3-mavzu. Korxonalarda buxgalteriya hisobini tashkil etish. Reja


-modda. Buxgalteriya hisobi registrlari


Download 107.38 Kb.
bet9/22
Sana26.02.2023
Hajmi107.38 Kb.
#1232947
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   22
Bog'liq
3 MAVZU KORXONALARDA BUXGALTERIYA HISOBINI TASHKIL ETISH 1

15-modda. Buxgalteriya hisobi registrlari
Buxgalteriya hisobi registrlari ikki yoqlama yozuv usuliga muvofiq yuritiladigan jurnallar, qaydnomalar, kitoblar va tasdiqlangan blankalardan (shakllardan) iboratdir.
Buxgalteriya hisobi registrlari texnika vositalaridan, axborot tizimlaridan va axborot texnologiyalaridan foydalanilgan holda elektron hujjat tarzida yaratilishi, ishlov berilishi va saqlanishi mumkin.
Buxgalteriya hisobi registrlarida boshlang’ich hisob hujjatlaridagi ma’lumotlar tizimlashtirilishi va to’planishi kerak.
Buxgalteriya hisobi registrining majburiy rekvizitlari quyidagilardan iborat:
registrning nomi;
buxgalteriya hisobi sub’yektining nomi;
registrni yuritish boshlangan hamda tugallangan sana va (yoki) registr tuzilgan davr;
xo’jalik operatsiyalarining xronologik va (yoki) tizimli guruhlanishi;
xo’jalik operatsiyalarining o’lchov birligi ko’rsatilgan holda puldagi o’lchov miqdori;
registrni yuritish uchun mas’ul bo’lgan shaxslarning lavozimlari, familiyalari hamda ismi va otasi ismining bosh harflari ko’rsatilgan holdagi imzolari yoki ushbu shaxslarni identifikatsiya qilish uchun zarur bo’lgan boshqa rekvizitlar.
Buxgalteriya hisobi registrlariga tasdiqlanmagan tuzatishlar kiritilishiga yo’l qo’yilmaydi.
LexUZ sharhi
Qarang: «Buxgalterlik hisobida hujjatlar va hujjatlar aylanuvi to’g’risida»gi nizom (ro’yxat raqami 1297, 14.01.2004 y.).
16-modda. Aktivlar va majburiyatlarni inventarizatsiya qilish
Buxgalteriya hisobi va moliyaviy hisobot ma’lumotlarining to’g’riligi hamda ishonchliligi aktivlar va majburiyatlarni majburiy tarzda inventarizatsiyadan o’tkazish orqali tasdiqlanadi. Inventarizatsiya ob’yektlari, uni o’tkazish tartibi va muddatlari inventarizatsiya bo’yicha buxgalteriya hisobi standartida belgilanadi.
LexUZ sharhi
Qarang: O’zbekiston Respublikasi buxgalteriya hisobi Milliy standarti (19-sonli BHMS) «Inventarizatsiyani tashkil etish va o’tkazish» (ro’yxat raqami 833, 02.11.1999 y.).

Download 107.38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling