7.4-rasm. GISning tadqiqot uslubllari
Geografiya: – GIS asosida geografiya tabiiy va ijtimoiy-iqtisodiy hodisalar,
ularning
kelib chiqishi, o‘zaro bog‘liqligi va er yuzida tarqalishi mohiyatini
tushuntiradi; uzoq muddatli fazoviy tahlil tajribasiga asoslanib, ularni tadqiq qilish
metodlarini amalga oshirish imkonini yaratadi; har qanday tadqiqot va qarashlarga
GIS fazoviy ѐndashish kerakligini ta’kidlaydi; - geografiya fani o‘z oldida turgan
vazifalarini echishda GISdan foydalanib, juda zarur bo‘lgan
kuchli metodik
qurolga ega bo‘ladi.
Kartografiya: - hozirgi vaqtda GISga kiritilaѐtgan asosiy manbalar -
kartalar va tasvirlanadigan asosiy ma’lumotlar ham kartalarda bo‘lib hisoblanadi; -
kompyuter grafikasi esa kartografik manbalarni raqamli baѐn etishga o‘z usullarini
taqdim etadi; - kartografiya GISdan foydalanish mobaynida ixtiѐriy kartografik
mahsulotlarni yaratish uchun kuchli vosita va juda katta hajmdagi qurilmalarga ega
bo‘ladi.
Masofadan turib zondlash: – samolѐt ѐki
boshqa vositalardan olingan
suratlar GIS uchun asosiy geografik ma’lumotlar manbai bo‘lib hisoblanadi; -
masofadan turib olingan zondlash materiallari deshifrovka qilingach,
GISning
boshqa turdagi ma’lumotlari qatlamlari bilan osongina birlashtiriladi; - rasmlar
orqali taxlil ishlarini GISning o‘ta murakkab analitik funksiyalari ѐrdamida
bajariladi.
Geodeziya: - Erda olib borilgan plan olish natijasidan
yuqori aniqlikdagi
topografik karta, u asosida esa ko‘plab mavzuli kartalarni tuzish imkoni yaratiladi;
- Erning va boshqa planetalarning shakli va o‘lchamlari haqida sifatli ma’lumotlar
olishni, er yuzasidagi tayanch nuqtalarni aniqlash metodlarini ishlab chiqishni,
erlardan foydalanishda ekin turlari chegaralarini aniq belgilashni ta’minlaydi; -
qishloq xo‘jalik erlarining holatini va ulardan foydalanish karta va planlarni GPS
va elektron taxeometrlarni qo‘llash asosida tuzish metodlari va uslublari
o‘rganiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: