3-mavzu. Korxonalarda buxgalteriya hisobini tashkil etish. Reja


-modda. Tugatish chog’idagi moliyaviy hisobot


Download 107.38 Kb.
bet15/22
Sana26.02.2023
Hajmi107.38 Kb.
#1232947
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   22
Bog'liq
3 MAVZU KORXONALARDA BUXGALTERIYA HISOBINI TASHKIL ETISH 1

27-modda. Tugatish chog’idagi moliyaviy hisobot
Xo’jalik yurituvchi sub’yektni tugatish chog’ida yakuniy moliyaviy hisobot tuziladi.
Tugatish bo’yicha operatsiyalarni hisobga olish, tugatish balansini va hisobotni tuzish, aktivlar qiymatini aniqlash yuzasidan javobgarlik tugatish komissiyasining (tugatuvchining) zimmasiga yuklatiladi.
Umidsiz qarzlar va zararlar tugatish balansiga kiritilmaydi.
Tugatish balansida majburiyatlar uni tuzish sanasida hisoblangan foizlari bilan aks ettiriladi.
LexUZ sharhi
Qarang: «Tugatilayotgan korxonaning mol-mulki va majburiyatlarini inventarlashni tashkil etish va qiymatini aniqlash bo’yicha yo’riqnoma» (ro’yxat raqami 887, 03.02.2000 y.).
28-modda. Buxgalteriya axborotining maxfiyligi
Buxgalteriya hisobini yuritishda maxfiylikka rioya qilinadi. Buxgalteriya hisobi registrlarining mazmuni bilan tanishishga buxgalteriya hisobi sub’yekti rahbarining ruxsatiga ko’ra yoki qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda yo’l qo’yiladi.
Buxgalteriya hisobi registrlari bilan tanishishga ruxsat olgan shaxslar maxfiylikni saqlashi shart. Maxfiylikni buzganlik qonunda belgilangan tartibda javobgarlikka sabab bo’ladi.
LexUZ sharhi
Qarang: O’zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 191-moddasi.
29-modda. Buxgalteriya hujjatlarini saqlash
Boshlang’ich hisob hujjatlari, buxgalteriya hisobi registrlari, moliyaviy hisobot va boshqa hisobotlar, shuningdek buxgalteriya hisobini tashkil etish hamda yuritish bilan bog’liq boshqa hujjatlar qonun hujjatlarida belgilangan muddatlar mobaynida, biroq hisobot yilidan keyin kamida besh yil buxgalteriya hisobi sub’yekti tomonidan saqlanadi.
LexUZ sharhi
Qarang: «Buxgalterlik hisobida hujjatlar va hujjatlar aylanuvi to’g’risida»gi nizomning (ro’yxat raqami 1297, 14.01.2004 y.) 25–27-bandlari.
Buxgalteriya hujjatlarini olib qo’yish qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
LexUZ sharhi
Qarang: O’zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining 157–168-moddalari va O’zbekiston Respublikasi moliya vazirining buyrug’i bilan tasdiqlangan «Buxgalterlik hisobida hujjatlar va hujjatlar aylanuvi to’g’risidagi nizom»ning (ro’yxat raqami 1297, 14.01.2004 y.) 28-bandi.

Download 107.38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling