3-mavzu. Korxonalarda buxgalteriya hisobini tashkil etish. Reja
Download 107.38 Kb.
|
3 MAVZU KORXONALARDA BUXGALTERIYA HISOBINI TASHKIL ETISH 1
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1.Korxona hisob siyosatining mohiyati va asosiy parametrlari
3-MAVZU. KORXONALARDA BUXGALTERIYA HISOBINI TASHKIL ETISH. Reja: Korxona hisob siyosatining mohiyati va asosiy parametrlari Korxonalarda buxgalteriya hisobini tashkil etishning o’ziga xos xususiyatlari Buxgalteriya hisobining me’yoriy huquqiy ta’minoti 1.Korxona hisob siyosatining mohiyati va asosiy parametrlari O’zbekiston Respublikasi korxonalarida hisob siyosati O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan 1998 yil 26 iyulda N 17-17/86 raqam bilan tasdiqlangan 1-sonli “Hisob siyosati va moliyaviy hisobot” nomli buxgalteriya hisobi milliy standarti bilan tartibga solinadi. Mazkur standart xo’jalik yurituvchi sub’yektning turli hisobot davrlaridagi moliyaviy hisobotlari, shuningdek turli xo’jalik yurituvchi sub’yektlarning moliyaviy hisobotlari qiyoslanishini ta’minlash maqsadida xo’jalik yurituvchi sub’yekt moliyaviy hisobotini shakllantirish va tuzish uchun asoslarni belgilab beradi. Standartda hisob siyosati deganda xo’jalik yurituvchi sub’yektning rahbari buxgalteriya hisobini yuritish va moliyaviy hisobot tuzish uchun qabul qiladigan usullarning yig’masi tushuniladi, moliyaviy hisobot shu usullarga muvofiq va ularning qoidalari va asoslariga muvofiq ravishda tuziladi. Buxgalteriya hisobini guruhlarga ajratish va xo’jalik faoliyati faktlariga baho berish, aktivlar qiymatini to’lash, hujjatlar aylanmasini, mol-mulkni ro’yxatga olishni tashkil etish usullari, buxgalteriya hisobida hisobotlarni qo’llanish usullari, hisob registrlari tizimi, axborotlarni ishlab chiqish va o’zga tegishli usullar, uslubiyatlar buxgalteriya hisobini yuritish usullariga kiradi. Xo’jalik yurituvchi sub’yektning hisob siyosati sub’yekt rahbari tomonidan xo’jalik yurituvchi sub’yekt faoliyatining turli yillar uchun tuzilgan moliyaviy hisobotda keltiriladigan moliyaviy ko’rsatkichlari bir-biriga qiyoslanadigan bo’lishi uchun 1-sonli “Hisob siyosati va moliyaviy hisobot” nomli buxgalteriya hisobi milliy standarti asosida shakllantiriladi. Moliyaviy hisobot xo’jalik yurituvchi sub’yekt alohida mustaqil xo’jalik yurituvchi sub’yektligi yoki xo’jalik yurituvchi sub’yektlarning jamlangan guruhiga kirishidan qat’i nazar shu xo’jalik yurituvchi sub’yektning ma’lum bir davrdagi faoliyatini ko’rsatuvchi moliyaviy axborotni taqdim etish usulidir. Xo’jalik yurituvchi sub’yektning moliyaviy ahvoli, uning faoliyati ko’rsatkichlari to’grisida hamda pul mablaglarining harakati haqida iqtisodiy qarorlar qabul qilish uchun foydalanuvchilar keng doirasiga zarur bo’lgan axborotni taqdim etish moliyaviy hisobotlar maqsadi hisoblanadi. Moliyaviy hisobotlar, shuningdek xo’jalik yurituvchi sub’yektning rahbariyati tomonidan resurslarni boshqarish natijalarini ko’rsatadi. Moliyaviy hisobotlarda ulardan foydalanuvchilarga pul mablaglari harakati istiqbolini belgilashda, xususan pul mablaglari va ularning ekvivalentlari shakllanishi muddatlari hamda ehtimolligini belgilashda yordam beradigan quyidagi axborotlar bo’lishi kerak: Xo’jalik yurituvchi sub’yekt nazorati ostidagi aktivlar to’grisida (naqd pul mablagi tushumlarining yoki boshqa iqtisodiy manfaatlarning manbai bo’lgan aktivlar to’grisida); Xo’jalik yurituvchi sub’yektning (pul mablaglarining ehtimol tutilgan kamayishi yoki boshqa iqtisodiy manfaat manbalari bo’lgan) majburiyatlari to’grisida; Xo’jalik yurituvchi sub’yektning iqtisodiy resurslariga (sub’yekt egalarining badallari va mulk egalariga to’lovlardan tashqari) o’zgartish kiritadigan taqsimlanmagan foyda to’grisida; Pul mablagining harakati to’grisida (kelgusida pul oqimlarining ehtimol tutilgan harakati ko’rsatkichlari sifatida). Bundan axborot xo’jalik yurituvchi sub’yektning dividendlar va foizlarni to’lash, shuningdek majburiyatlar bo’yicha o’z vaqtida hisob-kitob qilish imkoniyatlarini baholash uchun moliyaviy hisobotdan foydalanuvchilar uchun zarur bo’ladi. Xo’jalik yurituvchi sub’yektning rahbari hisob siyosati qonunlarga mos bo’lishi uchun, shuningdek xo’jalik yurituvchi sub’yektning moliyaviy hisobotini tayyorlash va taqdim etish uchun javobgardir. Mazkur BHMS banklar, byudjet va sugurta tashkilotlarining moliyaviy hisobotni tuzish tartibiga nisbatan amal qilmaydi. Moliyaviy hisobot tarkibi "Buxgalteriya hisobi to’grisida"gi O’zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq yillik moliyaviy hisobot quyidagi hisobotlarning umumiy shakllaridan iborat bo’ladi. 1.Buxgalteriya balansi - 1-shakl; 2. Moliyaviy natijalar to’grisidagi hisobot - 2-shakl; 3. Asosiy vositalar harakati to’grisidagi hisobot - 3-shakl; 4. Pul oqimlari to’grisidagi hisobot - 4-shakl; 5. O’z sarmoyasi to’grisidagi hisobot - 5-shakl; 6. Izohlar, hisob-kitoblar va tushuntirishlar. Davriy (uch oylik) hisobotlar tarkibi yillik hisobotdan hisobotlar shakli sonining kamligi bilan farq qilishi mumkin. Qo’shimcha axborot (izohlar, hisob-kitoblar, tushuntirishlar). Turli xo’jalik yurituvchi sub’yektlar faoliyatining ko’p qirraliligi hisobga olinadi, moliyaviy hisobotlar ulardan foydalanuvchilarni iqtisodiy qarorlar qabul qilish uchun zarur bo’lgan barcha axborot bilan ta’minlay olmaydi, shu sababli yillik moliyaviy hisobotlarga qo’shimcha ravishda ma’muriyat tomonidan tuziladigan moliyaviy sharh kiritiladi, unda xo’jalik yurituvchi sub’yekt moliyaviy faoliyati va moliyaviy holatining asosiy belgilari tushuntirib beriladi va ular duch kelayotgan asosiy noaniqliklar bayon qilinadi. Bu sharhda xo’jalik yurituvchi sub’yektning faoliyati natijalariga, faoliyati qo’llab-quvvatlash va mustahkamlash uchun investitsiya siyosatiga, jumladan joriy davrda, xususan kelgusi davrlarda dividendlar siyosatiga ta’sir qiluvchi asosiy omillar ochib beriladi, ya’ni: 1. Xo’jalik yurituvchi sub’yektni moliyalash manbalari va xatarlarni boshqarish; 2. Xo’jalik yurituvchi sub’yekt ishlab turgan tashqi muhitdagi o’zgarishlar va shu o’zgarishlar munosabati bilan ko’rilgan chora-tadbirlar hamda ularning sub’yekt faoliyatiga ta’siri; 3. Moliyaviy hisobotdan foydalanuvchilar qaror qabul qilishi uchun boshqa muhim axborotlar. Qo’shimcha axborotni taqdim etish - tushuntirishlar, izohlar va hisob-kitoblar - xo’jalik yurituvchi sub’yekt tomonidan maxsus shaklda yoki erkin shaklda taqdim etiladi. 1 yanvardan 31 dekabrgacha bo’lgan kalendar’ yil moliyaviy hisobotning hisobot davri hisoblanadi. Moliyaviy hisobot kalendar’ yildan farqli davr uchun, qonunda ko’zda tutilgan hollarda 1 oy yoki 3 oy uchun tuzilishi mumkin. Hisobot davrining so’nggi kalendar’ kuni moliyaviy hisobotlar uchun hisobot sanasi hisoblanadi. CHunonchi sub’yektning yillik buxgalteriya balansi uchun 31 dekabr’ hisobot sanasi hisoblanadi, moliyaviy natijalar to’grisidagi yillik hisobot uchun 1 yanvardan 31 dekabrgacha bo’lgan davr hisobot davri bo’ladi. Moliyaviy hisobotni taqdim etish. Moliyaviy hisobot quyidagilarga taqdim etiladi: 1. Ta’sis hujjatlariga muvofiq sub’yektning mulk egalariga (davlat mulkini boshqarishga vakolat beradigan organlarga, ishtirokchilarga, muassislarga); 2. Sub’yekt ro’yxatga olingan joydagi davlat soliq xizmati organlariga; 3. Davlat statistika organlariga; 4. Qonunga muvofiq - boshqa organlarga. Xo’jalik yurituvchi sub’yektlar moliyaviy hisobotni hisobot yilidan keyingi 15 fevraldan kechiktirmay topshiradi. Vazirliklar, idoralar, o’zga boshqaruv organlari va ayrim sub’yektlar uchun O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi hisobot taqdim etishning boshqa muddatlarini belgilaydi. Sub’yekt bilan bir shaharda joylashgan mahkamalarga moliyaviy hisobotni taqdim etish vaqti uni amalda tegishli joyga topshirish kuni hisoblanadi, boshqa shahardagilar uchun esa pochta korxonasi shtempelida ko’rsatilgan sana uni jo’natish kuni hisoblanadi. Hisobotni taqdim etish vaqti dam olish kuniga to’gri kelib qolgan hollarda taqdim etish muddati dam olish kunidan keyingi birinchi ish kuniga o’tkaziladi. Hisob siyosatini ochib berish. Moliyaviy hisobotga tushuntirish xatidagi hisob siyosati to’grisidagi bo’lim quyidagilarni bayon qilib berishi kerak: 1. Moliyaviy hisobotni tayyorlash chogida foydalanilgan (foydalanilayotgan) baholash asosi (asoslari); 2. Moliyaviy hisobotlarni aniq tasavvur etishda muhim ahamiyatga ega bo’lgan hisob siyosatining har bir maxsus qismi; 3. Hisob siyosatida biror o’zgarish sodir bo’lganda tushuntirish hisoboti. Moliyaviy hisobotlarni tuzishda foydalaniladigan maxsus hisob siyosatiga qo’shimcha ravishda hisobotdan foydalanuvchilar uchun moliyaviy hisobotlarda foydalaniladigan baholash asosini (asoslarini), ya’ni dastlabki qiymatni, joriy qiymatni, sotish qiymatini, diskont qiymatni va balans qiymatini anglash juda muhimdir. Bu tamoyillar ko’p jihatdan uzluksizlik qoidasiga o’xshash bo’lib, ular moliyaviy hisobotni tuzishning asosini shakllantiradi. Ular ana shu tamoyillardan ba’zi vaziyatlarda baholash asoslarini tanlab olish imkoniyati mavjudligi bilan farq qiladi. Agar moliyaviy hisobotda baholashning bittadan ortiq asosidan foydalanilsa, masalan asosiy vositalarning muayyan turini baholash chogida bitta asosdan foydalanilsa o’lchashning alohida asosi qo’llanilgan aktivlar va majburiyatlar toifasi aks ettirilishini ko’rsatish zarur. Hisobotdan foydalanuvchi uchun hisob siyosatining o’ziga xos jihatlarini ochib berishning ustuvorligini ko’rib chiqish chogida rahbarlar bu holat xo’jalik yurituvchi sub’yektning duch kelishi mumkin bo’lgan xatarlarini va kelgusidagi pul mablagi harakatlarini baholashga imkon berishini e’tiborga olishi lozim. Hisob siyosatini ochib berish quyidagi axborotlarni o’z ichiga oladi, lekin shu axborotlar bilan cheklanib qolmaydi: 1. Foydani aks ettirish: 2. Jamlash tamoyillari; 3. Faoliyat turlari bilan qo’shib olib borish; 4. Birgalikdagi faoliyat; 5. Moddiy va nomoddiy aktivlarning aks etishi va eskirishi (amortizatsiyasi); 6. Jalb etilgan mablag qiymatining sarmoyalanishi va o’zga xarajatlar; 7. Kapital sarflar; 8. Investitsiya mulki; 9. Moliyaviy vositalar va investitsiyalar; 10. Ijara; 11. Tadqiqot va taraqqiyot bilan bogliq xarajatlar; 12. Tovar - moddiy zahiralar; 13. Soliqlar, jumladan muddati kechiktirilgan soliqlar; 14. Zahiralar; 15. Xodimlarni saqlab turish xarajatlari; 16. Xorijiy valyutani o’tkazish; 17. Faoliyat turlarini, jo’grofiy segmentlarni hamda xarajatlarni segmentlar o’rtasida taqsimlash usulini belgilash; 18. Pulning qadrsizlanishini hisobga olish; 19. Hukumat subsidiyalari. Xo’jalik yurituvchi sub’yekt, agar boshqa moliyaviy hisobotlarda ochilmay qolgan bo’lsa, quyidagi axborotlarni ochib ko’rsatishi lozim: 1. Xo’jalik yurituvchi sub’yektning huquqiy shakli, ta’sis etilgan mamlakat va ro’yxatga olingan idoraning yuridik manzili (yoki amaliy faoliyatning manzili ro’yxatga olingan idora manzilidan farq qilsa, amaliy faoliyat joyi aniq ko’rsatiladi); 2. Xo’jalik yurituvchi sub’yektlar asosiy faoliyati operatsiyalari mohiyatining tasviri; 3. Bosh kompaniya yoki guruh bosh kompaniyasining nomi; 4. Xodimlarning ro’yxatdagi o’rtacha soni. Download 107.38 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling