3-mavzu: Ma’naviyat, ruhiyat, madaniyat Reja


Download 397.83 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/3
Sana18.06.2023
Hajmi397.83 Kb.
#1559425
1   2   3
Bog'liq
маънавият маъруза-3

iqtisodiyot va texnologiya haqida qayg‘urilsa, inson o‘z ayniyatini yo‘qotadi. Uni 
iqtisodiyotning oddiy murvatiga aylantirib qo‘yadigan texnokratik jamiyat qaror 
topish ehtimoli kuchayadi.
Ma’naviyat ijtimoiy turmushning barcha sohalariga ta’sir ko‘rsatadi. 
Jamiyatning siyosiy hayoti bundan istisno emas. Fuqarolarning hokimiyatga, siyosiy 
partiyalarga munosabatlari, jamoat tashkilotlarining o‘zaro va davlat bilan 
munosabatlari, fuqarolar erkinliklari ma’lum huquqiy makonda kechadi. Lekin 
ularning qanday tamoyillarga asoslanishi, fuqarolik huquqlarining qay darajada 
ta’minlanishi nafaqat Konstitutsiyaga, huquqiy me’yorlarning demokratik 
xarakteriga, ayni paytda jamiyatning siyosiy madaniyatiga, undagi ma’naviy 
muhitga ham bog‘liq. Qonunga rioya etish-ku bevosita jamiyat a’zolarining ijtimoiy 
va maishiy xulq-atvori, ongi va idorasining yuzaga chiqishidir. Agar eng yaxshi, 
taraqqiyparvar qonunga jamiyat a’zolarining aksariyati rioya qilmasa, undan foyda 
kam bo‘ladi. 
Fuqarolarning huquqiy va siyosiy ongi, tolerantligi, qonunga itoatgo‘yligi, 
turli davlat va jamoat tashkilotlari ishida, jamiyatda sodir bulayotgan jarayonlarda 
faol ishtirok etishi, bu jarayonlarga hamda hokimiyat va partiyalar siyosatiga, 
ijtimoiy institutlar ishiga o‘z munosabatlarini bildirish orqali ta’sir etishi «siyosiy 
madaniyat» degan tushunchani tashkil etadi. Siyosiy madaniyat birinchi galda 
ongga, dunyoqarashga, fuqarolarning o‘z manfaatlarini va burchlarini, haq-
huquqlarini 
anglab, 
jamiyat 
manfaatlari 
bilan 
uyg‘unlashtira olishiga, 


vatanparvarligiga, qay darajada erkin va ijodiy fikr yurita olishiga, mas’ullikni his 
qilishiga, xullas, fuqaroviy va ma’naviy yetukligiga bog‘liq. 
Siyosiy madaniyat faqat fuqarolargagina oid hodisa emas. U, bir tomondan, 
turli ijtimoiy guruhlarga, tabaqalarga, sinflarga, butun jamiyat a’zolariga, ikkinchi 
tomondan – eng mayda jamoat tashkilotlari, ommaviy axborot vositalari faoliyatidan 
tortib, yirik siyosiy partiyalar va davlat idoralari faoliyatigacha taalluqli hodisa. 
Siyosiy madaniyat, shuningdek, qonun chiqaruvchining (parlamentning), qonun 
loyihalarini taklif qiluvchi tashabbuskorlarning, ijtimoiy institutlarning saviyasi, 
professionallik yetukligini o‘z ichiga oladi. Turli ijtimoiy guruhlarning, siyosiy 
Download 397.83 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling