3-mavzu. Jismoniy tarbiya va sport bilan shugullanuvchilarning o`z-o`zini nazorat qilish. Ovqatlanish gigiyenasi. Reja


Jismoniy mashqlarning ovqat hazm qilish tizimiga ta’siri


Download 59 Kb.
bet7/12
Sana29.01.2023
Hajmi59 Kb.
#1139240
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
3 тема маруза (1)

Jismoniy mashqlarning ovqat hazm qilish tizimiga ta’siri.
Jismoniy ish va jismoniy mashqlar natijasida modda va energiya almashinuvi oshadi. Organizmning ovqatga bolgan ehtiyoji ortib hazm tizimi faoliyati kuchayadi. Ishtahaning ortishi me’da-ichak yollarida shira ajralib chiqish jarayonini faollashtirib, organizmda o‘tayotgan butun hazm jarayonlariga ijobiy ta’sir yetkazadi. Biroq mushak faoliyatining hazm bezlariga ko‘rsatadigan ta’siri hamma vaqtda ham ijobiy bo‘la olmaydi. Ovqat iste’mol qilingandan keyin jismoniy ish bajarishi, aksincha hazm a’zolari faoliyatiga salbiy ta’sir yetkazishi ham mumkin; me’da-ichakda shira chiqaruvchi bezlaming faoliyati pasayib ketadi va hatto tormozlanadi. Hayvonlar ustida o‘tkazilgan tajribalar shuni ko‘rsatadiki, mushak faoliyati jarayonida hazm bezlarining sekretsiyasi susayadi, reflektor yo‘l bilan sekretsiya bo‘ladigan hazm shiralarining ajralish jarayoni buziladi. Jismoniy ish va jismoniy mashqlar paytida ovqat hazm qilish jarayonlarining tormozlanishi markaziy asab tizimida hazm markazlarining tormozlanishi bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin. Bu funksional o‘zgarishlar markaziy asab tizimida qo‘zg‘algan harakat markazlariga manfiy induksiyaning paydo bo‘Iishi bilan asoslanadi.
Jismoniy mehnat paytida hazm jarayoniga tormozlovchi ta’sirot yetkazadigan yana bir omil, bu qonni qayta taqsimlanishidir, buning natijasida hazm bezlarning qonga ehtiyoji pasayadi va ularning sekretsiyasi susayadi. Shuning uchun ovqat iste’mol qilingandan keyin darrov jismoniy mehnat bilan shug‘ullanish man etiladi. Sportchilar bilib olishlari kerakki, jismoniy mashqlar va mushak laoliyati nafaqat hazm jarayonlariga salbiy ta’sir ko‘rsatadi, balki ovqatning qayta hazm qilish faolligiga hamda mushaklaming harakat faoliyatiga halaqit beradi. Hazm markazlarining qo‘zg‘alishi, qonning mushaklaidan qorin bo‘shlig‘iga oqib borishi jismoniy mehnatga salbiy ta’sir yetkazadi. Bundan tashqari, me’dada ovqatning ko‘p yig‘ilishi diafragmani ko‘tarib turadi, bu holatda nafas va qon aylanish tizimlariga salbiy ta’sir yetkazadi. Shuning uchun ovqat iste’mol qilish va jismoniy mashqlar o‘rtasidagi muddat 2-2,5 soatni tashkil etishi kerak. Biroq odam ko‘p vaqt bu qoidaga rioya qilmaydi. Buning uchun kishi aniq bilishi kerakki, ovqatni iste’mol qilish va jismoniy mashqlarning bajarilishi o‘rtasidagi vaqt bir soatdan kam bo‘lmasligi kerak. Hazm a’zolarining faoliyatini turli sharoitlarga moslanishi odamning turli mehnat va sport mashqlari bilan bog‘liq faoliyatini yo‘lga qo‘yishlari ahamiyatga ega. Masalan, tashqi muhitning issiq harorati ovqat hazm qilish a’zolari faoliyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. 0’zbekistonda yoz faslida havo harorati soya joyda Q40-47° gacha ko‘tariladi. Bunday sharoitda organizm a’zolari faoliyati keskin o‘zgaradi, nafas olish va yurak urishi tezlashadi, ter ajralishi kuchayadi va hatto asab-mushak faoliyatida ham o‘zgarishlar yuz beradi. Natijada odam organizmi ko‘p suv yo‘qotadi, qon quyuqlashadi, mushak-asab qo‘zg‘aluvchanligi o‘zgaradi. Shuning uchun issiq sharoitda odam organizmining chidamli bo‘lishi, jismoniy mehnatning unumdorligini oshirishi va turli sport turlari bo‘yicha muvoffaqqiyatlarga erishish uchun organizm adaptatsiyasining chora tadbirlarini o‘ylab topish zaruriyati tug‘iladi.
To’g’ri ovqatlanish asosida uchta oqimning-moddalar, energiya va axborotning birlashuvi yotadi. Bu uchta oqimning mavjudligini ta’minlash uchun, asosan oziq moddalar bilan tashqi muhitdan boshlang’ich material tushib turishi kerak. Asosiy oziq moddalarga oqsillar, yog’lar, uglevodlar, suv, vitaminlar, meneral moddalar, fitansidlar kiradi.

Download 59 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling