3-mavzu. Milliy iqtisodiyotni rivojlantirish. Reja


Tadbirkorlik muhitini yaxshilashga qaratilgan islohotlar


Download 83.85 Kb.
bet9/12
Sana31.03.2023
Hajmi83.85 Kb.
#1313711
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
3-Mavzu.ST (1)

3.Tadbirkorlik muhitini yaxshilashga qaratilgan islohotlar.
Mamlakat miqyosida hududlarning raqobatbardoshlik darajasini oshirish, ularning iqtisodiyotini yanada diversifikatsiya qilish, ishbilarmonlik muhiti sifatini yaxshilash, tadbirkorlikni doimiy qo‘llab-quvvatlash va jadal rivojlantirish masalalari ham kelgusidagi strategiyamizning tarkibiy qismi bo‘lib qoladi.
Ushbu strategiyada hududlarning moliyaviy mustaqilligiga erishish hamda bank-moliya sohasini rivojlantirish va mahalliy davlat hokimiyati organlarining fuqarolar murojaatlari bilan ishlash samaradorligi va ma’lumotlarning ochiqligini oshirish masalalariga alohida ahamiyat qaratiladi.
Xususiy mulk daxlsizligi va uni har qanday tajovuzlardan himoya qilish, kichik biznes vakillari va tadbirkorlarga keng erkinlik berish, ular faoliyatiga noqonuniy aralashuvlarning oldini olish - iqtisodiy siyosatning asosiy vazifasi bo‘lib qoladi.
Xususiy mulk huquqlari himoyasi va tadbirkorlikni rivojlantirish hamda biznes yuritish uchun shart-sharoitlarni yanada yaxshilash, tadbirkorlikni rivojlantirishga oid islohotlarni izchil davom ettirish bilan bog‘liq vazifalar dolzarbligini saqlab qolmoqda. Mamlakatimizda tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash mexanizmlarini kengaytirish, ularni zarur moliyaviy va infratuzilmaviy resurslar bilan ta’minlash uchun yaqin kelajakda yana bir kator vazifalarni bajarishimiz zarur. Xususan, Markaziy bank asosiy stavkasining 1,75 baravaridan oshmagan miqdordagi foiz stavkasi bilan kichik tadbirkorlik subyektlariga milliy valyutada beriladigan kreditlar bo‘yicha foiz xarajatlarini qoplash uchun kompensatsiya (uning belgilangan miqdorlarini saqlab qolgan holda) taqdim etish amaliyotini davom ettirish zarur.
"Ijtimoiy himoya yagona reyestri"axborot tizimida ro‘yxatga olingan fuqarolarga tadbirkorlik tashabbuslarini amalga oshirish uchun kredit miqdorining 75 foizigacha, biroq, bazaviy hisoblash miqdorining 150 baravaridan ortiq bo‘lmagan tijorat banklari kreditlari bo‘yicha kafillik berish amaliyotini yanada kengaytiramiz. O‘z mahsulotlarini eksport qiluvchilarga tovarlar to‘lovlarni kechiktirib to‘lash sharti bilan eksport qilinganda, ularning aylanma mablag‘larini to‘ldirish uchun revolver kreditlarni moliyalashtirishga tijorat banklariga moliyaviy resurslar taqdim etishni davom ettirish zarur.
Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari doirasida ajratilayotgan kreditlarning 70 foizini kichik biznes loyihalariga, 30 foizini ustuvor ravishda o‘zini o‘zi band qilishga (tomorqadan unumli foydalanish, uysharoitida hunarmandchilik va kasanachilikni rivojlantirish) yo‘naltirishga ko‘maklashish lozim.
Tadbirkorlikni rivojlantirish borasida quyidagi vazifalar ham diqqat markazimizda turmog‘i darkor:
♦ O‘zbekistonning "Biznesni yuritish", global raqobatbardoshlik (GCI), innovatsiyalar (GII), sanoatning raqobatbardoshligi indekslari bo‘yicha dunyoning yetakchi 50 ta mamlakati qatoridan o‘rin egallashini ta’minlash;
♦ biznes yuritishning olis istiqbolga mo‘ljallangan imkoniyatini ta’minlash, bugungi kunda tadbirkorlik sohasini tartibga soluvchi minglab qonun hujjatlari mavjudligini inobatga olib hamda davr talablaridan kelib chiqib tadbirkorlik sohasidagi qonunchilikni yanada takomillashtirish va liberallashtirish maqsadida yagona "Tadbirkorlik kodeksi"ni ishlab chiqish;
♦"Har bir oila - tadbirkor" g‘oyasini izchillik bilan hayotga tatbiq etish, jamiyatda faol tadbirkorlikmadaniyatini shakllantirish, maktabdan boshlab oliy ta’lim muasassalarida ham tadbirkorlik to‘g‘risida darslar o‘tish, to‘garaklar tashkil etish, jumladan, “Tadbirkorlar akademiyasi"ni, sohagaqiziqayotgan yoshlar uchunesa konsalting markazlarini tashkillashtirish;
♦Hududlarda tadbirkorlikning rivojlanishiga xizmat qiluvchi infratuzilmalarni har tomonlama rivojlantirish, istiqboldagi rivojlanish strategiyalarini belgilash, shu maqsadda, optimal
boshqaruv qarorlarini qabul qilish;
♦tijorat banklari, lizing kompaniyalari va boshqa moliyaviy tashkilotlar tomonidan kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarining moliyalashtirilishini kengaytirish, garov ta’minotini rasmiylashtirish bilan bog‘liq bank kreditlari berish tartib-taomillarini soddalashtirish siyosatini davom ettirish;
♦ eksport-import tartib-taomillarini yanada soddalashtirish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlari tomonidan ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar bo‘yicha davlat xaridlarini kengaytirish;
♦ kichik biznesning xalqaro hamjamiyatga integratsiyalashuvi, eksport salohiyatini oshirish va diversifikatsiyalash, marketing tizimini isloh qilish, innovatsion va strategik boshqaruvini takomillashtirish, mahsulotlarni tashqi bozorlarga olib chiqish, xorijda milliy brendlarni faol ilgari surish;
♦ vaucher korxonalar va jamg‘armalar, "biznes-farishtalar"moliyaviy va boshqa resurslarni innovatsionloyihalarga sarflovchi xususiy investorlar faoliyati,"startaplar" uchun shart-sharoitlarni yaratish;
♦ korxonalarning o‘z mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladigan ilmiy-tadqiqot va innovatsion ishlarini soliq imtiyozlari orqali rag‘batlantirish.
Yaqin o‘n yil ichida iqtisodiyotimiz va jamiyatimiz oldida yechimini kutib turgan o‘ta jiddiy masala - bu past samaradorlikka barham berishdan iborat. Shuning uchunbiz yaqin besh yilda mamlakat iqtisodiyotida mehnat unumdorligini ikki barobar oshirishga erishishni o‘zimizning strategik maqsadlarimizdan biri sifatida belgilab oldik.Ustav kapitalida davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq bo‘lgan xo‘jalik birlashmalari va davlat unitar korxonalari faoliyatining samaradorligini yanada oshirish, iqtisodiyotda davlat ishtirokini asoslangan darajagacha qisqartirish va investitsiya muhitini tubdan yaxshilash bo‘yicha ishlarni tizimli ravishda davom ettiramiz.Iqtisodiy strategiyamizning muhim bandi 2030 yilga qadar munosib haq to‘lanadigan 10 millionta yangi ish o‘rinlarini yaratish, kambag‘allikni bartaraf etish, ishsizlik darajasini 2030 yilda 5,2 foizga, inflyatsiyani esa 15,2 foizdan 4,3 foizga pasaytirishga erishamiz.
Kambag‘allikdan chiqib ketish uchun eng muhim omil – bu insonning intilishi, o‘z kuchiga tayangan holda, aniq maqsad sari harakati bo‘lishi kerak. Shu maqsadda, mahallalarda aholini kasb-hunarga o‘qitish bo‘yicha markazlar tashkil qilinadi. Bunda kasb-hunarga o‘qitilgan har bir shaxs uchun o‘quv markazlariga, o‘z biznesini boshlamoqchi bo‘lgan fuqarolarga subsidiyalar beriladi.Shuningdek, har bir tumanning imkoniyati va rivojlanish yo‘nalishidan kelib chiqib, dehqonchilik bilan shug‘ullanadigan oilalarga 10 sotixdan 1 gektargacha yer maydonlari ajratiladi.
Aholini yuqori mehnat daromadlari bilan ta’minlash, ularning ijodiy va kasbiy o‘sishi uchun keng imkoniyatlar yaratish lozim. Barcha sa’y-harakatlarimiz zamirida bitta maqsad - fuqarolarning real daromadlari va real oylik maoshlarining inflyatsiya darajasiga qaraganda tezroq o‘sib borishini ta’minlash turibdi.
Kambag‘allik darajasini qisqartirish ko‘p jihatdan daromadlar taqsimlanishidagi tafovutni kamaytirish, ijtimoiy tabaqalashuvning xavfsizlik meyorlaridan yuqori bo‘lmasligini ta’minlash, muhtoj oilalarni o‘rta daromadlilar qatoriga o‘tkazish bilan bog‘liqdir. Ehtiyojmand aholi bandligini ta’minlashga Bandlikka ko‘maklashish hamda jamoat ishlari jamg‘armalaridan katta mablag‘lar yo‘naltiriladi. Kambag‘allikni qisqartirish borasida hududlardagi haqiqiy holatga baho berish, amalga oshirilayotgan ishlar ijrosini nazorat qilish Oliy Majlis palatalari va mahalliy Kengashlarning diqqat markazida bo‘lishi lozim.
Har bir tuman va shahar hokimi bir oy muddatda o‘z hududida kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha manzilli dastur ishlab chiqib, uning ijrosi bo‘yicha har chorakda mahalliy kengashlarda hamda ommaviy axborot vositalari orqali xalqqa hisobot berib borishi zarur. Bu masala barcha rahbarlarning birinchi darajali vazifasi va ish samarasini baholaydigan asosiy mezonga aylanishi kerak.

Download 83.85 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling