3-мавзу: капитал қурилишда иқтисодий ислоҳотларни чуқурлаштиришнинг асосий йўналишлари


Download 1.19 Mb.
bet5/5
Sana10.04.2023
Hajmi1.19 Mb.
#1348842
1   2   3   4   5
Bog'liq
3-мавзу ҚУ

Konsalting – bu ixtisoslashtirilgan kompaniyalarning qurilish materiallari sanoatidagi qurilish-montaj tashkilotlari va korxonalariga barcha iqtisodiy masalalar, shu jumladan ularning tashqi iqtisodiy faoliyati bo’yicha maslahatlar bera oladigan maqsadli faoliyatidir.
Qurilish majmuasida konsalting kompaniyalar qurilish xizmatlari va materiallari bozorini tadqiq qilish va bashorat qilish; jahon bozorlari, birinchi navbatda yaqin davlatlar bozori kon’yunkturasini tadqiq etish; investitsiya loyihalarining texnik-iqtisodiy asosini ishlab chiqish; qo’shma korxonalarni barpo etish va boshqalar bilan shug’ullanadi.
Injiniring va konsalting kompaniyalaridan farqli ravishda 1999 yildan boshlab respublikada lizing kompaniyalari ham rivojlana boshladi. Ushbu kompaniyalarning rivojlanishiga 1999 yil 14 aprelda qabul qilingan O’zbekiston Respublikasining “Lizing to’g’risida”gi 756-I-son qonuni (2016 yil 27 dekabrda o’zgartishlar kiritilgan), shuningdek Vazirlar Mahkamasining 2003 yil 23 oktyabrdagi “Kapital qurilishda ijara va lizing xizmatlari tizimini joriy etish” to’g’risidagi 462-son qarori muhim turtki bo’ldi.
Mazkur qonun va qarorlarning qabul qilinishi munosabati bilan qurilish-montaj tashkilotlarining ob’ektlarni to’liq bitkazgunga qadar bo’lgan muddatga qurilish texnikalari va mashina-mexanizmlarini chetdan jalb etish bo’yicha imkoniyatlari yanada kengaydi.
Lizing kompaniyalarining muvaffaqiyatli rivojlanishida davlat tomonidan har tomonlama o’ylab berilgan barcha preferentsiya va imtiyozlar muhim hisoblanadi.
Lizing to’lovlari qo’shimcha qiymat solig’idan ozod qiindi; mamlakatga olib kelinayotgan texnologik uskunalar boj to’lovi va qo’shimcha qiymat solig’idan ozod qilindi; xo’jalik yurituvchi sub’ektlar – lizing oluvchilar esa lizing shartnomasi muddati davomida mol-mulk solig’idan ozod qilindi.
Qurilishda ko’chuvchi va ko’chmas mulk lizinglarini ajratish kerak bo’ladi. Ko’chuvchi mulk lizingi ob’ektlariga quyidagilar kiradi: transport vositalari, qurilish texnikasi, mashina va mexanizmlar, mobil zavodlar, hisoblash texnikasi vositalari.
Ko’chmas mulk lizingi ob’ektlariga esa ishlab chiqarishga mo’ljallangan bino va inshootlar kiradi. Bozor sektori bo’yicha lizinglar ichki va xalqaro turlarga bo’linadi. Muddati jihatidan lizinglar uzoq muddatli (3 yil va undan ortiq), o’rta muddatli (3 yilgacha) va qisqa muddatli (1,5 yilgacha) bo’ladi. Amaliyotda mazkur lizing turlarining barchasi tarqalgan bo’lib, ular mos ravishda qonun osti va me’yoriy-huquqiy hujjatlar bilan ta’minlangan.
Download 1.19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling