3-mavzu: Ma’naviyat, ruhiyat, madaniyat Reja
partiyalarning, ular tuzgan tashkilotlarning, ommaviy axborot vositalarining
Download 397.83 Kb. Pdf ko'rish
|
маънавият маъруза-3
partiyalarning, ular tuzgan tashkilotlarning, ommaviy axborot vositalarining faoliyati insonparvarlik, xalqchillik, taraqqiyparvarlik tamoyillariga mos bo‘lishi yoki, aksincha, mutaassiblikka moyil, reaksion, shovinistik bo‘lishi, yoxud insonparvarlikka, ezgulikka zid kelishi mumkin. Ma’naviyat keng ma’nodagi siyosiy madaniyatga bevosita belgilovchi ta’sir ko‘rsatadi. Siyosiy madaniyat manaviyatning mavjudlik shakllaridan biridir. Ushbu ma’noda ma’naviyat jamiyat ijtimoiy va siyosiy hayotining ko‘p xususiyatlarini, qiyofasini, milliy va umuminsoniy g‘oyaviy mazmunini, ijtimoiy ideallari va mo‘ljallarini aniqlab beradi. Ma’naviyat keng ma’noda siyosiy faollikda, iqtisodiy va ijtimoiy hayotning tashkillashishida namoyon bo‘ladi. Ular o‘z navbatida ma’naviyatning xususiyatlarini belgilaydi. An’anaviy va totalitar jamiyatlarda iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy hayot qat’iy me’yorlashadi, ularga erkinlik yetishmaydi. Agar an’anaviy jamiyatda o‘tmishdan kelayotgan, o‘zgarmas qadriyatlar, urf-odatlar erkinlikni cheklasa, totalitar jamiyatda bu ishni davlat idoralari, huquqiy me’yorlar, yalpi nazorat, davlat bilan qo‘shilib ketgan jamoat institutlari, hatto «dumaloq xat» yozishni odat qilib olgan fuqarolarning bir qismi bajaradi. Har ikki jamiyatda ham rasmiy siyosiy mafkura iqtisodiyotni, ma’naviy hayotni qattiq nazorat qiladi. Iqtisodiyot va ma’naviyat erkin rivojlanishi uchun siyosiy tuzum demokratik bo‘lishi, jamiyatda qonun ustuvorligi va hammaga birday majburiyligi ta’minlanishi lozim. Iqtisodiyot va ma’naviyatning erkin rivojlanishi esa siyosiy tuzumning yanada demokratlashuviga, huquqiy davlat shakllanishiga, yuksalishiga aks ta’sir ko‘rsatadi. Demokratik, huquqiy davlatda birorta sinfning, siyosiy partiyaning, diniy konfessiyaning, oqimning yoki mazhabning mafkurasi rasmiy davlat mafkurasi sifatida o‘rnatilishi mumkin emas. Chunki rasmiy mafkura boshqa mafkuralarni siqib chiqarishga harakat qiladi va hurfikrlilikka, g‘oyalar raqobatiga, bahsiga putur yetkazadi. Bu esa, oxir-oqibatda, dogmatizmga va mutaassiblikka yo‘l ochadi, iqtisodiy va ma’naviy turg‘unlikni, inqirozni keltirib chiqaradi. Boshqacha fikr yuritadiganlarning ijtimoiy mavqelaridan, egallagan lavozimlaridan qat’i nazar, faoliyati cheklanadi, ular turli taqiqlarga, tazyiqlarga uchraydi. Bu ham kamlik qilsa, ular ta’qib qilinadi, ozodlikdan, hatto hayotidan mahrum etiladi. O‘tmishda Ulug‘bek va Nodirabegim, sovet davrida Stalin qatag‘onlariga mahkum bo‘lgan minglab vatandoshlarimiz — adiblarimiz, ziyolilarimiz, davlat arboblarimizning qismatlari bunga misoldir. Rasmiy mafkura hukmron bo‘lib, erkinlik yo‘q qilingan joyda asta-sekin ma’naviy rivojlanish to‘xtaydi. Ma’naviy rivojlanish to‘xtagan joyda iqtisodiy yangilanish, ijtimoiy taraqqiyot yuz bermaydi. Hatto jamiyat o‘zining ilgari erishgan taraqqiyot darajasini saqlab qololmaydi. Inqirozga uchrab, keskin orqaga ketadi. Xalqimizning achchiq tajribasi buni uzoq o‘tmishda va mustabidlik davrida ko‘p marta isbotlagan. Shu bois O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 12- moddasi hech qaysi mafkura davlat mafkurasi sifatida o‘rnatilishi mumkin emasligini, ijtimoiy hayot, siyosiy institutlar mafkuralar va fikrlarning xilma-xilligi asosida rivojlanishini mustahkamlab qo‘yibdi. Demokratiyaning, ijtimoiy taraqqiyotning ijodkori, amalga oshiruvchisi insondir. Demokratiya — nafaqat xalq hokimiyati, shuningdek, xalqning mamlakat kelajagi, o‘z taqdiri oldidagi mas’uliyati hamdir. Demokratiyani oxlokratiyadan (oxlos-to‘da, olomon) olomon hokimiyatidan, turli guruxlarning o‘zboshimchaligidan, boshboshdoqligidan, tartib-qoidalarni, qonunni pisand qilmasdan, hokimiyat idoralariga noo‘rin talablar qo‘yishidan, tazyiq o‘tkazishidan farq qilish lozim. Demokratiyaning oxlokratiyaga va anarxiyaga hech qanday aloqasi yo‘q. Demokratiya rivojlanishi huquqiy davlat vujudga kelishining muhim sharti va vositasidir. Huquqiy davlat jamiyatning shunday siyosiy tashkilotidirki, unda demokratik me’yorlar, inson xuquqlari, qonunning barchaga birdayligi va barcha uchun majburiyligi arkoniy tamoyilga, davlat tuzumining asl tayanchiga aylanadi. Huquqiy davlatda hokimiyat tarmoklari bir-birlaridan ajratiladi va mustaqil bo‘ladi. Hokimiyat tarmoqlari faqat Konstitutsiya va qonunlarga tayanib ish tutadi. Ularning o‘zaro munosabatlari va hamkorlik mexanizmi Konstitutsiya va qonunlar orqali belgilab kuyiladi. Hokimiyat tarmoqlarini birlashtiruvchi negiz — bu umummilliy manfaatga xizmat qilishdir. Mafkuraviy shaklda esa u milliy g‘oya sifatida hokimiyat tarmoqlarini birlashtiruvchi asos bo‘lishi mumkin: «Uchta hokimiyat tarmog‘ini birlashtiradigan narsa — bu milliy g‘oya». 2 Huquqiy davlatda jismoniy va yuridik shaxslar manfaatlarini qonun kafolatlaydi va qattiq himoya qiladi. Hech kim, hatto davlat hokimiyati ham ularning ichki ishlariga noqonuniy aralashishga haqli emas. Ular o‘z muammolarini qonun doirasida yechadilar. Shu bois ularning turli amaldorlar, nazorat idoralarining himmatiga yoki injiqligiga, tamagirligi va poraxo‘rligiga qaram bo‘lmasliklarini davlat ta’minlashi kerak. Jismoniy va yuridik shaxslar o‘zlariga nisbatan sodir etilgan noqonuniy xatti-harakat, tazyiq uchun istagan mansabdorni, tashkilotni, davlat idorasini sudga berishlari mumkin. Huquqiy davlatning muhim arkoniy tamoyillaridan biri bu inson huquqlarining davlat huquqidan, xalqaro huquqning milliy huquqdan ustuvorligidir. Davlat chiqargan qonunlar xalqaro huquq me’yorlariga, umuminsoniy, umumbashariy qadriyatlarga mos bo‘lishi lozim. (Bu yerda gap qaysi qonunlarga buysunish ustida ketayotgani yo‘q. Har bir davlat o‘zga qonunlar emas, o‘z qonunlari asosida faoliyat ko‘rsatadi. Gap qonun yaratish tamoyillari, talablari ustida ketyapti, ya’ni shunday qonunlar qabul qilish lozimki, ular umumtanolingan xalqaro 2 Ислом Каримов. Бизнинг бош мақсадимиз – жамиятни демократлаштириш ва янгилаш, мамлакатни модернизация ва ислоҳ этишдир. Т. “Ўзбекистон”, 2005 й., 128-б me’yorlarga zid kelmasin.) Faqat ma’naviyati yuksak, umuminsoniy qadriyatlar bilan boyigan mamlakatlarda bunday huquqiy amaliyot qaror topadi. Milliy mahdudlikka moyil, milliy manmanlikka berilgan, mutaassib va tajovuzkor mafkurani qurol qilib olgan mamlakat xalqaro huquq me’yorlarini, inson huquqlarini u yoki bu darajada inkor etadi, millatchilik domiga tushib qoladi. Bunday davlatda demokratiya rivojlanmaydi. Huquq me’erlari va mehnat intizomi zo‘ravonlik yordamida ta’minlanadi. Huquqiy davlatda qonunga itoatguylik, mehnat intizomi shaxs madaniyatining ajralmas qismiga, e’tiqodga, axloqiy mo‘ljalga aylanadi. Demokratiya huquqiy davlatning uzviy xossasi, vujudga kelishining asosiy sharti va vositasi bo‘lsa, huquqiy davlat demokratiya yanada yuksalishi, o‘sishi va mustahkamlanishining omilidir. Huquqiy davlat qaror topgan joyda demokratik institutlar mustaqil faoliyat ko‘rsatishi uchun, alohida shaxsning va butun jamiyatning yaratuvchilik, ijodkorlik salohiyati, iqtisodiy va siyosiy tashabbuskorligi yuzaga chiqishi uchun barcha zarur imkoniyatlar vujudga keladi va ular ob’ektiv ravishda yuksalib boraveradi. Bu yuksalish yo‘lida sun’iy to‘siq paydo bo‘lsa, tezgina qonun doirasida bartaraf qilinadi. Demokratiya, shaxs va jamiyat rivojlanishi uchun zarur imkoniyat yaratish huquqiy davlatning muhim xususiyatlaridan, mohiyatli belgilaridan biridir. Aynan huquqiy davlatda qarashlar, mafkuralar plyuralizmi kafolatlanadi. Ammo ong tolerantligini, fikrlar va mafkuralar plyuralizmi tushunchasini mutlaqlashtirib, ularga formal yondashib bo‘lmaydi. Agar muayyan mafkura asoslari boshdanoq g‘ayriinsoniylik, fashizm yoki shaytanatga aloqador bo‘lib, terror va zo‘ravonlikka chorlasa, jamiyat bunga ko‘z yumib, so‘z va qarashlar erkinligi deb hisoblashi kerakmi? Albatta, yo‘q. Shu boisdan ko‘pchilik davlatlarning huquqiy hujjatlarida qonuniy yo‘l bilan saylangan hukumatni zo‘ravonlik yordamida ag‘darib tashlashga da’vat etishni taqiqlovchi me’yorlar mavjud. Muayyan tashkilotlar faoliyatini, fuqarolarning xatti-harakatlarini baholashda, turli muammolarni hal qilishda ko‘p narsa amaldorning aql-zakovatiga, dunyoqarashi va halolligiga bog‘liq. Inson omilini to‘la istisno qilib bo‘lmasa-da, amaldor sub’ektivizmini cheklaydigan tizim yaratish kerak. Mustaqil O‘zbekiston shu yo‘ldan bormoqda. Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov ta’kidlaganidek: «Bu yerda gap mamlakatimizda demokratiya tamoyillariga asoslangan, avvalo, amaldagi Konstitutsiya va qonunlarga muvofiq faoliyat yuritadigan, hech qanday mansabdorlar, hatto eng ko‘zga ko‘ringan vazifada o‘tirgan shaxslarning ham sub’ektiv xohish-irodasiga qaram bo‘lmasdan, ishni barqaror va faol tashkil qiladigan, o‘z mohiyatiga ko‘ra jamiyatimizning olg‘a siljishiga xalaqit berayotgan barcha illat va eski asoratlarni bartaraf etishga qurbi yetadigan samarali tizimni vujudga keltirish haqida bormoqda» 3 . Bu tizim demokratik huquqiy davlat va fuqarolik jamiyatidir. Aynan shunday tizimda ijtimoiy guruhlar, tabaqalar, qatlamlar, sinflarning manfaatlari, jamiyatda egallaydigan mavqelari, ijtimoiy jarayonga ta’sir ko‘rsata olish imkoniyatlari dinamik (harakatchan) muvozanatga keladi, o‘zini o‘zi tartibga soladi. Buning uchun unga tashki tazyiq, ta’sir ko‘rsatish yoki kuch ishlatib ichki inqilobiy o‘zgarish qilish shart emas. Bunday tizimning yangi sifat kasb etishi tadrijiy-tabiiy rivojlanish negizida kechadi. Mahalliychilik, urug‘-aymoqchilik, guruhbozlik avj olgan, siyosiy partiyalar kurashi murosaguylikni, kelishuvchilikni bilmay, salbiy xususiyat kasb etgan mamlakatda haqiqiy demokratiya vujudga kelmaydi. Ushbu munosabat bilan demokratiya – bu siyosiy partiyalarning parlamentdagi konsensusi (kelishuvi) va bir-biriga nisbatan yaratuvchanlik ruhidagi muxolifligidir deyish mumkin. Jamiyat miqyosida esa turli ijtimoiy qatlamlarning muhim masalalarni hal qilishda sherikligidir. Demak, milliy mushtaraklik, jipslik mustahkamlanishi, haqiqiy demokratiya rivojlanishi uchun mahalliychilik, urug‘-aymoqchilik va shular kabi boshqa illatlardan qutilish, umummilliy manfaatlarni tor sinfiy, tabaqaviy, mintaqaviy, partiyaviy manfaatlaridan ustun qo‘ya bilish, ularni o‘zaro moslashtira olish zarur. Bu jamiyatda yuksak ma’naviyatni shakllantirish uchun muayyan manaviy-ma’rifiy, tarbiyaviy ishlar olib borishni, umummilliy qadriyatlarni mustahkamlashni, umummilliy g‘oyani shakllantirishni taqozo etadi. 3 Ислом Каримов. Озод ва обод Ватан, эркин ва фаровон ҳаёт – пировард мақсадимиз. Т.2000, 11-12 бетлар Siyosiy partiyalarning, sinflar va yirik ijtimoiy guruhlar, tabaqalarning mafkurasi bir-biridan farq qiladi. Jamiyat miqyosida ularning har birini xususiylik deb, milliy g‘oyani esa ulardagi umumiylik, mushtaraklik deb baholash lozim. Milliy g‘oya avvalo milliy konsolidatsiyaga xizmat qiladi, u sinfiy va tabaqaviy manfaatlardan ustun. U turli g‘arazli geosiyosiy manfaatlarni ko‘zlagan tashki kuchlarning, milliy jipslikka putur yetkazishga qaratilgan diniy-ekstremistik, separatistik (ayirmachilik), soxta demokratiya va inson huquqlari g‘oyalari bilan niqoblangan mafkuraviy xurujlariga qarshi turadi. Haqiqiy milliy g‘oya tor sinfiy va tabaqaviy manfaatlardan ustun bo‘lgani uchun fuqarolik jamiyati mustahkamlanishiga xizmat qiladi. Shu bois Ozod va obod Vatanda, erkin va farovon hayot barpo etish g‘oyasini shartli ravishda O‘zbekistonda shakllanayotgan fuqarolik jamiyati mafkurasining o‘zagi, deyish mumkin. Haqiqiy demokratiyaning xususiyatlaridan yana biri davlatning (parlament va hukumatning) ozchilik manfaatlarini, xohish-irodasini inobatga olishi va qondirishidir. Bunday demokratiya siyosiy madaniyat va umuman ma’naviyat ancha yuksalgan, huquqiy davlat qaror topgan sharoitda yaqqol namoyon bo‘ladi. Ta’kidlash joizki, demokratiyaning, huquqiy davlatning umum e’tirof etilgan tamoyillari, meyorlari mavjud bo‘lsada, yagona universal shakli yo‘q va bo‘lishi mumkin emas. Chunki har bir xalqning, mamlakatning noyob takrorlanmas o‘tmishi, tarixi, o‘ziga xos tabiati, yashash sharoiti, madaniyati, ijtimoiy hayoti, turli-tuman muammolari bor. Mutlaq bir xil ikki insonni topish mumkin bo‘lmaganidek, mutlaq bir xil bo‘lgan ikki xalq, ikki davlat yo‘q. Huquq, huquqiy ong, qonunlarga itoatguylik, milliy g‘oya va mafkura, turli siyosiy partiyalar mafkurasi, fuqarolar intizomi, dunyoqarashi, psixologiyasi, ijtimoiy faolligi, siyosiy madaniyati ma’naviyatning tarkibiy qismlari ekanini hisobga olsak, ma’naviyatning jamiyat hayotidagi, iqtisodiyot va ijtimoiy-siyosiy sohalaridagi roli va ahamiyati ancha oydinlashib qoladi. Ma’naviyat shunday qilib yangicha iqtisodiy tafakkurdan, yuksak siyosiy va huquqiy madaniyatni tarbiyalashdagi ahamiyati bilan iqtisodiyotga ham siyosatga ham ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Jamiyat hayotining uchinchi sohasi siyosatdan tashqari, urf – odatlar, millatlararo va dinlararo munosabatlardan ham tashkil topadi. Urf – odatlarni zamon ruhiga va talablariga mos takomillashtirish jamiyat rivojlanishi uchun juda muhim ahamiyatga ega. Urf – odatlar takomillashmasa, qotib qolsa, ular avtoritar mazmun kasb etadi. Har qanday yangilikni inkor etib, jamiyat taraqqiyotini yopiq aylana bo‘ylab yo‘naltiradi, ya’ni olg‘a siljitmay, faqat o‘z – o‘zini takrorlashga mahkum etadi. Bunday jamiyat an’anviy jamiyat deb ataladi. Biz keyinroq ushbu masalaga alohida mavzu bag‘ishlaymiz. Urf – odatlarning rivojlanishi taraqqiyot talablariga moslashishi ma’naviy ongning, xususan axloqiy, diniy, estetik ong shakllarining ham kundalik ong darajasida, ham nazariy ong darajasida yuksalishiga bog‘liq. Unda o‘datlar aslida asosan axloqiy ongning, undagi tegishli me’yorlar, qoidalarning predmetlashuvi natijasidir. Zamon o‘tishi, yangilanishi, jamiyat hayoti shaklan va mazmunan boyishi tufayli urf – odatlar asosida yotgan ba’zi me’yorlar, qoidalar eskiradi. Ularni yangilash urf-odatlarni yangilashga olib keladi. Biroq ayrim hollarda jamiyatning ba’zi qatlamlari, ko‘pincha obro‘-e’tibori kuchli katta avlodi, diniy arboblari eskirgan urf – odatlarga qattiq yopishib oladi. Ular ota – bobolarimizdan qolgan qadriyatlar. “Ajdodlarimiz ularga rioya qilib, kam bo‘lmagan, biz ham kam bo‘lmaymiz” degan vajlar keltiradi. Urf-odatlar ma’naviy madaniyatning shakli sifatida birinchi galda ma’naviyat doirasida tizimning(sistemaning) qismi o‘laroq rivojlanadi. Ko‘pmillatli, ko‘pkonfessiyali mamlakatlarda ijtimoiy – siyosiy barqarorlik, millatlararo va dinlararo munosabatlar to‘g‘ri yo‘lga qo‘yilishiga bog‘liq. Ushbu masalada avvalombor adolatli siyosat yuritilishi, tenghuquqlilik ta’minlanishi lozim. Millatlar o‘rtasida o‘zaro hurmat, muloqot va hamkorlik munosabatlari qaror topishi zarur. Buning uchuchn eng avvalo, bag‘rikenglik(tolerantlik) tamoyili odamlar ongida hukmronlik qilishi kerak. Agar tolerantlik, ijtimoiy adolat tamoyillari odamlar ongida ustunlik qilmasa, ddavlatning bu boradagi yaxshi siyosati ham, ijodkor ziyolilarning chaqiriqlari ham katta samara bermaydi. Maishiy hayot darajasida millatchilik, o‘zgalarni kamsitish, bir – biriga ishonmaslik va begonalashish kuchayib boraveradi. Ayonlashmoqdaki, ma’naviyat yuksalishi ko‘pmillatli mamlakat hayotini siyosiy va iqtisodiy jihatdan barqarorlashtirish, turli millatlarni jipslashtiruvchi, bir-biridan o‘rganib, yanada baland dovonlardan oshishiga yordam beruvchi omildir. Ushbu xulosa alohida olingan etnoslarning, ayniqsa yoki millatlarning jipsligini mustahkamlab, yuksalishiga ham taaluqlidir. Tarixiy birlikning elat shaklidan yuqoriroq millat shakliga nisbatan yaqinda yaqin bir asr mobaynida o‘tgan etnoslarda qarindosh – urug‘chilik, millatchilik, ayirmachilik va shunga o‘xshash illatlar ko‘proq saqlanib qoladi. Ba’zan manfaatdor shaxs uchun o‘z qarindosh – urug‘i, yirik obro‘li shaxs iltimosi davlat va jamiyat manfaatidan ustun turadi. Bunday holat ko‘pincha boshqa illatlarni, aytaylik poraxo‘rlik va korrupsiyani keltirib chiqaradi. o‘tmish sarqitlaridan qutilish, milliy o‘zlikni anglashni yangi sifat bosqichiga ko‘tarish, ayni paytda o‘tmishning asl qadriyatlarini saqlab qolish ma’naviyat yuksalishiga bevosita borib taqaladi. Bu yerda masala faqat mahalliychilik va urug‘ – aymoqchilik kabi kamchiliklardan qutilish haqidagina ketayotgani yo‘q. Ko‘pincha yosh mamlakatlar katta sur’atlar bilan rivojlanib, umuminsoniy yutuqlarni o‘zlashtirayotganda, o‘zlarining tiliga, milliy-madaniy merosiga yetarlicha e’tibor qaratmaydi. Milliy nigilizm kuchayadi. Bu ba’zi bir qoloq urf – odatlar va me’yorlarga qattiq yopishib olishga nisbatan kam xavf tug‘dirmaydi. Chunki milliy ildizlarni zaiflashtiradi. Oqibatda bunday xalq asta – sekin milliy identligini yo‘qotib, boshqa xalqlarga assimilyatsiya bo‘lib ketishi mumkin. Demak, ma’naviyatni yuksaltirishga juda diqqat bilan ilmiy yondashish talab etiladi. Ushbu masalad miliylik va umuminsoniylik optimal darajada uyg‘unlashtirilishi, jahonning ilg‘or yutuqlarini o‘zlashtirish qatorida asl milliy qadriyatlarni esdan chiqarmaslik, ularni boyitib, zamonga moslashtirib borish lozim. Ma’naviyatning siyosat va ijtimoiy hayotning nisbatan mustaqil sohalari bilan o‘zaro aloqalari va nisbatini kelgusi mavzularda batafsilroq tahlil qilamiz. Lekin ma’naviyat va iqtisodiyot munosabatlarini navbatdagi mavzuda ko‘rib chiqish maqsadga muvofiq. Download 397.83 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling