3-mavzu. Korxonalarda buxgalteriya hisobini tashkil etish. Reja


-modda. Buxgalteriya hisobi ob’yektlari


Download 107.38 Kb.
bet5/22
Sana26.02.2023
Hajmi107.38 Kb.
#1232947
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22
Bog'liq
3 MAVZU KORXONALARDA BUXGALTERIYA HISOBINI TASHKIL ETISH 1

7-modda. Buxgalteriya hisobi ob’yektlari
Aktivlar, majburiyatlar, xususiy kapital, zaxiralar, daromadlar, xarajatlar, foyda, zararlar va ularning harakati bilan bog’liq xo’jalik operatsiyalari buxgalteriya hisobining ob’yektlaridir.
Buxgalteriya hisobi ob’yektlari sintetik va analitik hisoblarda yuritiladi.
8-modda. Sintetik va analitik hisob
Sintetik hisob qonun hujjatlarida belgilanadigan tartibda buxgalteriya hisobi ob’yektlari haqidagi ma’lumotlarni muayyan iqtisodiy belgilari bo’yicha umumlashtirish yo’li bilan amalga oshiriladi.
Analitik hisob buxgalteriya hisobi ob’yektlari haqidagi batafsil buxgalteriya axborotini shakllantirish maqsadida buxgalteriya hisobining sub’yekti tomonidan mustaqil ravishda belgilanadigan tartibda yuritiladi.
9-modda. Buxgalteriya hisobi va hisobotini tartibga solish
Buxgalteriya hisobi va moliyaviy hisobotni tartibga solish, buxgalteriya hisobi standartlarini ishlab chiqish va tasdiqlash O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining zimmasiga yuklatiladi.
LexUZ sharhi
Qo’shimcha ma’lumot uchun qarang: O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 18 martdagi PQ-2847-son qarori bilan tasdiqlangan «O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi haqida»gi nizom.
Buxgalteriya hisobini yuritish qoidalari buxgalteriya hisobi standartlari, shu jumladan kichik tadbirkorlik sub’yektlari uchun soddalashtirilgan buxgalteriya hisobini yuritish standarti bilan belgilanadi.
LexUZ sharhi
Qarang: «Kichik tadbirkorlik sub’yektlari tomonidan buxgalteriya hisobini yuritishning soddalashtirilgan tartibi» Buxgalteriya hisobining milliy standarti (20-sonli BHMS) (ro’yxat raqami 2501, 14.08.2013 y.).
Byudjet tashkilotlarining hamda davlat maqsadli jamg’armalarining buxgalteriya hisobi va moliyaviy hisobotini tartibga solish byudjet hisobi standartlari hamda boshqa qonun hujjatlari asosida amalga oshiriladi.
LexUZ sharhi
Qarang: O’zbekiston Respublikasi Byudjet kodeksining 163-moddasi, «Byudjet tashkilotlarida buxgalteriya hisobi to’g’risida»gi yo’riqnoma (ro’yxat raqami 2169, 22.12.2010 y.).
Banklar va boshqa kredit tashkilotlarining buxgalteriya hisobi hamda hisobotini tartibga solish O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
LexUZ sharhi
Qarang: O’zbekiston Respublikasi «Banklar va bank faoliyati to’g’risida»gi (yangi tahriri)Qonunining 70-moddasi, O’zbekiston Respublikasi «O’zbekiston Respublikasining Markaziy banki to’g’risida»gi (yangi tahriri) Qonunining 61-moddasi.

Download 107.38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling