3-mavzu. Metallarning kristallanish jarayonlari. Kristallanish jarayonining mexanizmi va kinetikasi. Asosiy tushunchalar. Po‘lat quymalarning ichki tuzilishi. Metallarda polimorf
Metallarning elastik va plastik deformatsiyasi
Download 0.5 Mb. Pdf ko'rish
|
3-Maruza (1)
3.3. Metallarning elastik va plastik deformatsiyasi
Metallarni bosim bilan ishlash deb, tashqi kuch ta‟siri ostida (masalan, bolg„a bilan urib, press bosimi ostida) xomaki shaklini o„zgartirishga aytiladi. Zarb yoki bosim ta‟sirida oldi deformatsiya paydo bo„lishi bilan metall o„z shaklini kerakli yo„nalishda emirilmasdan o„zgartiradi. Bunda bir yo„la metallning strukturasida, uning mexanik va fizik xossalarida o„zgarish ro„y beradi. YUqorida qayd qilganimizdek, bosim bilan ishlashda xomakining shakli dastlabki holatiga aytmaydigan qilib o„zgartiriladi, bu esa xomaki metalida plastik holat mavjudligidan darak beradi. Demak, biror tashqi kuch ta‟sirida metall (qotishma)
emirilmay, o„z shaklini dastlabki holatiga qaytmaydigan tarzda o„zgartira olish xususiyati uning plastikligi deb, metallar shaklining plastik tarzda o„zgarishi plastik deformatsiya deb ataladi. SHunday qilib, bosim bilan ishlashi metallarning plastik deformatsiyalanishiga asoslangandir. Buning uchun deformatsiyaning o„zi qanday vujudga kelishini aniq tushunish kerak. Ma‟lumki, detalga biror tashqi kuch ta‟sir ettirilganda uning geometrik shakli o„zgarishi deformatsiya deyiladi. har qanday normal haroratda metall asosan elastik va plastik deformatsiyalardan iborat bo„ladi. Metallga ta‟sir ettirilgan tashqi kuch olingandan keyin metall dastlabki shakliga qaytsa, bunday deformatsiya elastik deformatsiya deb ataladi. Masalan, po„lat prujinaga (yoki rezina bo„lagiga) ta‟sir ettirilgan kuch olingandan keyin yana u avvalgi holatiga qaytadi.
balki kristallning bir qismi boshqa qismiga nisbatan siljiydi ham, ta‟sir ettirilgan kuch olinganda kristallning siljigan qismi avvalgi joyiga qaytmaydi, ya‟ni deformatsiya saqlanib oladi. Bundan tashqari, plastik deformatsiyada metall tarkibidagi donachalar maydalanadi va muayyan tartibda joylashib qoladi, natijada metall tola–tola tuzilishga ega bo„ladi. Donalarning muayyan tartibda joylashib qolish hodisasi teksturalanish deyiladi. Teksturalanish darajasi deformatsiyalanish darajasiga to„g„ri mutanosibdir. Metall odatdagi sharoitda plastik deformatsiyalanganda uning puxtaligi va qattiqligi ortib, plastikligi pasayadi. Bu hodisa naklyop (parchinlanish) yoki nagartovka deyiladi. Plastik deformatsiyalanish natijasida metallda hosil bo„lgan naklyopni yo„qotish zarur bo„lsa, metall ma‟lum haroratgacha qizdiriladi. Masalan, naklyoplangan po„lat buyum 200–300 °C gacha qizdirilsa, uning qattiqligi va puxtaligi 20–30 % pasayadi, plastikligi esa ortadi. Bu hodisa qaytish yoki hordiq deyiladi. Demak, aytishida metallning kristall panjaralari tiklanadi, ichki tuzilishi esa uncha o„zgarmaydi va shuning uchun metallning mexanik xossalari faqat ma‟lum darajadagina tiklanadi. Metallning dastlabki xossalarini batamom tiklash kerak bo„lib qolsa, albatta uni yuqoriroq darajagacha qizdirish zarur. Naklyoplangan metall yuqoriroq darajagacha qizdirilganda, shu metall xossalarining tiklanishi rekristallanish deb ataladi. Rekristallanish vaqtida metallning deformatsiyalanishidan oldingi donalari tiklanmay, balki yangi donalar hosil bo„ladi, ya‟ni metall yangidan kristallanadi. Rekristallanish darajasi (eng kichik darajasi) har xil metallar uchun turlicha bo„ladi. Masalan, misning rekristallanish arorati 270°Cga, alyuminiy va magniyniki 100°C ga, jezniki 250°C ga, temirniki 450°C ga, nikelniki 600°C ga, molibdenniki 900°C ga, volframniki1200°C ga teng, qalay, qo„rg„oshin va oson suyuqlanuvchi boshqa metallarning rekristallanish darajasi esa normal darajadan past bo„ladi. Metalialning rekristallanish darajasi bilan suyuqlanish darajasi orasida A. A. Bochvar formulasiga asosan quyidagicha yaqinlashtirilganbog„lanish mavjud: T rekr = T er K bunda: T rekr – mutlaq rekristallanish darajasi, gradus, K– metallning tozaligiga bog„liq koeffitsient, T er –mutlaq suyuqlanish darajasi, gradusda. Texnik toza metallar uchunK=0,2–0,3, qotishmalar (qiyin suyulanadigan metallar) uchun esa K=0,6–0,7. SHuni qayd qilish lozimki, deformatsiyalanganlik darajasi rekristallanish haroratiga teskari mutanosib bog„lanishda bo„ladi. Metall rekristallanish darajasidan yuqori darajada deformatsiya–langanda naklyop hosil bo„lsada, ammo shu darajada o„tadigan rekristallanishi naklyopni yo„qotadi. Metallarni rekristallanish darajasidan yuqori darajada deformatsiyalash qizdirib, bosim bilan ishlash deb, rekristallanish darajasidan past darajada deformatsiyalash esa sovuqlayin bosim bilan ishlash deb ataladi. Demak, metallarni qizdirib, bosim bilan ishlashda ularda naklyop hosil bo„lmaydi, sovuqlayin bosim bilan ishlashda esa naklyop hosil bo„ladi va aksincha, deformatsiyalashda metall naklyoplansa, sovuqlayin bosim bilan ishlaganda esa naklyoplanmasa, uni izdirib, bosim bilan ishlagan ma‟qul bo„ladi. Masalan, qalay normal haroratda deformatsiyalansa, u naklyoplanmaydi, temir esa 300°C gacha qizdirib deformatsiyalanganda naklyoplanadi. Binobarin, qalayning deformatsiyalanishi qizdirib bosim bilan ishlanadi, chunki sovuqlayin bosim bilan ishlash orqali hosil qilingan buyumlarning sirti toza, o„lchamlari esa aniq chiqadi. Sovuqlayin deformatsiyalash natijasida hosil bo„lgan naklyop, zarur hollarda, rekristallanish yumshatish yo„li bilan yo„qotiladi. SHuni aytish lozimki, plastik bo„lmagan (mo„rt) metallarni bosim bilan ishlab bo„lmaydi. Masalan, cho„yan sovuq holatda ham, qizdirilgan holatda ham mo„rt bo„ladi, demak, cho„yanni bosim bilan ishlab bo„lmaydi. Metallarning plastikligi ularning kimyoviy tarkibiga ham bog„liq ya‟ni toza metallarning plastikligi otishmalarnikidan ancha yuqori bo„ladi. Har xil elementlar metallarning plastikligiga turlicha ta‟sir etadi. SHuning uchun qizdirib bosim bilan ishlashda metall (qotishma)ni qanday haroratgacha qizdirish va bosim bilan ishlashni qanday haroratda to„xtatish zarurligini bilish nihoyatda muhimdir. SHunday qilib, metallar qizdirib, bosim bilan ishlanganda, ularning kimyoviy tarkibi tekislanadi, donalari maydalashadi, qovaklari berkilib ketadi, boshqa ba‟zi nuqsonlari yo„qoladi, binobarin mexanik xossalari yaxshilanadi. Metallga biror kuch ta‟sir ettirirlganda shu metall geometrik shaklining o„zgarishi deformatsiya deyiladi. Deformatsiya natijasida kristallik panjara o„zgaradi, ya‟ni panjara tugunlaridagi atomlar o„z o„rnidan siljiydi. Normal temperaturada metalning deformatsiyasi uchbosqichdan iborat: 1 - elastik deformatsiya, 2 - plastik deformatsiya, 3 - emirilish - buzilish (razrushenie). Download 0.5 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling