3-mavzu. Metallarning kristallanish jarayonlari. Kristallanish jarayonining mexanizmi va kinetikasi. Asosiy tushunchalar. Po‘lat quymalarning ichki tuzilishi. Metallarda polimorf
Download 0.5 Mb. Pdf ko'rish
|
3-Maruza (1)
3.1. Metallarning kristallanishi
Metallar atomlarining tartibsiz harakatdagi suyuq holatdan atomlari tartibli joylashgan qattiq holatga o„tish jarayoni kristallanish deyiladi. Rus olimi D.K. CHernov metallarning kristallanish qonuniyatini kashf qildi. Bu qonuniyatga ko„ra,
kristallanish jarayoni kristallanish markazlarining hosil bo„lishi va ularning o„sishi bilan
tushuntiriladi. Kristallanish jarayoni 3.1-rasmda ko„rsatilgan.
3.1-rasm. Kristallanish jarayonini tushintiruvchi chizma ko„rinishi.
Qotishmalarda hosil bo„ladigan donalarning o„lchamlari kristallanish markazlari soni (MS) bilan kristallanish tezligiga (KT) bog„liq bo„ladi. Qotishimada erimagan turli oksid va metallmas birikmalar kristallanish markazlari vazifasini bajaradi. Kristallanish MS va KT o„ta sovish darajasiga bog„liq (3.2-rasm).
3.2-rasm. Kristallanish markazlari soni va ular o„sish tezligining o„ta sovish darajasiga bog„liqlik grafigi.
D.I.Mendeleev davriy sistemasida mavjud bo„lgan 109 ta elementdan 76 tasi metallar hisoblanadi. Barcha metallar va metall qotishmalar kristall atomlar (ionlari) kristall panjara hosil qilib aniq qonuniyatda joylashgan bo„ladi. Metallar turg„unligiga ion–elektron tizimni hosil qilib, musbat zaryadlangan ionlar va to„dalashgan elektronlar o„rtasidagi o„zaro elektrik ta‟sir bilan aniqlanadi. Bunday “ionli skelet” va “elektron gaz” o„rtasidagi o„zaro ta‟sir metall bog„lanish deb nomlanadi. Metallarda bog„lanish kuchli ionlar va elektronlar o„rtasidagi itarish va tortishish kuchlarining o„zaro nisbatlari bilan aniqlanadi. Metall atomlari (ionlari) bir–biridan o„zaro ta‟sirlashuv energiyasi qiymati minimal bo„lgan masofada joylashadi (3.3-rasm).
Metallar atomlarning to„g„ri kristall panjara hosil qilib, aniq qonuniyat bilan o„zaro joylashuvi faqat atomlar o„zaro ta‟sirinig minimal energiyasi holatigagina mos keladi.
3.3-rasm. Ikkita atomlarning o„zaro tortishish kuchlari (a) va kristall panjarada atomlarning potensial energiyasining o„zgarishi(b).
Metallar oddiy usullarda olinganda odatda polikristall jismlar bo„lib, juda ko„p miqdordagi bir–biriga nisbatan turlicha joylashgan kristallardan tashkil topadi. Bu paytda kristallarning o„lchamlari 1000–0,1 mkm oraliqlarida bo„ladi. Metallar suyuq holatdan qattiq holatga o„tishi davrida kristallanish sharoiti turlicha bo„lganligi sababli har–xil shakillarga ega bo„ladi va bu shakillar kristallitlar, ba‟zi hollarda donalar deb ham nomlanadi.
Toza metallar odatdagi struktura holatida past qiymatdagi mustaxkamlikka ega bo„lib, ko„p hollarda talab qilingan xossalarni taminlab bera olmaydi. SHuning uchun toza metallar kam hollarda qo„llaniladi. Asosan metallarning qotishmalari, ya‟ni bir yoki undan ortiq metallarni yoki nometallarning aralashmalari ishlatiladi. Toza metall tushunchasi shartli ravishda bo„lib, tabiatda har qanday toza metall ozmi yoki ko„pmi miqdorda boshqa qo„shimchalarni o„z tarkibiga oladi. SHuning uchun ular qatnashmalar sifatida qaraladi. Fanda toza metall deganda asosan tarkibida asosiy metall miqdori 99,99– 99,999 % gacha bo„lgan holat qaraladi. Bunday tarkibdagi qatnashmalar xossalari asosiy metall xossalariga yaqin bo„ladi. Qatnashmalarni hosil qiluvchi elementlar komponentlar deyiladi. Qatnashmalar tarkibiy jihatdan ikki yoki undan ortiq komponentlarni o„z ichiga olishi mumkin.
Download 0.5 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling