3-mavzu. Korxonalarda buxgalteriya hisobini tashkil etish. Reja


-modda. Garovni hisobga olish


Download 107.38 Kb.
bet12/22
Sana26.02.2023
Hajmi107.38 Kb.
#1232947
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   22
Bog'liq
3 MAVZU KORXONALARDA BUXGALTERIYA HISOBINI TASHKIL ETISH 1

20-modda. Garovni hisobga olish
O’zining yoki o’zgalarning majburiyatlarini ta’minlash uchun garovga berilgan mol-mulkning qiymati, shu jumladan pul mablag’lari buxgalteriya hisobi sub’yekti tomonidan boshqa aktivlardan alohida hisobga olinadi.
Garovga olingan mol-mulkning qiymati, garov sifatida qabul qilib olingan pul mablag’lari va valyuta boyliklari alohida balansdan tashqari schyotlarda aks ettiriladi.
21-modda. Ichki nazorat
Ichki nazorat buxgalteriya hisobini yuritishda, moliyaviy va boshqa hisobotlarni tuzishda xo’jalik operatsiyalarini amalga oshirishning qonuniyligini, iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiqligini, aktivlarning but saqlanishini ta’minlash, talon-toroj qilish hollari va xatoliklarning oldini olish hamda aniqlash maqsadida buxgalteriya hisobi sub’yektining rahbari tomonidan qabul qilingan hisob siyosati asosida tashkil etilgan chora-tadbirlar tizimidir.
Buxgalteriya hisobi sub’yekti ichki nazoratni tashkil etadi va amalga oshiradi.
22-modda. Moliyaviy hisobot
Moliyaviy hisobot buxgalteriya hisobi sub’yektining hisobot sanasidagi moliyaviy holati, hisobot davridagi faoliyatining moliyaviy natijasi va pul mablag’larining harakati to’g’risidagi tizimlashtirilgan axborotdan iboratdir.
Yillik moliyaviy hisobot quyidagilarni o’z ichiga oladi:
buxgalteriya balansi;
LexUZ sharhi
Qarang: O’zbekiston Respublikasi moliya vazirining 2002 yil 27 dekabrdagi 140-sonli buyrug’i (ro’yxat raqami 1209, 24.01.2003 y.) bilan tasdiqlangan «Buxgalteriya balansi» — 1-shakl, O’zbekiston Respublikasi buxgalteriya hisobi Milliy standarti (1-sonli BHMS) «Hisob siyosati va moliyaviy hisobot»ining (ro’yxat raqami 474, 14.08.1998 y.) 66–81-bandlari va O’zbekiston Respublikasi buxgalteriya hisobi Milliy standarti (15-sonli BHMS) «Buxgalteriya balansi» (ro’yxat raqami 1226, 20.03.2003 y.).
moliyaviy natijalar to’g’risidagi hisobot;
LexUZ sharhi
Qarang: O’zbekiston Respublikasi moliya vazirining 2002 yil 27 dekabrdagi 140-sonli buyrug’i (ro’yxat raqami 1209, 24.01.2003 y.) bilan tasdiqlangan «Moliyaviy natijalar to’g’risida hisobot» — 2-shakl, O’zbekiston Respublikasi buxgalteriya hisobi Milliy standarti (1-sonli BHMS) «Hisob siyosati va moliyaviy hisobot»ning 82–85-bandlari (ro’yxat raqami 474, 14.08.1998 y.) va O’zbekiston Respublikasi buxgalteriya hisobi Milliy standarti (3-sonli BHMS) «Moliyaviy natijalar to’g’risida hisobot» (ro’yxat raqami 484, 26.08.1998 y.).
pul oqimlari haqidagi hisobot;
LexUZ sharhi
Qarang: O’zbekiston Respublikasi moliya vazirining 2002 yil 27 dekabrdagi 140-sonli buyrug’i (ro’yxat raqami 1209, 24.01.2003 y.) bilan tasdiqlangan «Pul mablag’lari oqimlari to’g’risida hisobot» — 4-shakl, O’zbekiston Respublikasi buxgalteriya hisobi Milliy standarti (1-sonli BHMS) «Hisob siyosati va moliyaviy hisobot»ining 87 va 88-bandlari (ro’yxat raqami 474, 14.08.1998 y.) va O’zbekiston Respublikasi buxgalteriya hisobi Milliy standarti (9-sonli BHMS) «Pul mablag’lari oqimlari to’g’risida hisobot» (ro’yxat raqami 519, 04.11.1998 y.).
xususiy kapital to’g’risidagi hisobot;
LexUZ sharhi
Qarang: O’zbekiston Respublikasi moliya vazirining 2002 yil 27 dekabrdagi 140-sonli buyrug’i (ro’yxat raqami 1209, 24.01.2003 y.) bilan tasdiqlangan «Xususiy kapital to’g’risida hisobot» — 5-shakl, O’zbekiston Respublikasi buxgalteriya hisobi Milliy standarti (1-sonli BHMS) «Hisob siyosati va moliyaviy hisobot»ining 89-bandlari (ro’yxat raqami 474, 14.08.1998 y.) va O’zbekiston Respublikasi buxgalteriya hisobi Milliy standarti (14-sonli BHMS) «Xususiy kapital to’g’risida hisobot» (ro’yxat raqami 1335, 07.04.2004 y.).
izohlar, hisob-kitoblar va tushuntirishlar.
LexUZ sharhi
Qarang: O’zbekiston Respublikasi buxgalteriya hisobi Milliy standarti (1-sonli BHMS) «Hisob siyosati va moliyaviy hisobot»ining 90–96-bandlari (ro’yxat raqami 474, 14.08.1998 y.).
Xalqaro standartlar bo’yicha tuziladigan moliyaviy hisobotga doir talablar moliyaviy hisobotning xalqaro standartlarida belgilanadi.
Buxgalteriya hisobi sub’yekti moliyaviy hisobotni tuzishda mustaqil balansga ajratilgan o’z vakolatxonalarining, filiallarining va boshqa tarkibiy bo’linmalarining buxgalteriya balanslarini hamda boshqa hisobot shakllarini kiritishi kerak.
Moliyaviy hisobot hisobot yili boshidan ortib boruvchi yakun bilan tuziladi.
Byudjet tashkilotlarining moliyaviy hisoboti byudjet to’g’risidagi qonun hujjatlariga muvofiq tuziladi va taqdim etiladi.
LexUZ sharhi
Qarang: O’zbekiston Respublikasi Byudjet kodeksining 163-moddasi.
Moliyaviy hisobotning tarkibi va mazmuni O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan belgilanadi.
LexUZ sharhi
Qarang: O’zbekiston Respublikasi moliya vazirining 2002 yil 27 dekabrdagi 140-sonli «Moliyaviy hisobot shakllari va ularni to’ldirish bo’yicha qoidalarni tasdiqlash to’g’risida»gi buyrug’i (ro’yxat raqami 1209, 24.01.2003 y.).
Banklar va boshqa kredit tashkilotlari moliyaviy hisobotining tarkibi hamda mazmuni O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan belgilanadi.
LexUZ sharhi
Qarang: O’zbekiston Respublikasi «Banklar va bank faoliyati to’g’risida»gi (yangi tahriri) Qonunining 70-moddasi, O’zbekiston Respublikasi «O’zbekiston Respublikasining markaziy banki to’g’risida»gi (yangi tahriri) Qonunining 61-moddasi.
LexUZ sharhi
SHuningdek, qarang: «Moliyaviy hisobotni tayyorlash va taqdim etish uchun konseptual asos» (ro’yxat raqami 475, 14.08.1998 y.).

Download 107.38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling