar taraqqiyoti dastlab uning sotsial strukturasida jiddiy o‘zgarishlarni o‘zida taqqoza etadi va uning butun dinamikasi va o‘zgarish sababida mohiyatini tushuntirmasdan jamiyat va ijtimoiy tizimlar haqida biron xulosa qilish mumkin emas. Chunki sotsiologik tekshirishlar shunday dalolat beradi, ya’ni jamiyat sotsial strukturasida, hayotning va ijtimoiy taraqqiyotning hamma qarama-qarshilik va ziddiyatlari yotadi. Jamiyat sotsial strukturasi tushunchasida ilmiy sotsiologik adabiyotlarda bir qancha ko‘rsatmalar, traktovkalar (yoki tushunchalar) mavjud. Keng ma’noda sotsial strukturasi, bu jamiyat elementlarning o‘zaro aloqalari va munosabatlari hosilasidir. Aniqrog‘i «sotsial struktura» turli birliklar va ular o‘rtasidagi aloqa va munosabatlar bilan harakterlanadi: Umumiy sotsial struktura tor ma’noda jamiyatning sotsial toifalar, sotsial gruppalar va boshqa sotsial-qatlamlar, o‘rtasidagi munosabatlar jamiyatning sotsial-toifa, tabaqali strukturasi deyiladi. Ular qo‘yidagilardan iborat: 1. Sotsial-sinfiy tabaqaviyligi (unga sinflar, sotsial gruppalar, sotsial-qatlamlar) tashkil qiladi. 2. Sotsial-demografik holati, (unga yoshlar, xotin-qizlar), (ona, ayol, xotin-qiz), erkaklar (ota, er, o‘g‘il-erkak), keksalarni tashkil qiladi. 3. Sotsial-etnik, birligi, unga-millat, xalq, xalqchilik, el-elat, urug‘, qabilalar kiradi. 4. Professionallik – kasbkorlik, unga (turli kasb, mutaxassislik, hunarmandlik kiradi). 5. Irqiy birlik, unga (oq tanli, qora tanli, mongoloidlar). Unda asosan jamiyatning moddiy jarayoni, ya’ni iqtisodiyot va uning taqsimlanishi muhim rol o‘ynab, iqtisodiy sotsiologiyasi tashkil etadi. Jamiyatda iqtisodiy sotsiologik yoki jamiyat iqtisodiyotining ijtimoiyligi ijtimoiy qonuniyatlarni o‘rganadi, shu bilan birga bu mohiyat jarayonlariga, taqsimot munosabatlariga moddiy mo‘l-ko‘lchilikka, turmush sharoitlariga – umuman jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotiga bog‘liq ekanligini o‘rganadi. Bu jamiyat ijtimoiy strukturasining sotsial iqtisodiy munosabatlari deyiladi. Bunda eng muhim asos mehnatning ijtimoiy muammolari mehnat faoliyatlari, taqsimot munosabatlari hisoblanadi. Demak, sotsial jamiyatda mahsulotlar mo‘l-ko‘lchiligi mehnat va mehnat jarayoniga bog‘liq ekan, taqsimot munosabatlari esa jamiyatda sotsial problemalarni vujudga keltirib sotsial tenglik, sotsial adolat va hokazolar jamiyatning eng muhim hukmron vositasi, hal qiluvchi jarayonini tashkil etadi. Taqsimot muammosi ijtimoiy-iqtisodiy sistemaning asosini tashkil etib, ijtimoiy jamiyat taraqqiyotiga ijobiy yoki salbiy ta’sir etadi. Jamiyatning ijtimoiy tarkibi – ijtimoiy tizimlar va ularning elementlari o‘rtasidagi ijtimoiy aloqalar turini tashkil qilib, ijtimoiy munosabatlar mafkurasini ifodalaydi hamda turli ijtimoiy guruhlar, mehnat taqsimoti, ijtimoiy institutlar harakterini aks ettiradi. Jamiyat, uning tizimlari o‘ziga xos tarkibiy tuzilishga ega bo‘lib ularning asosiy komponenti inson hisoblanadi. Kishilar ijtimoiy hayotning turli sohalarida – iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy, ma’naviy, oila-turmushda faoliyat ko‘rsatadilar. Ularning asosida ijtimoiy tarkiblar tuziladi. Ijtimoiy tizimlarning murakkabligi, tarkibidagi elementlarning soni ko‘pligi bilan emas, asosan, bu elementlar o‘rtasidagi o‘zaro aloqa va munosabatlar harakteri bilan belgilanadi. Shuning uchun ham hozirda «Respublika barcha fuqarolari va yuridik shaxslarga tashabbus ko‘rsatish va ishbilarmonlikni rivojlantirish uchun ho‘jalik faoliyatining qonun tomonidan man etilmagan barcha turlarini amalga oshirish uchun keng imkoniyatlar yaratishga alohida e’tibor qaratish lozim»- deb ta’kidlagan edi I.A.Karimov. Ijtimoiy iizimlar zanjirida turli, o‘ziga xos xalqaga ega bo‘ladilar. Ichki tashkiliy tuzilishi, harakteri, funksional va rivojlanish darajasi, turmush tarzi faoliyat shakli va usullari bilan qadriyatlar tizim, norma g‘oyalari, qarashlari va boshqa jihatlari bilan o‘zaro farq qiladilar. Jamiyatning ijtimoiy tarkibini konkret tarixiy davr sistemasida olib qarash talab qilinadi. Chunki ko‘pchilik tarixiy ijtimoiy tizim tarkibi o‘zaro sifat va xususiyatlari bilan farq qiladi. Jamiyatning ijtimoiy tarkibini sotsiologik jihatdan o‘rganishda uni uch ma’noda: eng umumiy, maxsus keng va xususiy tor ma’noda olib qarash zarur. Umumiy ma’nodagi ijtimoiy tarkib-jamiyatning bir butun tarkibini tashkil qiladi. Bu ijtimoiy tarkibning element sifatida jamiyatning ijtimoiy munosabatlariga mos tushuvchi iqtisodiyoti, siyosati, ideologiyasi kabi sohalar kiradi. Ikkinchi, maxsus, keng ma’nodagi ijtimoiy tarkibga ijtimoiy tarixiy birlik majmuasi va ular o‘rtasidagi aloqa, munosabatlar kiradi. Bu tarkib milliy-etnik, ijtimoiy-demografik, mutaxassislik ixtisoslik va boshqa shu kabi sohalar kiradi. Tor ma’nodagi ijtimoiy tarkib tushunchasiga mehnat jamoalari, hududiy birlik, nisbatan tez o‘zgaruvchan guruhlar kiradi. Bozor munosabatlarining tarkib topishi jarayonida O‘zbekiston ijtimoiy tarkibida keskin o‘zgarishlar ro‘y bermoqda. Bu o‘zgarishlarni yuqorida ko‘rsatilgan uch metodologik bosqich bo‘yicha sotsiologik tadqiq qilish – asosiy masalalardan biri bo‘lib qolmoqda. «Sotsiologiyaning umumnazariy muammolari» asarida Amerikalik sotsiolog Parsons, jamiyat tarkibiy tuzilishining funksional modelini ishlab chiqdi. Unga muvofiq, har qanday ijtimoiy tizim qo‘yidagi to‘rtta tarkibiy iyerarxik darajadan iborat: 1. «Birlamchi» yoki «texnik» daraja ijtimoiy tizim elementlarining bevosita aloqadorligini ifodalaydi. 2. Boshqaruv yoki «menedjerial» daraja, birlamchi darajadagi ijtimoiy tizimlar elementlarining o‘zaro aloqadorligini tartibga solib turadi. Bu daraja tashqi tarkibiy aloqalar bo‘g‘inlari bilan munosabatlar o‘rtasida vositachilik rolini bajaradi. Ijtimoiy tartibni nazorat qiladi, kuzatadi, kishilarning moddiy jihatdan ta’minotini boshqaradi. 3. «Institutli» daraja yanada umumiyroq masalalar bilan shug‘ullanadi. Bunga boshqaruv, institutlar va rahbariyat, ma’muriy idora organlari, ularning vakillari kiradi. 4. Oliy darajadagi, umumdavlat darajasidagi jamiyat tashkilotlari. Bunga davlat hokimiyati, huquqiy va boshqa tashkilotlar kiradi. Ular quyi darajalar ustidan nazorat qiladi va ularni tartibga keltiradi. Parsons sotsiologik maktab qarashicha, jamiyat funksional tizimlardan iborat. Bu maktab vakillari dinning jamiyat hayotidagi funksional ahamiyatiga ham yuqori baho berganlar. Din-jamiyatning «bir butun» holda bo‘lishiga xizmat qiladi – deb, ateizmga jamiyatning bir butunligini buzuvchi nomutanosiblikni keltirib chiqaruvchi omil sifatida qarashgan. Yuqorida keltirilgan fikrlardan xulosa qilib aytish kerakki,jamiyat hayoti o‘zining murakkab tuzilishiga ega bo‘lganligini hisobga olib, uni faqat bir tomonlama asoslash kifoya qilmaydi. Ijtimoiy tarkibni empirik jihatdan sotsiologik tadqiq qilishda psixologik ma’naviy, subyektiv, tarbiyaviy, ahloqiy milliy va boshqa yondashuvlar mushtarakligida olib qarash maqsadga muvofiqdir. Ijtimoiy hodisalar tarkibini sotsiologik tadqiq qilishda hayotdan ajralib qolgan, mavhum, aniq mazmundan uzoqda bo‘lgan umunazariy qarashlar konsepsiyalarni emas, balki uning barcha murakkab jihatlarini, tarkibiy tuzilishini, ijtimoiy shart-sharoitlarini, tarixiy vaqt va milliy xususiyatlarini, funksional va rivojlanish jarayonini hisobga olish zarur. Sotsiologiyada ijtimoiy birlik tushunchasi ham muhim o‘rin tutadi. Ijtimoiy birlik –deb tarixan shakllangan, nisbatan barqaror ijtimoiy aloqalar va munosabatlarga, o‘ziga xos umumiy xususiyatlarga ega bo‘lgan kishilar birligiga aytiladi. Boshqa ijtimoiy tashkilot va institutlardan farq qilib, ijtimoiy birlik tabiiy va tarixiy jarayonda vujudga kelib, ongli kishilarning irodalariga bog‘liq bo‘lmagan holda mavjud bo‘ladi. Ijtimoiy ishlab chiqarish jarayonida obyektiv zarurat sifatida vujudga kelgan kishilarning ijtimoiy birligi xarakteri jamiyat ishlab chiqarish usuli harakteriga bog‘liq bo‘ladi va u bilan belgilanadi. Ma’lumki, jamiyat-kishilar hayotiy faoliyatining tarixiy rivojlanish shakli bo‘lib, o‘z tuzilishi jihatdan murakkb tizimni tashkil qiladi. Sotsiologiya tarixda jamiyat o‘z ijtimoiy ehtiyojlarini qondiruvchi kishilar birligi sifatida tushunilgan. Shuning uchun ham sotsiologiyaning asosiy vazifalaridan biri ijtimoiy hayot va ijtimoiy munosbatlarni o‘rganishdir. Chunkki sotsiologiya fanining o‘zi jamiyat to‘g‘risidagi ta’limot bo‘lib, ijtimoiy tizimlar rivojlanish va funksional qonuniyatlari, harakatlantiruvchi kuchlarii o‘rganuvchi fandir. Sotsiologiya terminining o‘zi tarjima qilinganda «Jamiyat haqidagi so‘z» degan ma’noni anglatadi. Demak, sotsiologiya turli ijtimoiy hodisalar, jamit va tabiat o‘rtasidagi aloqadorlikni, shuningdek shaxs, kishilarning ijtimoiy hulqi, uning elementlari va rivojlanish qonuniyatlarini o‘rganadi. Shunday ekan sotsiologiya fani boshqa fanlarga nisbatan jamiyatni qanday nuqtai nazardan o‘rganadi? Download 44.02 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling