3-mavzu. Jismoniy tarbiya va sport bilan shugullanuvchilarning o`z-o`zini nazorat qilish. Ovqatlanish gigiyenasi. Reja


Download 59 Kb.
bet2/12
Sana29.01.2023
Hajmi59 Kb.
#1139240
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
3 тема маруза (1)

Sub`yеktiv nаzоrаtda sportchi o`zining kundаlik daftariga quyidagi lаrni qayd etаdi: har kuni trеnirоvkаdаn оldin vа kеyin o’zini qanday sеzishi, kаyfiyati, uyqusining tinch yoki ntinchligi, ishtаhаsi, trеnirоvkа bаjаrishgа xоhishi, tаnаsining birоr sоhаsidа og’riq sеzishi yoki sеzmаsligi kаbilаr. Spоrtchining o’z-o’zini ob`yеktiv nаzоrаtidа trеnirоvkаdаn оldin vа kеyin tоmir urishi sоni, nаfаs оlish sоni, o’pka tiriklik sig’imi, qo’l vа bеl muskullаrining kuchi, iloji bo`lsa, maksimal va minimal arterial qon bosimi kаbi ko`rsatgichlаrni aniqlаb kundаligigа yozаdi, bu ko`rsatgichlаrning me’yoridan kam yoki ko’p bo’lishigа qarab, trеnirоvkаsini rejalshtiradi, treneri bilan mаslаhаtlаshаdi, zaruriyat tug`ulsa, sport shifokori bilan mаslаhаtlаshаdi. Kundalik daftarcha jismoniy mashg’ulotlar bajarilishida o`z-o`zini nazorat qilish: bajarilgan mashqlardan keyin charchash, toliqish darajasi mashqlarni o`z xohishi bilan bajarishi, mashg’ulotlardan keyingi ta`sirot kabi ma`lumotlar aks ettiriladi. Mashg’ulotlar ta`sirini shug’ullanuvchining kayfiyatiga va uyquning chuqurlik darajasi asosida baholanadi.
Mashg’ulotlardan so`ng shug’ullanuvchi o`zini yomon his qilganda jismoniy yuklamalarni haddan tashqari berilishidan dalolat beradi. O`z-o`zini nazorat qilinishida sub`ektiv ko`rsatkichlar bilan ob`ektiv ko`rsatkichlarni ham qo`llash mum-kin. Bularning biri yurak urish soni (YUUS)dir. Ma`lumotlarga ko`ra, ertalabki nahordagi YUUSning (uyqudan uyg’onib, yotgan holdagi YUUS) oldingi kunlarga nisbatan o`zgarmasligi tayyorgarlikning yaxshi holati haqida dalolat beradi. Tinch yotgan holatidagi YUUS ko`rsatkichiga qarab tik turgandagi YUUS ko`rsatkichi 18 martaga va undan ham ko`proqka oshsa, javob reaktsiyasi qoniqarsiz, deb baholanadi. Jismoniy tarbiya va sportda o`z-o`zini nazorat qilish. Qon bosimining o`zgarishi va mashg’ulotlardan keyin ko`rsatkichlariga ham katta ahamiyat beriladi. O`z-o`zini nazorat qilishda tana vazniga (og’irlikka) O`TSning o`zgarishlariga ham katta ahamiyat beriladi. Funktsional sinamalardan ko`proq ortostatik (YUUS yotgan va tik turgan holda o`lchanadi, taqqoslash asosida baholanadi) va Ruf’e-Dikson sinamalari qo`llaniladi. Charchash, toliqish, salomatligida o`zgarishlar bo`lsa, bu ko`rsatkichlarni o`zaro farqi haddan tashqari bo`lishi mumkin. Shuning uchun sog’lom rivojlanish uchun eng qulay sharoitlar yaratish va shu bilan bir vaqtda meyorini bilib o`tkaziladigan sport mashg’ulotlari yordamida organizmni mustahkamlab borish yo`li bilan patalogik holatlar ro`y berishni oldini olish va o`smirlarning har tomonlama uyg’un rivojlanib borishining to`la-tokis ta’minlab berish mumkin 15 yoshgacha bo`lgan bolalarga bolalar poliklinikalari xizmat qiladi, 15 yoshdan oshgach bolalarga esa kattalarga mo`ljallangan poliklinikalarning o`smirlar kabinetlari xizmat qiladi, shu bilan bir vaqtda maktab tibbiyot hamshirasi va vrachi 7 yoshdan to 17-18 yoshgacha bo`lgan bolalar va o`smirlarga xizmat qiladi. O’z-o’zini tekshirish kundaligini tutish trener va vrach uchun sport mashg’ulotlarining ta’siriga baho berishga, sportchig’a esa charchab qolmaslik imkonini beradi. Mashqlarni ma’lum bir davrda, hatto odam dam olish paytida ham o’z-o’zini tekshirib turishi zarur. Sportchi o’zini mustaqil kuzatib boradi, biroq dastlabki paytlarda trener va vrach kundalik tutish uchun unga yordam beradi. Kundalikda quyidagi ko’rsatknchlar hisobg’a olib boriladi: sub’ektiv alomatlar — o’zini qanday his qilishi, uyqu, ishtaha, ish qobiliyatining holati, ob’ektiv ko’rsatkichlar — vazn, tomir urishi, nafas olish, terlash.Ko’pchilik sportchilar va jismoniy tarbiya bilan shugullanuvschilar muntazam ravishda o’z-o’zini tekshirish kundaligini tutadilar, o’zlari kuzatgan ma’lumotlarni o’rganadilar, bu esa ularning salomatligiga ziyon qilmasdan birmuncha jismoniy mashqlarni samarali bajarishlari uchun imkon yaratadi. Quyida o’z-o’zini tekshirishning taxminiy kundaligi keltirilgan (1-ilova). Odamning o’zini his qilishi organizmning umumiy ahvolidan bilinadi. Kishi o’zini yaxshi his qilganda kayfiyati joyida, ish qobiliyati yuqori, bardam bo’ladi, ishni bajonidil bajaradi. Agar jismoniy mashqlarni uzoq, zo’riqib bajarilsa, charchash 2—3 soat, hatto bir sutkagacha va undan ortiq vaqtgacha.

Download 59 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling