kiyim va liboslarni qanday kiyish urfi va qoidalari deyarli istisnoli jihatlardagina o’z kuchini
saqlab qolgan. Ammo odamlar kiyimlarni tanlashda va ixtiro qilishdan toyganlari yo’q.
Aksincha
zamonaviylikka bo’lgan talablar oldingi davrdagiga nisbatan ancha ilgarilab ketdi.
Yaxshi kiyinish o’ziga xos san’at. Kishi bu san’atni egallashi uchun moda talablariga
rioya
qilibgina qolmay, o’z didini ham taprbiyalashi kerak. Didni tarbiyalash uchun qonunlari
me’yor, va o’zaro mos tushunchalarga asoslangan san’atning barcha turlari bilan tanishib borishi
lozim. Zehn bilan tanlangan orasta libos uning egasinining didini yaxshiligini bildiradi. Ko’ylak
javoni to’la bo’lmasdan turib ham did bilan kiyinish mumkin. Yangi
chiqqan zamonaviy libos
ketidan quvish emas, balki siz uchun zarur bo’lgan narsa haqida o’ylab ko’rgan ma’qul.
Zamonaviy moda mato
turlarining yangiligi, uning tusi bilan ham belgilanadi.
Jiddiy erkaklarga nisbatan ayollar zamonaviylik masalalarida ko’proq qayg’uradilar.
Erkaklarga nisbatan ayollar modasi o’zgaruvchanroqdir. Yubka va kamzullar bir kaltalashib
ketsa, bir-ikki yildan so’ng – uzunlashib ketadi. Ko’ylakda ba’zida belni ko’rsatib
turadigan
holatlari paydo bo’lsa, ba’zida aksi bo’ladi. Erkaklarga nisbatan matolarning rangdor tuslari va
fakturasi turli-tumandir va, albatta turli xil zamonaviy ziynatlar ham ayollar uchundir. Ammo
erkaklar umuman zamonaviylikdan yiroq desak noto’g’ri bo’lar edi.
Kuchli jins sohiblarining
zamonaviylikka bo’lgan qiziqishi – oxirgi yillar yetarli darajada salohiyatga ega.
Do'stlaringiz bilan baham: