3-mavzu. Milliy iqtisodiyotni rivojlantirish. Reja


Moliya bozorlarini takomillashtirish va rivojlantirish


Download 83.85 Kb.
bet3/12
Sana31.03.2023
Hajmi83.85 Kb.
#1313711
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
3-Mavzu.ST (1)

3.Moliya bozorlarini takomillashtirish va rivojlantirish.

Iqtisodiyot - jamiyat hayotining tanasi.XXI asr boshlariga kelib, jahon iqtisodiyotida insoniyat taraqqiyotining avvalgi davrlariga xos bo‘lmagan yangi tendensiyalar vujudga keldi. Iqtisodiyotning ma’no-mazmuni va xarakteri tubdan o‘zgardi.Jahon bozoridagi iqtisodiy vaziyat murakkablashdi, mamlakatlar o‘rtasidagi iqtisodiy munosabatlar tabiati tubdan o‘zgardi. Iqtisodiy raqobat nihoyatda kuchayib, tobora keskin va shafqatsiz tus olmoqda. Bunday vaziyatda mamlakatimiz iqtisodiyotining muntazam takomillashib borishini ta’minlaydigan mexanizmlarni joriy etish, barqaror iqtisodiy taraqqiyot bilan bog‘liq vazifalarni puxta belgilab olish masalasi dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. Zotan, milliy taraqqiyot strategiyasining ustuvor yo‘nalishlaridan biri ham shundan iborat.


Amaliy natijadorlik, inson manfaatlari va yana bir bor inson manfaatlari - iqtisodiy islohotlarimizning asosiy masalasidir. Bugungi kunda va yaqin kelajakda mamlakatimiz iqtisodiyotini yanada rivojlantirish borasida oldimizda qator strategik vazifalar turibdi. Ularning barchasi ustuvor ahamiyatga egadir. O‘tgan davr mobaynida bozor iqtisodiyoti mexanizmlarini modernizatsiya qilish, makroiqtisodiy barqarorlikni saqlash, milliy iqtisodiyotning investitsiyalarga bo‘lgan talabini qondirish, bozor munosabatlari subyektlari faoliyatini erkinlashtirish masalalariga alohida e’tibor berildi.
Jamiyatimiz farovonligi yo‘lidagi davlatimiz iqtisodiy siyosatining asosiy yo‘nalishlari qabul qilingan dasturlar asosida makroiqtisodiy muvozanatni saqlash, tarkibiy va institutsional o‘zgartirishlarni chuqurlashtirish hisobidan yalpi ichki mahsulotning yuqori o‘sish sur’atlarini ta’minlashni nazarda tutadi.
Bu jarayonda ilg‘or xalqaro tajribaga muvofiq instrumentlardan foydalanish evaziga pul-kredit siyosatini yanada takomillashtirish, milliy valyutaning va ichki bozordagi narxlarning barkarorligini ta’minlashga alohida e’tibor beriladi.
Erkin konvertatsiyani ta’minlovchi valyutaga oid munosabatlarni tartibga solish, milliy valyuta kursini shakllantirishda zamonaviy bozor mexanizmlarni joriy etish yo‘li o‘z samaradorligini ko‘rsatmoqda.Bank tizimini isloh qilish, banklar depozit bazasining kapitalizatsiyasini chukurlashtirish va barqarorligini oshirish,ularning moliyaviy barqarorligini va ishonchliligini mustahkamlash, istiqbolli investitsion loyihalar hamda kichik biznes va tadbirkorlik obektlarini kreditlashtirishni yanada kengaytirish borasidagi sa’yi harakatlarimiz o‘z natijasini bermoqda.
Yangi turlardagi sug‘urta, lizing va boshqa moliyaviy xizmatlarning hisobidan ularning hajmini kengaytirish va sifatini oshirish, kapitalni jalb qilish hamda korxona, moliyaviy institutlar va aholining erkin resurslarini joylashtirishdagi muqobil manba sifatida fond bozorini rivojlantirishga muhim jabha tarzida qaralmoqda. Xalqaro iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirish, Jumladan, yetakchi xalqaro va xorijiy moliyaviy institutlar bilan aloqalarni kengaytirish yo‘li bilan puxta o‘ylangan tashqi qarzlar siyosatini amalga oshirishni davom ettirish, jalb qilingan xorijiy investitsiyalar va kreditlardan samarali foydalanish bilan bog‘liq vazifalar ham nihoyatda muhimligini yaxshi bilamiz.
Harakatlar strategiyasining natijasi o‘laroq, Yangi O‘zbekiston iqtisodiyotining huquqiy asoslari yaratildi. Yangi O‘zbekiston strategiyasi, avvalo, barqaror iqtisodiy o‘sishni ta’minlashga qaratilganini ta’kidlash lozim. Makroiqtisodiy barqarorlik iqtisodiy islohotlarning mustahkam poydevoridir. Kelgusidagi iqtisodiyotning kamida 5 foizga o‘sishi, budjet defitsiti yalpi ichki mahsulotga nisbatan 2 foizdan oshmasligiga karatilgan chora-tadbirlar belgilanadi. Inflyatsiyaviy targetlash doirasida narx-navo o‘sishini 10 foizdan oshirmaslik asosiy vazifalarimizdan biri buladi.
2030 yilga borib o‘rtacha yillik iqtisodiy o‘sish sur’atlari 6,3-6,5 foiz, kapital qo‘yilmalar 8,0-8,5 foiz, eksport 9,0-10,0 foizni tashkil etishiga erishamiz. Foiz stavkalarini pasaytirish - iqtisodiyotning real sektoriga investitsiyalarni jalb etishni rag‘batlantirishga xizmat qiladi, deb hisoblaymiz. Bu vazifa, birinchi navbatda, inflyatsiyani to‘xtatish va milliy moliya bozorini rivojlantirish orqali hal qilinadi.
Mahalliy ishlab chiqarishni rivojlantirish, davlat qarzi to‘planib qolishiga yo‘l qo‘ymaslik doimo diqqat-e’tiborimizda bo‘ladi. Mamlakatimiz budjeti barqaror va muvozanatli bo‘lishi kerak. Biz bunga moliyaviy yuklama hisobidan emas, balki iqtisodiyotni diversifikatsiya qilish va barqarorligini ta’minlash, yangi sanoat tarmoqlarini yaratish orqali erishamiz.Bunday siyosat "qarz bo‘hroni"ga tushib qolish xavfini tug‘dirmasdan, ijtimoiy xarajatlarni mas’uliyat bilan rejalashtirish va uning hajmi izchil o‘sishiga imkon yaratadi.
Mamlakatimizning iqtisodiy rivojlanish sur’atlarini jahondagi eng rivojlangan mamlakatlar darajasiga yetkazish va bu sohada islohotlar samarasini yanada oshirish bo‘yicha ba’zi tizimli muammolar saqlanib qolayotganini ham rad qilib bo‘lmaydi, albatta. Iqtisodiyotni tarkibiy jihatdan isloh qilish va rivojlantirishga aloqador vazirlik va idoralarfaoliyati uig‘unligini ta’minlash, mavjud muammo za to‘siqlarni tezkorlik bilan aniqlash va bartaraf etishga asoslangan zamonaviy va inklyuziv institutsional tizimni yanada takomillashtirish zarurati quyidagi vazifalarni kun tartibiga qo‘ymoqda:
♦ makroiqtisodiy barqarorlik, iqtisodiy boshmaqsadlari va tarkibiy islohotlar o‘rtasidagi muvofiqlikni ta’minlash, shuningdek, tashqi va ichki omillar ta’sirida yuzaga keladigan iqtisodiy sikllarni boshqarishning zamonaviy prognozlashtirish modellariga asoslangan samarali tizimi va mexanizmlarini joriy etish jarayoni yanada ko‘proq e’tiborni talab qilmoqda;
♦ kambag‘allikni qisqartirishga qaratilgan chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish, shuningdek, ushbu yo‘nalishdagi ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash za tadbirkorlikka jalb qilish vazifalarini bajarishda yuksak samaradorlikka erishilmaganligi sababli tegishli aholi guruhlari bilan amalga oshirilayotgan ishlarning samaradorligini yanada oshirish vazifasi dolzarbligicha qolmoqda;
♦ hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha yondashuv va tamoyillarni to‘liqroq shakllantirish, iqtisodiyotning hududiy va tarmoq rivojlanishi o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlikni ta’minlash, bu jabhadagi mavjud salohiyat va "nisbiy ustunlik" mezonlaridan oqilona foydalanish va ishlab chiqarish kuchlarini joylashtirishda inson kapitali va demografik omillarni inobatga olish masalalari ham yangicha yondashuvlarni talab qilmoqda;
♦ mamlakatda kichik va o‘rta biznesni rivojlantirishning yanada samaraliroq yondashuvlarini belgilab olish, tadbirkorlikni moliyaviy va nomoliyaviy qo‘llab-quvvatlashning maqsadga yo‘naltirilgan, ayniqsa, aholini tadbirkorlikka o‘qitish va kasbga o‘rgatish ishlarini yangi bosqichga ko‘tarish, shu jumladan, barcha dasturlar hisobidan ajratilayotgan mablag‘larning sarflanish samaradorligini baholash ishlarini tashkil etishda yo‘l qo‘yilayotgan kamchiliklarga barham berish lozim;
♦ mamlakat sanoatini rivojlantirishning fundamental drayverlari hisoblangan sohalarda mehnat unumdorligini yanada oshirish, sohaning raqobatbardoshligini kuchaytirish, shuningdek, mazkur jarayonda texnik reglamentlarni zamon talablaridan kelib chiqib yangilash va samarali foydalanish masalalari ham alohida e’tiborni talab qilmoqda.
Avvalo, makroiqtisodiy barqarorlik va barqaror iqtisodiy o‘sishga erishish,inflyatsiyani pasaytirish va barqaror narxlarni ta’minlash, budjet taqchilligini maqbullashtirish, to‘lov va joriy balanslari maqbulligini ta’minlash, iqtisodiyotni diversifikatsiya qilish va chuqur tarkibiy o‘zgarishlarni amalga oshirishga alohida e’tibor qaratilishi lozim.
Bu ishlab chiqqan rivojlanish strategiyasi defitsitsiz, ya’ni taqchilliksiz budjetga erishishni nazarda tutadi. Butun iqtisodiyot tizimida mahsulotlar tayyorlash jarayonini optimallashtirish va ishlab chiqarishni mahalliylashtirish darajasini muttasil oshirish, import o‘rnini bosish jarayonlarini yanada chuqurlashtirish, 2026 yilgacha sanoat korxonalaridagi mingdan ziyod uskunalarni zamonaviylariga almashtirish hamda shu asosda, jumladan, qo‘shilgan qiymat yaratishning yagona zanjirini hosil qilish, respublikada ishlab chiqarilayotgan ip kalavaning butun hajmini qayta ishlash hisobidan to‘qimachilik mahsulotlari eksporti hajmini 7 milliard AQSH dollariga yetkazish bilan bog‘lik vazifalar dolzarbligini saqlab qolmoqda. Bu borada fiskal siyosat samaradorligini oshirish, davlat xarajatlari samaradorligini va hisobdorligini yaxshilash, davlat ichki va tashqi qarzlarini boshqarishni samarali tashkil qilish vazifalari ham dolzarbligicha qolmoqda.
Biz davlatning soliq siyosati adolatli va samarali bo‘lishi, u faqat budjet to‘ldirilishini ta’minlabgina kolmay, balki yangi korxonalar yaratilishi hamda soliq bazasini kengaytirishni rag‘batlantirishi ham lozim, deb xisoblaymiz. Yangi tahrirdagi Soliq kodeksi asosidagi keng qamrovli faoliyatni yanada optimallashtirish, ushbu yunalishda keyingi yillardagi taraqqiyot tamoyillarini aks ettirgan "Soliq - 2030" strategiyasini ishlab chiqish lozim.
Moliya bozorlarini takomillashtirish va rivojlantirish, davlat ulushiga ega banklar transformatsiyasini amalga oshirish, bank sektorida davlat ulushini qisqartirish, moliya bozori infratuzilmasini rivojlantirish vazifalari kelgusi yillarda ham o‘z dolzarbligini saqlab qoladi.
Yangi O‘zbekistonning iqtisodiy strategiyasi 2030 yilga qadar global innovatsion indeks reytingida dunyoning 50 ta yetakchi davlati qatoriga kirish va bu ulkan maqsadga erishishda inson kapitalini rivojlantirishni nazarda tutadi. Sanoat sohasidagi siyosatni samarali amalga oshirish, sanoatni innovatsion asosda tashkil etish,uni rivojlantirishda drayver va o‘sish nuqtalarini belgilab olish, ishlab chiqarishga ilg‘or texnologiyalarni jalb etish orqali sanoat tarmoqlari raqobatbardoshligi va ishlab chiqarish samaradorligini oshirish, "yashil texnologiya"larni ishlab chiqarishga tatbiq etishni rag‘batlantirish, xomashyoni chuqur qayta ishlash va raqobatbardosh tayyor mahsulotlar ishlab chiqarish, tashqi bozorlarda yuqori talabga ega mahsulotlar ishlab chiqarishni rag‘batlantirishga alohida e’tibor qaratish lozim. Yangi erkin iqtisodiy hududlarni tashkil etish va mavjud hududlar faoliyatining samaradorligini ta’minlash, eksportni rag‘batlantirish hamda ko‘maklashishorqali uning nomenklaturasi va geografik makonini kengaytirish ustuvor vazifalardan biridir.
Bu jabhada jahonning yetakchi xalqaro va xorijiy moliya institutlari bilan aloqalarni kengaytirish, jalb qilingan xorijiy investitsiyalar va kreditlardan samarali foydalanishni ta’minlash, sarmoya jalb qilishda “iqtisodiy diplomatiya" va "biznes diplomatiya"si institutlaridan keng foydalanish, qo‘shni mamlakatlar bilan savdo aylanmasini rag‘batlantiruvchi mexanizmni rivojlantirish masalalari alohida e’tiborni talab qiladi.
Bizning iqtisodiy strategiyamiz iqtisodiyotga katta hajmdagi investitsiyalarni jalb qilishga qaratilgan. Investitsiyalarning o‘sish sur’atlari 10 yilda yalpi ichki mahsulotning kamida 25 foizini tashkil etishi uchun zarur zaroit yaratamiz. Investitsiya muhitini takomillashtirish tarmoqlar za sohalar kesimida investitsiya siyosati samarasini oshirish, xorijiy investitsiyalar va kreditlar hisobidan 2022-2026 yillarda amalga oshiriladigan yirik investitsiya loyihalarini aniqlashtirish, iqtisodiyotda davlat-xususiy sheriklikni kengaytirish masalalari diqqat-e’tiborimizda bo‘ladi. Shu asosda yana investitsiya faoliyatini amalga oshirishning erkinligi, investorlar huquqlari va qonuniy manfaatlarini kafolatli himoya qilish, investitsiyalar bilan bog‘liq munosabatlarni tartibga solish maqsadida Investitsiya kodeksini ishlab chiqish zarurati mavjud.
Mamlakatni texnologik yutuqlarga erishish makoniga aylantirish, ishlab chiqarish quvvatlarini rivojlantirishga qaratilgan Investitsiyaviy siyosat sohasidagi milliy strategiyani amalga oshirish birlamchi maqsadimizdir.Biznes-ombudsman bilan birga yaqindan ishlaydigan Investitsiyaviy ombudsman institutini tashkil etish, xorijiy sarmoyadorlar uchun tayyor investitsion paketlarning elektron bazasini shakllantirish va taqdim etish tizimini yanada takomillashtirish kabilar ham nihoyatda dolzarb vazifalar qatoriga kiradi.
Xizmatlar sohasini rivojlantirish bo‘yicha uning yalpi ichki mahsulotdagi ulushini ko‘paytirish, yangi turdagi yuqori talabga ega xizmat turlarini rivojlantirish, qishloq va olis hududlarda talab yuqori xizmatlar qamrovini oshirish, xizmatlar sohasida faoliyat ko‘rsatadigan tadbirkorlik subyektlarini qo‘llab-quvvatlash tizimi samarasini oshirish choralarini ko‘rish bilan bog‘liq vazifalar o‘z yechimini kutmoqda.
Tadbirkorlik muhitini yaxshilashga qaratilgan islohotlar hamda raqobatni rag‘batlantirish borasida tadbirkorlik erkinligini yanada oshirish, kichik va o‘rta biznesni rivojlantirish uchun mavjud to‘siqlarni bartaraf etish, ochiq iqtisodiyot va bozor raqobatini ta’minlash, korxonalarining raqobatga zid harakatlariga qarshi kurashish, milliy qonunchilikni xalqaro standartlarga muvofiqlashtirish ishlarini yangi bosqichga ko‘tarish zarur.
Energiya samaradorligini ta’minlash zarurati qayta tiklanuvchi energiya qurilmalari ishlab chiqaruvchilari za iste’molchilarini qo‘llab-quvvatlash, energiya samaradorligi standartlarini kengaytirish, zamonaviy energiya resurslari bozorini shakllantirish, ushbu sohaga zamonaviy innovatsiyalarni joriy etishni talab qilmoqda.
Yerdan foydalanish va foydalanuvchilarning huquqlarini ta’minlash sohasida yerdan foydalanishda moslashuvchanlik, shaffoflik hamda samaradorlikni oshirish, mulkchilik huquqlarini kuchaytirish, bu jabhaga zamonaviy vosita va texnologiyalarni joriy etish vazifasi ham dolzarbligicha qolmoqda.
Bularning barchasini amalga oshirishda ilm-fan, ta’lim va ishlab chiqarish integratsiyasi, ilmiy-texnologik hamda innovatsion tadbirkorlikni barqaror rivojlantirish, yuqori texnologik ishlab chiqarishlar, nou-xaularni o‘zlashtirish, korxonalarda innovatsiyalarning joriy qilinishi, texnologiyalar transferini ta’minlash uchun texnopolislar, texnoparklar kabi erkin iqtisodiy xududlar va ilmiy-ishlab chiqarish klasterlarining yaratilishiga yo‘naltirilgan qonunchilikni yaratish va tegishli chora-tadbirlarni amalga oshirish nihoyatda muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Mazkur vazifalarning bajarilishi jamiyatimiz mqtisodiyotini yangi bosqichga ko‘tarish, makroiqtisodiy barqarorlikni yanada mustahkamlash va iqtisodiy o‘sish sur’atlarini kengaytirish imkoniyatlarini yanada oshiradi.

Download 83.85 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling