3-mavzu: jamiyat yaxlit tizim sifatida. Reja


Download 44.02 Kb.
bet4/8
Sana12.11.2023
Hajmi44.02 Kb.
#1768417
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
ma\'ruza 3

Siyosiy tizim – jamiyatni boshqarish bilan bog‘liq bo‘lgan tizim hisoblanadi. Bu tizim tarkibiga barcha siyosiy tashkilotlar: davlat, huquqiy organlar/ sud, prokuratura, militsiya, qamoqxona va boshqlar/, siyosiy munosabatlar kiradi.
Ideologik munosabatlar ham ijtimoiy tizim sifatida ma’naviy hayot qirralarini o‘z ichiga oladi. Uning tarkibiga ma’naviy munosabatlar va ular bilan bog‘liq bo‘lgan tashkilotlar: madaniy muassasalar, fan, mafkura, qadriyatlar kiradi.
Hozirgi kun jamiyatining ko‘rinishlari.
Hozirgi kun jamiyatining ko‘rinishlari nazariyasi asosan qo‘yidagilarni tashkil etadi:

  1. Faravonlik (mo‘l-ko‘lchilik) jamiyati

  2. Iste’mol qilish jamiyati

  3. Ochiq va yopiq jamiyat

  4. Industrial (sanoat) jamiyati

  5. Postindustrial jamiyat

1. Farovonlik (mo‘l-ko‘lchilik) jamiyati g‘arb sotsiologiyasida hozirgi kapitalistik davlatlarning qiyofasini ifodalab, «umumiy rohat-farog‘at» va «iste’mol qilish jamiyati» degan jamiyat nazariyasi vujudga keldi. Ushbu nazariyaga ko‘ra iqtisodiyotning o‘sishi va yangi texnologiyaning ishlab chiqarishga tadbiq etilishi natijasida jamiyatning ijtimoiy iqtisodiy farovonligi ortib boradi, mo‘l-ko‘lchilik natijasida iste’mol mahsulotlarining ko‘plab realizatsiya qilinishi natijasida jamiyatdagi har bir kishining baxtli va nidolarsiz hayot kechirishi ta’minlanadi. Hozirgi kunda shunday davlatlar fikrimizcha rivojlangan kapitalistik davlatlarda va ularning hayotida asta-sekin namoyon bo‘lib bormoqda.
2. Iste’mol qilish jamiyati. Unchalik nazariy, empirik va amaliy ahamiyatga ega bo‘lmagan tushuncha. AQSH sotsiologlari tomonidan XX asr 40-50 yillarida jamiyatning har bir a’zosining hayot darajasini yaxshilash maqsadida paydo bo‘layotgan tasavvurlarning keng yoyilishi natijasida vujudga kelgan nazariya.
3. Ochiq va yopiq jamiyat sotsiologiyaga K.Topper tomonidan kiritilgan bo‘lib, taraqqiyotning turli bosqichlarida turli jamiyatlarning madaniy-tarixiy va siyosiy tasvirlanishi ifoda etiladi. Ochiq jamiyat-demokratik jamiyat bo‘lib, tashqi muhit sharoitlarida oson o‘zgaruvchi va moslashuvchi, tanqidni yorib o‘tmoqqa moslashgan jamiyat, yopiq jamiyat esa dogmatik-avtoritar rejim asosida bo‘lib, sehrli (magik) tafakkur, dogtamizm va kollektivizm tamoyillari bilan harakterlanadi. Ochiq va yopiq jamiyat konsepsiyasi hozirgi zamon davlatlarining ideologik, siyosiy va ijtimoiy-psixologik nuqtai nazardan o‘rganish uchun asosiy omillardan biri hisoblanadi.

Download 44.02 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling