3-mavzu. Klassik iqtisodiy maktabning to’la shakllanishi. A. Smit va d. Rikardolarning iqtisodiy ta’limotlari reja


K.Marks va F.Engels iqtisodiy g’oyalarining mohiyati


Download 59.15 Kb.
bet10/13
Sana05.02.2023
Hajmi59.15 Kb.
#1167371
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
3-MAVZU

2. K.Marks va F.Engels iqtisodiy g’oyalarining mohiyati

K.Marks(1818-1883) va F.Engels (1820-1895) iqtisodiy g’oyalarning manbaini "klassik iqtisodiy maktab" vakillari (A.Smit va D.Rikardo)ning asarlari tashkil etadi. Chunki klassik maktab vakillarining tadqiqot predmetini ham qiymatining ham qiymatning mehnat nazariyasi, doimiy va o’zgaruvchan kapital, foyda normasining pasayishi qonuni, mehnat unumdorligi to’g’risidagi qoidalar tashkil etadi. "Kapital" asari K.Marks va F.Engels g’oyalarining batafsil majmui hisoblanadi. Asarning birinchi tomi 1867 yilda nashr etilgan. 11 va 111 tomlari esa (1885 va 1894) keyin nashr ettirilgan.


Ikkala olimning iqtisodiy g’oyalari bir-biri bilan chambarchas bog’liq. Masalan, "Anti-Dyuring" asarining iqtisodiy qismida Engels kapitalizmning ashaddiy dushmani sifatida tahlil etadi. Ularning fikricha asosan XVI asrdan manufaktura bilan bog’liq boshlangan kapitalizm ishlab chiqarish vositalariga xususiy mulkchilik va boshboshdoqlik tufayli jamiyatni insonparvarlik va demokratiyadan uzoqlashtiradi. Kapital kategoriyasi ishchiga zolimlik va ishchi kuchiga xukmronlik vositasi ma’nosida talqin qilindi.
Bu ma’noni quyidagi taqqoslashdan ham kuzatish mumkin.

Klassik maktab vakillari va ularning tarafdorlari iqtisodiy g’oyalarida (A.Smit)

Marks va Engels g’oyalari

1.Kapitalizmni tartibga solish mumkin va u taraqqiy eta boradi

1.Kapitalizm qobig’i jamiyatdagi ziddiyatlar va illatlar tufayli portlaydi.

2.Insoniyat ovchilik va baliqchilikning ilk va sodda jamiyatidan oliy jamiyat sari boradigan yo’lni bosib o’tdi

2.Insoniyat tarixi sinflarning to’xtovsiz kurashi zolim va mazlum sinflarning angonistik raqobati hisobiga rivojlanadi.

3.Kapitalizm uzoq vaqt davomida shaxsiy va ijtimoiy manfaatlar uyg’unligini ta’minlaydi.

3.Sinfiy kurash, antogonistik ziddiyatlar ish haqi va foyda o’rtasida qarama-qarshilik kapitalizmni o’zgartiradi va yakson qiladi.

4.Ayrim shaxslar va jamiyat manfaatining mos tushishi-"ko’rinmas qo’l" orqali tartibga solib turiladi.

4.Ishlab chiqarish vositalari markazlashuvi va mehnatning ijtimoiylashuvi kapitalizmni inqilobiy yo’l bilan boshqa jamiyatga o’tishini taqozo etiladi.

5.Xususiy mulkchilik himoya qilinadi.

5.Umumhalq mulki afzal deb hisoblanadi.

Kapitalning organik tuzilishi S(SQU) yoki U(SQU) shaklida ifodalangan. Bunda Ñ-asosiy (doimiy) kapital, U-aylanma (o’zgaruvchan) kapitalni anglatadi. Marks iqtisodiy g’oyalarining asosiy qo’shimcha qiymat nazariyasi tashkil etadi. Bunda S-qo’shimcha qiymat. qo’shimcha qiymatning paydo bo’lishi quyidagicha asoslangan. Kapitalizm ishchi kuchi tovar sifatida sotishga majbur bo’ladi. Bozor ishchi kuchi ma’lum bahoda sotiladi va sotib olinadi.
Marks fikricha yollanma ishchining ishchi kuchiga belgilanadigan baho ish haqqiga teng bo’ladi. Aslida, ishchi kuchi bajargan mehnat natijasida ish haqidan ortiq qiymat yaratiladi. Ishchi kuchi yaratgan qiymat bilan ishchi kuchi bahosi orasidagi farq qo’shimcha qiymatni, ya’ni haq to’lanmagan mehnatni hosil qiladi.
Foyda esa, haq to’lanmagan mehnatning bir qismidan iborat bo’ladi. qo’shimcha qiymat ish soatlarini cho’zish (absolyut) yoki zaruriy ish vaqtini yoki ikki mehnat unumdorligini oshirish (nisbiy hisodga) vujudga kelishi ham bayon etilgan. Marks va Engels g’oyalarida xalq ommasining absolyut va nisbiy qashshoqlashuvi masalasi, bazis va ustqurma, takror ishlab chiqarish xususiyatlari va boshqa iqtisodiy tushunchalar ko’rib chiqilgan. Ularning g’oyalari o’sha davrlardayoq muxoliflar tomonidan (Yu.Volf, V.Leksis, A.Aorisni) qattiq tanqidga uchragan. Marks va Engels g’oyalarining hayotiy emasligi va tajovuzkorligi tasdiqlanganligidan qat’iy nazar, bir qancha olimlar (V.Xeylbroner, L.Turou, M.Blaug) tomonidan o’rganib hozirgi davrda ham dolzarbligi e’tirof etilmoqda.



Download 59.15 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling