3-mavzu. Matematik modellashtirish, sonli tahlil usullarini tizimlarda amalga oshirish. Hisobli eksperiment. Immitatsion modellashtirish. Geoinformatsion tizimlar Reja


-rasm. Er resurslari kartasini yaratishning blok-chizmasi


Download 1.89 Mb.
Pdf ko'rish
bet20/29
Sana09.06.2023
Hajmi1.89 Mb.
#1475920
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   29
Bog'liq
3-maruza

7.1-rasm. Er resurslari kartasini yaratishning blok-chizmasi 
Ushbu chizmada bir nechta yirik tizimlar ajratilgan, masalan: – 
fotogrammetrik tizim. Oq-qora va rangli fotosuratlarni EHM xotirasiga kiritish, 
ularni raqamli ko‘rinishga aylantirish va ma’lum darajada ularga ishlov berish
so‘ngra ortofotoplanlarni (joy uchastkasi tasvirining ortogonal proeksiyasida 
tuzilgan plan) ѐki shtrixli kadastr planlarini hosil qilish; - ortofotoplan va kartalarni 
raqamlash tizimi – bu tizim ѐrdamida plan va kartalar raqamli ko‘rinishga (vektorli 
holatga) o‘tkaziladi; - kartografik ma’lumotlarga ishlov berish, ularni saqlash va 
tasvirlash tizimi – joy ѐki xududning rastrlangan tasviri orqali ularning raqamli 
modelini tuzish, vektorli ko‘rinishga aylantirish, mavzuli qatlamlarni tuzish, 
ma’lumotlar va elektron kartalar maxsus bazasiini yaratish, tayѐr mahsulotni 
saqlash, rangli er kadastri va boshqa turdagi mavzuli kartalarni tuzish. 
fotogrammetrik tizim tarkibiga kiruvchi alohida jaraѐnlar to‘g‘risida qisqacha 
to‘xtalamiz.
 
Bularga:
1. Joyni aero- va kosmik suratga olish.
2. Tayanch nuqtalarni planli va balandlikli bog‘lash bo‘yicha olib 
boriladigan geodezik ishlar. 
3. Ma’lumotlarga fotogrammetrik ishlov berish jaraѐnlari kiradi. 


7.2-rasm. Er shari atrofida harakatlanayotgan sun’iy yo’ldoshlar
Ular ѐrdamida xududning ѐki biror joyning raqamli tasvirini olish va 
keyinchalik uni to‘g‘ridan-to‘g‘ri kompyuterga kiritish mumkinligi nafaqat 
rasmlarga kimѐviy ishlov berish, hatto skanirlash bosqichida tasvirni raqamli 
shaklga o‘tkazish jaraѐnlari chetlab o‘tilmoqda. Ular oddiy fotokameralar kabi 
ishlaydi, lekin ularda fototasvirni elektr signallarga aylantirvchi fotosezgir 
elementlar ishlatiladi. Signallar kodlangach, ular fotokamera xotirasida saqlab 
qolinadi va istalgan paytda tasvirlar kompyuterga ѐzib olinishi mumkin. 
Keyinchalik fototasvirlarga maxsus grafikli redaktorlar ѐrdamida ishlov berilib, 
ular prInter ѐki plotterlarda nashr qilinishga uzatiladi. Agar ishga sifatli 
fotokameralar jalb qilinsa, skanerlar va nusxa ko‘chirish qurilmalaridan voz kechsa 
ham bo‘ladi. Hozirgi paytda fototasvirlarni kompyuter xotirasiga kiritish, asosan, 
fotomateriallarni skanerlash bilan amalga oshirilmoqdi. Fotomateriallar sifatida 
negativlar, diapozitivlar va rulonli aerofilmlar ishlatilmoqda. 

Download 1.89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   29




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling