3-mavzu. Milliy iqtisodiyotni rivojlantirish. Reja
Qishloq xo‘jaligini jadal rivojlantirish
Download 83.85 Kb.
|
3-Mavzu.ST (1)
4.Qishloq xo‘jaligini jadal rivojlantirish
Iqtisodiyot sohasidagi eng muhim vazifalarimizdan yana biri - bu agrar sohani yanada isloh qilish va modernizatsiyalashdan iborat. Qishloq xo‘jaligi iqtisodiyotning eng qadimiy, hech qachon o‘z o‘rni va ahamiyatini yo‘qotmaydigan tayanch tarmoqlaridan biridir. Lekin sayyoramizdagi global iqlim o‘zgarishlari hamda mintaqamizdagi ekologik muammolar oqibatida kishloq xo‘jaligida har yili ilgari ko‘rilmagan yangi-yangi sinov va qiyinchiliklar paydo bo‘layotgani ushbu agrar sohaga e’tiborni yanada kuchaytirishni taqozo qilmoqda. Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini xarid qilish va sotishda bozor tamoyillarini keng joriy etish, sifat nazorati infratuzilmasini rivojlantirish, eksportni rag‘batlantirish, maqsadli xalqaro bozorlarda raqobatbardosh, yuqori qo‘shilgan qiymatli qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat tovarlari ishlab chiqarishni nazarda tutuvchi qulay agrobiznes muhitini va qo‘shilgan qiymat zanjirini yaratishga ustuvor vazifalar sifatida karaymiz. Agrar sohadagi klasterlar va kooperatsiyalar faoliyatini har tomonlama qo‘llab-quvvatlaymiz. Oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash va iste’mol ratsionini yaxshilash davlat siyosatining asosiy maqsadlaridan biri bo‘lib qolaveradi.Fermer xo‘jaliklarida mehnat unumdorligini oshirish, mahsulot sifatini yaxshilash, yuqori qo‘shilgan qiymat yaratishga qaratilgan tarmoq dasturlarini ishlab chiqish orqali davlat xarajatlari samaradorligini oshirish va bosqichma-bosqich qayta taqsimlash bo‘yicha maxsus strategiya ishlab chiqiladi va amalga oshiriladi. Hozirgi vaqtda qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtiruvchi, qayta ishlovchi va sotuvchi subyektlar o‘rtasidagi munosabatlarning huquqiy asosini mustahkamlashga harakat qilinmoqda. Mazkur sohaga investitsiyalarni jalb qilish, tejamkor texnologiyalarni joriy etish hamda qishloq ho‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqaruvchilarni zamonaviy texnikalar bilan ta’minlash borasida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. Tabiat bilan uyg‘un bo‘lishga intilib yashagan ajdodlarimizning tajribasiga tayanishimiz zarur. Orolbo‘yini ekologik innovatsiyalar va texnologiyalar hududi sifatida e’lon qilish bo‘yicha BMT Bosh Assambleyasining rezolyutsiyasini hayotga tatbiq etish borasida tizimli va kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirishimiz lozim. Ushbu sohada paxta va boshoqli don ekiladigan maydonlarni qisqartirib, ekin maydonlarini yanada maqbullashtirish, bo‘shab qolgan yerlarga kartoshka, sabzavot, moyli ekinlarni, shuningdek, yangi intensiv bog‘ va uzumzorlarni joylashtirish navbatdagi vazifalarimizdan biridir. Mamlakatimizda qishloq xo‘jaligi ekinlarining yangi seleksiya navlarini hamda yuqori mahsuldorlikka ega, kasallik va zararkunandalarga chidamli, mahalliy yer-iqlim va ekologik sharoitlarga moslashgan hayvonot turlarini yaratish va ishlab chiqarishga joriy etish bo‘yicha ilmiy-tadqiqot ishlarini kengaytirish ishlari ham tizimli tashkil etilmoqda. Qishloq xo‘jalik mahsulotlarini chuqur qayta nshlash, yarim tayyor mahsulotlar va tayyor oziq-ovqat maxsulotlarini, shuningdek, qadoqlash buyumlarini ishlab chiqarish bo‘yicha eng zamonaviy yuqori texnologiyali uskunalar bilan jihozlangan qayta ishlovchi yangi korxonalarni qurish, mavjudlarini rekonstruksiya va modernizatsiya qilish yuzasidan investitsiya loyihalarini amalga oshirishga alohida ahamiyat qaratish kerak. Hozirgi vaqtda dunyo miqyosida oziq-ovqat xavfsizligi, ekologik toza mahsulotlar ishlab chiqarish dolzarb masaladir. Shuning uchun ham qishloq xo‘jaligi sohasini modernizatsiya va diversifikatsiya qilish zarur. Bugun hech bir sohada ilm-fan yutuqlari va innovatsion texnologiyalarni amaliyotda qo‘llamasdan turib taraqqiyotga erishib bo‘lmaydi. Bu esa keng va zamonaviy bilimga ega kadrlarni tayyorlash, ularning malakasini oshirish, xorijiy tajribalarni o‘zlashtirish kabi dolzarb vazifalarni oldimizga qo‘ymoqda.Shu maqsadda agrar sohaga ixtisoslashgan oliy o‘quv yurtlarida ta’lim sifatini tubdan oshirish, taraqqiy etgan davlatlarning nufuzli ta’lim dargohlari bilan yaqin hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, urug‘chilik, naslchilik va veterinariya yo‘nalishidagi ilmiy muassasalar faoliyatini takomillashtirish borasida ham salmoqli ishlar amalga oshirilmoqda. Qishloq xo‘jaligini modernizatsiya qilish, uning taraqqiyotini jadallashtirish borasida hal qilinishn zarur bo‘lgan muammolar ham kam emas. Jonajon O‘zbekistonimizni taraqqiyotning yangi bosqichiga ko‘tarish vazifasi va jahonda oziq-ovqat mahsulotlariga talab oshib borayotgani agrar sohani tubdan isloh qilishni, unga bozor mexanizmlari, ayniqsa, innovatsion va tejamkor texnologiyalarni, investitsiyalarni keng jalb qilishni taqozo etmoqda. Yaqin kelajakda qishloq xo‘jaligi sohasidagi islohotlar samarasini oshirish va mazkur jabhani rivojlantirishning quyidagi ustuvor vazifalarn belgilab olindi: ♦ oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligini ta’minlash va iste’mol ratsionini yaxshilash, talab etiladigan miqdordagi oziq-ovqat mahsulotlari yetishtirishni nazarda tutuvchi oziq-ovqat xavfsizligi davlat siyosatini yangi bosqichga ko‘tarish; ♦ qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini xarid qilish va sotishda bozor tamoyillarini keng joriy etish, sifat nazorati infratuzilmasini rivojlantirish, eksportni rag‘batlantirish, maqsadli xalqaro bozorlarda raqobatbardosh, yuqori qo‘shilgan qiymatli qishlok xo‘jaligi va oziq-ovqat tovarlari ishlab chiqarishni nazarda tutuvchi qulay agrobiznes muhitini va qo‘shilgan qiymat zanjirini yaratishga alohida e’tibor berish; ♦qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat tarmog‘inimodernizatsiyalash, diversifikatsiya qilish va barqaror oshishini qo‘llab-quvvatlash uchun xususiy investitsiya kapitali oqimini ko‘paytirish; ♦ mamlakat miqyosida yer va suv resurslari, o‘rmon fondidan oqilona foydalanishni nazarda tutuvchi tabiiy resurslardan oqilona foydalanish va atrof-muhitni muhofaza qilish tizimini yanada takomillashtirish; ♦ qishloq xo‘jaligida davlat boshqaruvi tuzilmasini restrukturizatsiya qilish va yanada rivojlantirishni nazarda tutuvchi boshqaruvning zamonaviy tizimlarini rivojlantirish; ♦ fermer xo‘jaliklarida mehnat unumdorligini oshirish, mahsulot sifatini yaxshilash, yuqori qo‘shilgan qiymat yaratishga qaratilgan tarmoq dasturlarini ishlab chiqish orqali davlat xarajatlari samaradorligini oshirish va bosqichma-bosqich qayta taqsimlashga erishish; ♦ qishloq xo‘jaligida ilmiy-tadqiqot, ta’lim va maslahat xizmatlarining ishlab chiqarish bilan integratsiyalashgan bilim va ma’lumotlarni tarqatishning samarali shakllarini qo‘llashni nazarda tutuvchi ilm-fan, ta’lim, axborot va maslahat xizmatlari tizimini yanada rivojlantirish; ♦ qishloq joylarni muvozanatli va barqaror taraqqiy ettirishga ko‘maklashishni nazarda tutuvchi qishloq hududlarini rivojlantirish dasturlarini amalga oshirish; ♦ qishloq xo‘jaligiga zamonaviy axborot texnologiyalarini keng joriy etish orqali statistik ma’lumotlarni to‘plash, tahlil qilish va tarqatishning ishonchli uslublarini joriy etishni nazarda tutuvchi tarmoq statistikasining shaffof tizimini takomillashtirish choralarini ko‘rish. Ushbu vazifalar bilan bir qatorda qishloq xo‘jaligi rivojini ta’minlashga qaratilgan tizimli chora-tadbirlarni ro‘yobga chiqarishimiz zarur, deb hisoblayman. Bunda avvalo, fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari huquq va manfaatlarini himoyalash, qishloq aholisi o‘rtasida "Tomorqa - qo‘shimcha daromad manbai” tamoyilini keng targ‘ib qilish, yer egalarining bilim va tajribasini oshirishga alohida ahamiyat berish lozim. Ushbu yo‘nalishda qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishiga zamonaviy agrotexnologiyalarni keng joriy etish, intensiv bog‘lar va tokzorlar yaratish, organik qishloq xo‘jaligi, meva-sabzavot, oziq-ovqat, asalarichilik, baliqchilik, parrandachilik va chorvachilik mahsulotlarini yetishtirishni ko‘paytirish borasidagi faoliyat ham alohida e’tiborni talab qiladi. Ayni paytda biz qishloqlarda kichik ishlab chiqarish korxonalari tarmog‘ini, qishloq xo‘jaligi klasterlarini, ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaliklarini, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini saqlash, ularga chuqur ishlov berish, transportda tashish va sotish (eksport qilish) bo‘yicha kichik ishlab chiqarish korxonalari ("qishloq xo‘jaligi xablari") tarmog‘ini rivojlantirishga oid qonunchilikni takomillashtirish va boshqa amaliy choralarni maqbul deb hisoblaymiz. Shu bilan birga, qishloqda ishlab chiqarishning yangi infratuzilmasini yaratish, yuqori qo‘shilgan qiymatli maxsulot ishlab chiqarish, zamonaviy agrotexnologiyalar, seleksiya va urug‘chilik usullarini joriy qilish, yer,suv va boshqa tabiiy resurslardan oqilona va samarali foydalanishda rivojlangan mamlakatlar darajasiga yetish vazifalari ham ahamiyatlidir. Qishloq xo‘jaligida yanada ko‘proq mahsuldorlikka erishish maqsadida hududlarda yerning ball bonitetiga qarab ekin turlarini joylashtirish, hududlarning ixtisoslashtirilishini hayotga keng joriy etish mamlakat iqtisodiyotiga katta foyda keltiradi. Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqaruvchi Fermer, dehqon va tomorqa yer egalari manfaatlariga xizmat qiluvchi yangi mazmundagi tuzilmalar tashkil etish va ular faoliyatini samarali yo‘lga qo‘yish soha rivojining muhim omillaridan biridir. Download 83.85 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling