3-мавзу: капитал қурилишда иқтисодий ислоҳотларни чуқурлаштиришнинг асосий йўналишлари


Download 1.19 Mb.
bet4/5
Sana10.04.2023
Hajmi1.19 Mb.
#1348842
1   2   3   4   5
Bog'liq
3-мавзу ҚУ

Инжиниринг компаниялари асосан инженерлик-маслаҳат хизматлари, яъни тижорат характеридаги қурилиш маҳсулоти ва материалларини ишлаб чиқаришни тайёрлаш ва таъминлаш ҳамда амалга ошириш; қурилишга хизмат кўрсатиш ва янги ишга туширилган объектларнинг эксплуатацияси билан боғлиқ бўлган хизматлар мажмуини бажаради.
Консалтинг – бу ихтисослаштирилган компанияларнинг қурилиш материаллари саноатидаги қурилиш-монтаж ташкилотлари ва корхоналарига барча иқтисодий масалалар, шу жумладан уларнинг ташқи иқтисодий фаолияти бўйича маслаҳатлар бера оладиган мақсадли фаолиятидир.
Лизинг компанияларининг муваффақиятли ривожланишида давлат томонидан ҳар томонлама ўйлаб берилган барча преференция ва имтиёзлар муҳим ҳисобланади. Лизинг тўловлари қўшимча қиймат солиғидан озод қиинди; мамлакатга олиб келинаётган технологик ускуналар бож тўлови ва қўшимча қиймат солиғидан озод қилинди; хўжалик юритувчи субъектлар – лизинг олувчилар эса лизинг шартномаси муддати давомида мол-мулк солиғидан озод қилинди.
Kapital qurilish ishlari uzoq davom etuvchi va katta mablag’larni talab qiluvchi jarayon bo’lganligi sababli real vaqt kesimida paydo bo’lgan ehtiyojni zudlik bilan ta’minlash imkoniyati mavjud bo’lmaydi. Shu sababli aholining qurilish tarmog’i mahsulotiga bo’lgan ehtiyojini ta’minlashda asosiy e’tibor aynan mehnat resurslaridan yetarli darajada va samarali foydalanishga qaratilishi lozim.
Hozirgi globallashuv sharoitida mamlakatimiz qurilish tarmog’ida ham kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlarining rivojlanishi, xususan, injiniring, konsalting va lizing kompaniyalari faoliyatini rivojlantirish muhim ahamiyat kasb etadi.
O’zbekistonda injiniring va konsalting kompaniyalari 2005 yildan boshlab rivojlana boshladi. Vazirlar Mahkamasining 2004 yil 7 fevraldagi Qaroriga binoan respublikada mazkur kompaniya va tashkilotlar faoliyat yurgizishlari uchun tayyorgarlik ishlari, tegishli uslubiy va xuquqiy xarakterdagi tavsiyalar hamda mexanizmlar ishlab chiqildi.
Injiniring kompaniyalari asosan injenerlik-maslahat xizmatlari, ya’ni tijorat xarakteridagi qurilish mahsuloti va materiallarini ishlab chiqarishni tayyorlash va ta’minlash hamda amalga oshirish; qurilishga xizmat ko’rsatish va yangi ishga tushirilgan ob’ektlarning ekspluatatsiyasi bilan bog’liq bo’lgan xizmatlar majmuini bajaradi.
Respublikadagi mavjud injiniring kompaniyalarini faoliyat yo’nalishi jihatidan quyidagi ikki guruhga ajratish mumkin: 1-guruhga – qurilish va qurilish materiallari sanoatida ishlab chiqarish jarayonini tayyorlash va 2-guruhga esa – tayyor qurilish ob’ektlari, qurilish materiallari va boshqalarni ishlab chiqish va ularni amalga oshirish jarayonlarining normal kechishi bilan bog’liq bo’lgan xizmatlar bilan shug’ullanuvchi kompaniyalar.

Download 1.19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling