3-mavzu. Mehnat va ish haqi hisobi Reja Mehnat va ish haqini hisobga olishning asosiy vazifalari Mehnatga oid munosabatlarni tartib solish


-jadval O’zbekiston Respublikasi norezidentlarining daromadlariga solinadigan soliq stavkalari


Download 108.66 Kb.
bet15/23
Sana18.06.2023
Hajmi108.66 Kb.
#1558885
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   23
Bog'liq
3-mavzu. Mehnat va ish haqi hisobi (2)

34-jadval
O’zbekiston Respublikasi norezidentlarining daromadlariga solinadigan soliq stavkalari (Soliq kodeksi 182-moddasi)



Daromad turi

Stavka

1.

Dividendlar va foizlarga

10 %

2.

Xalqaro tashishlarda transport xizmatlari ko’rsatishdan olinadigan daromadlarga

6 %

3.

Mehnat shartnomalari va fuqarolik-huquqiy tusdagi shartnomalar bo’yicha olingan va boshqa daromadlarga

20 %

7. Hisobdor shaxslar bilan hisob-kitoblar hisobi
Hisobdor shaxslar — keyinchalik qilinadigan xarajatlar uchun hisobini berish sharti bilan pul mablag’ini olgan shaxslar. Hisobdor shaxs korxona rahbarining buyrug’i bilan faqat mazkur korxona (muassasa, tashkilot) xodimlari bo’lishi mumkin.
Quyidagilar hisоbdоr shaxslar hisoblanadi:

  • Xizmat safari uchun bo’nak оlgan xоdimlar

  • Оperatsiоn va xo’jalik ehtiyоjlari uchun bo’nak оlgan xоdimlar

Bo’nak (avans) — kelajaqdagi xarajatlar va to’lovlar hisobidan berilgan pul mablag’lari. Bo’nak O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan tasdiqlangan kassa muomalalarini yuritish qoidalariga asosan6 qat‘iy belgilangan maqsad uchun beriladi.
Xizmat safari7 — doimiy ish joyidan tashqarida xizmat topshirig’ini bajarish uchun korxona (muassasa, tashkilot, birlashma) rahbarining buyrug’i bo’yicha xodimning safari. Xizmat safariga yuboriladigan joyiga qarab O’zbekiston Respublikasi ichidagi va tashqarisidagi xizmat safarlariga bo’linadi. O’zbekiston Respublikasi ichidagi xizmat safari ―O’zbekiston Respublikasi xizmat safarlari to’g’risidagi yo’riqnomaga asosan amalga oshiriladi.
Kompaniya rahbari tomonidan chiqarilgan yoki tasdiqlangan buyruqa asosan xizmat topshirig’ini bajarish uchun boshqa joyga, ma‘lum bir maqsad va topshirishni bajarish uchun yuborish hisoblanadi.8
Doimiy ishi yo’lda o’tadigan (temir yo’l, havo yo’li, suv transporti va b.) xodimlarning ish yuzasidan borib kelishi xizmat safari hisoblanmaydi. Xizmat safariing muddati, yo’ldagi vaqtini inobatga olmagan hodda, 40 kungacha belgilanadi. Montaj va qurilish ishlari bo’yicha safar 12 oydan oshmasligi kerak. Ayrim hollarda safar muddatini uzaytirish korxona rahbarining yozma ruxsati bilan bo’lishi mumkin. Safar muddatini korxona rahbari belgilaydi va safarga borishga ruxsat beradi. Ish yuzasidan yuqori organlar huzuriga borish faqat ularning chaqiruvi yoki ular bilan kelishilgan holda amalga oshiriladi.
Xizmat safarlariga yuborish ushbu tashkilotlarni boshliqlari tomonidan amalga oshiriladi, buyruq va safar guvohnomasini berish bilan rasmiylashtiriladi.
Tashkilotlarda xizmat safarlariga ketayotgan shaxslarni va ushbu tashkilotga xizmat safariga kelayotgan shaxslarni ro’yxatga olish maxsus jurnallarda yuritiladi. Tashkilotni rahbari xizmat safarlariga yuborilayotgan, xizmat safariga ketayotgan shaxslarni ro’yxatga olish jurnalini yuritish va xizmat safarlari guvohnomasiga belgi qo’yish uchun javobgar bo’lgan shaxsni buyruq chiqarish yo’li bilan tasdiqlaydi.
Xizmat safariga chiqish kuni bo’lib transport vositasini 24 soatgacha bo’lgan vaqt, 00dan va undan kechroq vaqt - keyingi sutka hisoblanadi, kelish kuni esa - transport vositasini doimiy ish joyiga kelish kuni hisoblanadi.

Download 108.66 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling