3-mavzu: jamiyat yaxlit tizim sifatida. Reja


Download 44.02 Kb.
bet6/8
Sana12.11.2023
Hajmi44.02 Kb.
#1768417
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
ma\'ruza 3

- Avtoritar jamiyat (lotincha auctor – boshlovchi, asoschi, ijodkor, avtor, fikr, nigoh, hokimiyat, huquq) demokratik bo‘lmagan siyosiy rejimga asoslangan va siyosiy ongning avtoritetga, umuman hokimiyat avtoritetiga bo‘lgan munosabatlarni aks ettiruvchi shaklidir. Avtoritorizm jamiyati qandaydir bir vaziyatda, nodemokratik yo‘l bilan totalitarizmning ba’zi bir elementlarini qabul qilgan jamiyatdir. Avtoritorizm patologik, ya’ni normal holatini yo‘qotgan (o‘zini boshqalardan ustun qo‘yish, maqtovlarga mahliyo bo‘lish) avtoritetga agressiv muxlislikka hos bo‘lgan ong shaklini aks ettiradi. Avtoritarizm o‘z ta’limotidan kelib chiqib ko‘rinmas qobiq ostida fashistik va diktatorlik rejimlariga zamin yaratadi.
- Demokratik jamiyat (grekcha demos – xalq va kratos – kuch, hokimiyat) hokimiyat shakllaridan biri bo‘lib, uning harakterli tomoni, ozchilikning ko‘pchilikka bo‘ysunishi tamoyili, hamda fuqarolarning erkinligi va teng huquqligining e’tirof etilishidir. Bunda fuqarolarning huquqlari jamiyat hayotining ijtimoiy va iqtisodiy sharoitlaridan qat’iy nazar qonun oldida tengligi ta’minlanadi. Demokratik jamiyatda konstitutsiya ishlab chiqiladi va boshqa vakillik muassasalari tuziladi, fuqarolarning umumiy saylov huquqi va siyosiy erkinliklari (so‘z erkinligi, vijdon erkinligi va boshqa) ta’minlanadi. Demokratik jamiyat uchun harakterli narsa unda parlamentning mavjudligidir, ya’ni unda qonun chiqaruvchi va ijro etuvchi va sud hokimiyatiga bo‘linganligidadir, bunda ijro etuvchi hokimiyatning roli tobora oshib boradi.
Jahon tarixiy taraqqiyoti shundan dalolat beradiki, davlat bilan huquq bir xil asoslarda va bir vaqtda vujudga kelgan, shuning uchun ham ular bir-biri bilan uzviy va chambarchas bog‘lanib ketgan. YA’ni davlatsiz huquq bo‘lmaganidek, huquqsiz davlatning hukm surishi mumkin emas. Davlatning demokratik mohiyati, mazmuni shu ikki narsadan qaysi birining ustunligiga bog‘liqdir. Agar mamlakatda eng oliy kuchga ega bo‘lgan huquq va qonun bo‘lsa, bunday davlat huquqiy davlat, aksincha, ya’ni davlat va uning apparati ustun bo‘lsa, bunday davlat ma’muriy buyruqbozlik davlati bo‘ladi.
Shuni aytish kerakki, huquqiy davlat haqidagi izlanishlar qadim davrlardan boshlangan. Birinchi bo‘lib, huquqiy davlatga asos solgan shaxs eramizdan oldingi VI asrda Afinada hukmron bo‘lgan jahondagi dastlabki konstitutsiyaning muallifi Salon hisoblanadi. U o‘z islohotining mohiyatini qo‘yidagicha tasvirlaydi: «Men hammani ozod qildim. Bunga kuch bilan hukmni moslashtirib, qonun hokimligi bilan erishdim». (Aristotel, Afina siyosati, M.1937 yil 21 bet).
Jamiyatda hamma sohalar qonunlashtirilmog‘i lozim. Ammo, qonunlar iloji boricha maydalanmasligi kerak, qonunlarning sonini ko‘paytirish ham o‘ziga yarasha ojizlikdir. Fransuz yozuvchisi va faylasufi F.Volter aytganidek, «Davlatda qonunlarning ko‘pligi bamisoli tabiblarning ko‘pligiga o‘xshaydi. Tabiblarning ko‘pligi esa kasallik va ojizlik belgisidir».
Huquqiy davlatning amal qilishidagi eng bosh narsa, hamma narsadan ham qonunning oliyligini, ustuvorligini ta’minlashdir. Lo‘nda qilib aytganda, hamma sohada qonun hokim bo‘lishi kerak. Qonunni davlat boshlig‘i, prezidentdan tortib, oddiy fuqarogacha so‘zsiz bajarishlari lozim.
Davlat va fuqarolar bir-biri oldida o‘zaro mas’uliyatli va hamma qonun oldida teng bo‘lishi lozim. Hokimiyatning bo‘linishi va unga so‘zsiz amal qilinishi hamda sud mustaqilligini ta’minlash huquqiy davlat barpo etishning muhim shartlaridan biri bo‘lib hisoblanadi.
Yuqoridagi fikrlardan ko‘rinib turibdiki, huquqiy davlat to‘g‘risidagi g‘oyalar ancha ilgari paydo bo‘lgan. Uning boshida xalq hokimiyati tashkil etishning nazariy asoslarini qurgan Salon, Platon, Aristotel, Sitseron turgan edi. Buyuk mutafakkir Platon huquqiy davlat to‘g‘risidagi nazariy tafakkurning rivojlanishiga muhim hissa qo‘shgan edi. U o‘zining «Davlat», «Qonunlar» deb nomlangan dialoglarida ideal huquqiy davlatning o‘zi anglangan tushunchalarini berdi. Platonning huquqiy davlat to‘g‘risidagi nazariyasi Aristotel ta’limotida yanada rivojlantirildi. Aristotel davlatda erkin va teng kishilarning siyosiy muomalada bo‘lishlari vositasini ko‘rdi. Sitseron esa davlat deganda ko‘pchilik bir-biri bilan yashovchi kishilar emas, balki hamma uchun yagona bo‘ysunuvchi, jamiyatning huquqiy o‘zaro harakat qiluvchi erkin a’zolaridan iborat munosabatini tushungan edi. XVII asrning mutafakkiri D.Lokk esa huquqiy hukmronlikni qonun hukmronlik qiladigan davlat ko‘rinishida tasavvur qildi. D.Lokkning fikricha, davlatning maqsadi – erkinlikni hamda mehnat vositasi bilan orttirilgan mulkni saqlashdir. Shuning uchun ham davlat hokimiyati o‘zboshimcha bo‘lishi mumkin emas. Bu hokimiyat D.Lokk fikriga ko‘ra 1) qonun chiqaruvchi hokimiyat, 2) ijro etuvchi hokimiyatga va 3) ittifoq, federativ hokimiyatga bo‘linishi lozim.
Huquqiy davlat to‘g‘risidagi nazariy tasavvurlarning rivojlanishiga Sharl Luk Monteskyu katta ta’sir ko‘rsatdi. Monteskyu davlatda huquqning hukmron bo‘lishini ta’minlashning muhim shartlaridan biri qilib hokimyaitni bo‘lish to‘g‘risidagi g‘oyaning tizimini ishlab chiqdi. Shunday qilib, D.Lokk hamda Sh.Monteskyu asarlarida huquqiy davlatning muhim belgilari ishlab chiqilganligi tufayli, bu g‘oyalarning ko‘p qismi 1787 yilgi AQSH konstitutsiyasiga, 1789 yilgi Fransuz inson va fuqaro huquqi dekloratsiyasiga asos qilib olingan edi. Unda qonunning ustuvorligi va barchaning qonun oldida tengligi, jamiyatga zararli faoliyatni qonun rad qilishi, qonun oldidagi tenglik asosida hokimiyat bo‘linishi alohida ta’kidlab ko‘rsatilgan.
Huquqiy davlat to‘g‘risidagi nazariyaning falsafiy asosini buyuk mutafakkir Immanuil Kont berdi. U «davlat – bu huquqiy qonunlarga bo‘ysundirilgan juda ko‘p odamlarning birlashuvidir» - deb ta’kidlagan edi. Uning fikricha, fuqarolarning begonalashmasligining asosi ularning qonun oldidagi tengligidir. Demak, barcha fuqaro shunday hokimiyatni tan olishi mumkinki, hokimiyat ham, fuqaro ham shu qonunga so‘zsiz amal qilishi shart.
Huquq va adolatli ijtimoiy tuzum g‘oyasi Markaziy Osiyoda yashab ijod etgan buyuk mutafakkirlarning va davlat arboblarining asarlarida ham markaziy o‘rinni egallab kelgan. Hususan V-VI asrlarda Markaziy Osiyo hududida ko‘tarilgan xalq qo‘zg‘olonining yo‘lboshchisi Mazdak ta’limoti bu jihatdan katta qiziqish uyg‘otadi. Uning odamlar tengligi to‘g‘risidagi ta’limoti o‘sha davrda keng yoyildi. Ayniqsa, Mazdakchilarning qonuniy atributi – talabi to‘rtta «Z» (harfdan iborat) shiori, ya’ni – «Zar» - oltin, boylik; «Zamin» - yer; «Zan» - ayol; «Zo‘rlik» kabi talablari – boylik, yer hammaga barobar bo‘lishi, ayollar jamiyatda xo‘rlanmasligi, izzat-hurmatda bo‘lishi, jamiyatda zo‘rlik, zo‘ravonlikka barham berilishini talab qilib chiqdilar. Muqanna esa yaratgan g‘oyalarining izdoshi edi. IX-X asrlarda yashagan Al-Forobiy oqilona davlat tuzumi to‘g‘risidagi tasavvurlarga katta hissa qo‘shdi. Ideal, adolatli jamiyat, Al-Forobiyning fikricha, unda yashovchilarning bir-birini tushunishga, insonparvarlikka, insonga muhabbatga, unda yuksak ahloqiy qadriyatlarni ko‘rishga, uning hayotini yaxshilash uchun intilishga asoslanadi. Al-Forobiyning ijtimoiy-siyosiy ta’limoti, Ibn-Sino va Al-Beruniy asarlarida yanada rivojlantirildi. Ibn-Sino fikricha jamiyatning har bir a’zosi foydali ish bilan mashg‘ul bo‘lishi, ishyoqmaslar qoralangan ideal davlat deb hisoblagan. Al-Beruniy esa fuqarolar tomonidan navbati bilan boshqariladigan davlatni adolatli davlat deb hisoblar edi. Shu narsani alohida ta’kidlash lozimki, davlat va huquq masalasi Amir Temur siyosiy faoliyatida katta o‘rinni egallagan. Masalan, «Temur tuzuklari»da A.Temur hokimiyatning kuchi qonunga qattiq rioya qilinishida ekanligiga alohida e’tibor bergan. Bu to‘g‘rida «Temur tuxuklari»da shunday yozilgan: «…Hukumat, qonunga tayanmaydigan hokimiyat, o‘z mavqeini va kuchini uzoq vaqt saqlab qololmaydi».
Buyuk o‘zbek mutafakkiri A.Navoiy Markaziy Osiyodagi ijtimoiy-siyosiy g‘oyalar rivojlanishi tarixida alohida o‘rinni egallaydi. Uning davlat, adolatli jamiyat to‘g‘risidagi qarashlarining asosiy qoidalari «Saddi Iskandariy», «Ajam podsholari tarixi» degan asarlarida bayon qilingan.
A.Navoiy o‘zining siyosiy qarashlarida odil hukmdorga, el-yurt adolatli tuzum o‘rnatilishiga qat’iy ishonch, katta umid g‘oyasi yotadi. O‘z asarlarida tasvirlangan o‘tmishning afsonaviy va tarixiy odil hukmdorlari obrazi orqali humdorlarni adolatli, muruvvatli hokimiyat egasi bo‘lishiga chaqiradi. A.Navoiy siyosiy ahloq va xalqchilik, obodonchilik uchun jon kuydirish fazilatlari bilan uyg‘unlashtirgan holda tarannum etadi. Alisher Navoiyning ijtimoiy-siyosiy qarashlarida tinchlik, do‘stlik g‘oyalari asosiy o‘rinni oladi. U barcha davlatlarni, xalqlarni tinch-totuv yashashga chaqiradi. Uning fikricha, barcha xalqlar, katta-kichikligiga qaramasdan, o‘zaro teng bo‘lishi va bir-birlari bilan savdo-sotiqni, ijtimoiy aloqani rivojlantirgan holda yashashi kerak.
Ma’lumki huquqiy davlat – bu fuqarolik jamiyati shaklida va davlat huquqiy demokratik bo‘lishi uchun kuchli, hayot kechirib keta oladigan, erksevar, har qanday antidemokratik avtoritor tajovuzlarga qarshilik ko‘rsata oladigan jamiyat bo‘lishi kerak.
Buning uchun esa davlat hokimiyatini to‘la demokratiyalash, huquqiy davlat tamoyillariga yetarli darajada e’tibor berib, uni amalga oshirish zarurdir. Chunki huquqiy davlatning tamoyillari deganda biz, davlatning xususiyatlari, uni tashkil etishning asoslari, uning boshqa davlat shakllaridan farqini tushinamiz. Tamoyillar – bu huquqiy davlatni tashkil etishning meyoriy va uni saqlanishining sharoitlari, normativ xususiyatlaridir. Sababi bu tamoyillar huquqiy davlat manzarasini to‘la konturini beradi. Demak, davlat hokimiyatini demokratiya, o‘zini-o‘zi boshqarish va xalqning to‘la hokimligi tamoyillari asosida qayta tashkil etish zarur. Huquqiy davlatning muhim tamoyillaridan biri davlat va shaxs o‘zaro munosabatlarining huquqiy tusda bo‘lishidir. Huquqiy davlatning bu tamoyili inson huquqi va erkiga kafolat berish fuqarolarning amaldagi tengligini ta’minlashdan iborat. Chunki, shaxsning huquqiy va erkinligi – bu insoniyat tarixida muhim rol o‘ynagan va uning ajralmas bir qismi, ijtimoiy tuzumning mahsulotidir. Shu bilan birga, qonunchilikka rioya qilish, qonunning insonga xizmat qilish ustunligi bilan uzviy bog‘liqligini ta’min etish huquqiy davlat tabiati va mohiyatini ifoda etadi, uni insoniyat tarixiy taraqqiyotida yangi sharoit bosqichi ekanligini anglatadi. Huquqiy davlatning muhim tamoyillaridan yana biri davlat va shaxsning javobgarligidir. Chunki, fuqarolar oldida juda katta javobgarlikni o‘z ustiga olgan davlat ham fuqarolardan o‘z fuqarolik burchini to‘la bajarishini talab qilish huquqiga ega bo‘ladi, shu bilan birga huquqiy davlatning yana bir mahim tamoyili bu qonunlarning bajarilishi ustidan nazorat qilishdir.
Shundan qilib, huquqiy davlat – bu fuqarolar huquqiy jamiyat, ya’ni huquqiy hukmronlik qiluvchi jamiyatni qurishning boshlang‘ich bosqichidir. Huquqiy davlat to‘la amal qilgan sharoitdagi demokratik erkinliklar va inson huquqlari keng quloch yoyadi.
Xulosa qilib, shu narsani ta’kidlash lozimki, davlat hokimiyatlari faoliyat va mehnat sohalarining bo‘linishi, turli davlat organlari o‘rtasida funksiyalar va vakolatlarning aniq taqsimlanish, ya’ni qonunchilik, ijrochilik va sud hokimiyatlarining bo‘linishi davlatning huquqiy harakterini ifodalovchi muhim elementidir. Bu esa amaldagi huquqiy davlat tuzimini bunyodga keltirishdagi muhim qadamdir.

Download 44.02 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling