3-mavzu. Milliy iqtisodiyotni rivojlantirish. Reja


Download 83.85 Kb.
bet1/12
Sana31.03.2023
Hajmi83.85 Kb.
#1313711
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
3-Mavzu.ST (1)


3-mavzu. Milliy iqtisodiyotni rivojlantirish.
Reja:
1.Iqtisodiyot - jamiyat hayotining tanasi.
2.Iqtisodiy strategiyamizning ustuvor yo‘nalishlari .
3.Moliya bozorlarini takomillashtirish va rivojlantirish.
4.Qishloq ho‘jaligini jadal rivojlantirish.
5.Suv resurslari samaradorligini oshirish.
6.Raqamli iqtisodiyot sari.


Tayanch tushunchalar: iqtisodiyot, milliy iqstisodiyot, iqtisodiy strategiya,moliya bozori, qishloq ho‘jaligini rivojlantirish, suv resurslari,raqamli iqtisodiyot.
1.Iqtisodiyot - jamiyat hayotining tanasi.
Yangi O‘zbekiston strategiyasi yangi iqtisodiy dunyoqarash, yangicha iqtisodiy munosabatlar erkin va farovon jamiyat qurish va milliy xavfsizlikni ta’minlashga xizmat qiladi.Ushbu strategiyani amalga oshirishda har qaysi shaxs, inson, har bir oilaning tinch va farovon hayot haqidagi ezgu niyat va xohish-istaklarini ro‘yobga chiqarish, aholi turmush darajasining barqaror o‘sib borishini ta’minlash e’tiborimiz markazida bo‘ladi.
Hozirgi vaqtda yurtimizda rivojlangan demokratik davlat va inson haq-huquqlari ustuvor bo‘lgan fuqarolik jamiyatini barpo etish bilan bog‘liq siyosiy faoliyat va islohotlar jadal olib borilmoqda.Ayni paytda bu mamlakatimiz hayotining barcha sohalarida ro‘y berayotgan yangilanish va o‘zgarishlarning muqarrar tarzda odamlarning siyosiy ongi, siyosiy madaniyati za faolligi yuksalib borishi, fuqarolik institutlari nufuzi va mavqeining oshishi, ularga ko‘proq huquqlar berilishi jarayoni bilan uzviy bog‘liq ekanini anglatadi.
Ushbu jarayonda davlat organlari va boshqaruv idoralari bilan birga, nodavlat tashkilotlarning yanada kengroq ishtirok etishi esa, jamiyat hayotining demokratik jarayonlar bilan bog‘liq asoslari tobora mustahkamlanib borayotganidan dalolat beradi. Bu, o‘z navbatida, eng rivojlangan demokratik mamlakatlar tajribasidan o‘tgan muhim ijtimoiy fenomen, ya’ni "Davlat organlari - xalqqa xizmat qilishning samarali vositasi" degan tamoyilning bugungi hayotimiz, islohotlar jarayonidagio‘rni va ahamiyatini yaqqol ko‘rsatadi. Boshqacha aytganda, mazkur tamoyil dunyo davlatlarining hozirgi zamonga xos ilg‘or tajribalari bilan bir necha ming yillik o‘zbek milliy davlatchiligi an’analari uyg‘unligining o‘ziga xos ifodasi sifatida ham namoyon bo‘lmoqda. Natijada bu yo‘nalishda jahon andozalariga mos keladigan va jamiyat hayotining barcha sohalari, ayniqsa, jamiyat va davlat munosabatlarining eng demokratik shakllari uchun asos bo‘ladigan xalqchil tuzilmalar va zamonaviy siyosat tamoyillari shakllanmoqda. Keyingi yillarda jamiyatimiz hayotining barcha jabhalarini qamrab olgan va tadrijiy tarzda amalga oshirilgan ijtimoiy-siyosiy yangilanishlar natijasida xalqimizning ongu tafakkuri, dunyoqarashi o‘zgarishi bilan birga, boshqaruv ma’murlari va mulozimlarining ish uslublari, faoliyat yo‘nalishlari ham yangicha sifat va zamonaviy mazmun kasb eta boshladi.
Hozirgi davrdagi rivojlangan davlatlarning tajribasini, xalqimizning milliy davlatchilik an’analarini aks ettirgan bunday ijtimoiy-siyosiy voqelik va uning tuzilmalari jamiyat o‘zgarishlari dinamikasini ta’minlashga xizmat qilmoqda.Ushbu vazifani bajarishda muhim ijtimoiy omillardan biri - jamoatchilik nazorati mexanizmlarini amalda tatbiq etish, fuqarolik institutlari hamda ommaviy axborot vositalari rolini kuchaytirish kabi yo‘nalishlar islohotlarning tarkibiy qismiga aylangani bejiz emas.Bizning bosh maqsadimiz - yurtimizda xalqhokimiyatini nomiga emas, balki amalda joriy qilishdan iborat.Demokratik huquqiy davlat va ochiq fuqarolik jamiyati barpo etishning eng muhim sharti bo‘lgan xalqning xohish-irodasini, uning orzu-intilish va manfaatlarini har tomonlama hisobga olgan holda, davlat hokimiyati idoralarifaoliyatini yo‘lga qo‘yish albatta, ushbu tamoyilning amalga oshishini nazarda tutadi. O‘z navbatida bu, xalq bilan muloqot demokratik taraqqiyot va inson manfaatlarini ta’minlash omiliga aylanganidan dalolat beradi.
Davlat organlarining aholiga "Fuqarolar emas, hujjatlar harakatlanadi" tamoyili asosida xizmat ko‘rsatishiga erishdik. Bu, o‘z navbatida, xalqimizning og‘irini yengil qilish, ularga "davlat - fuqaro" munosabatlarida qulaylik yaratish va shaffoflikni ta’minlash maqsadida davlat xizmatlari ko‘rsatishning yangi tizimi ishlab chiqilganidan dalolat beradi. Shu bilan birga, xizmatlar qamrovi va tezkorligini oshirish uchun davlat xizmatlari markazlari faoliyatini rivojlangan davlatlar darajasiga olib chiqish zarur. Barcha davlat xizmatlarini inventarizatsiya qilib, to‘lov miqdorlari, shartlari va boshqa talablarini soddalashtirish bo‘yicha ishlar olib boriladi.
Davlat idoralarining xalqimizga ko‘rsatadigan xizmati - odamlarni rozi qilishning asosiy mezonidir. Shundan kelib chiqib, qaysi qishloqda, mahallada qaysi xizmatga ehtiyoj borligiga qarab, tegishli sharoit yaratish kerak. Qaysi xizmatlarni - arzonlashtirish, qaysilarini - bepul qilish masalasini tahlil etib, aholiga yengillik va qulaylik yaratish zarur. Idoralararo integratsiya darajasini oshirish, buning uchun davlat xizmatlari uchun to‘lovlarning 20 foizini tashkilotlarning axborot texnologiyalari tizimini rivojlantirishga yo‘naltirish, qog‘oz shaklidagi arxiv hujjatlarini raqamlashtirish lozim.
Elektron raqamli imzo bilan ishlash tizimini takomillashtirish, davlat xizmatlari portalining mobil ilovasini rivojlantirish, nogironligi bo‘lgan shaxslarga to‘lovlarda chegirma berish vazifalari ham dolzarb bo‘lib turibdi.Biz shu asnoda O‘zbekistonni innovatsion, zamonaviy va samarali davlatga aylantiramiz. Yangi O‘zbekiston strategiyasi - fuqarolarning mamlakat ijtimoiy-siyosiy hayotidagi ishtirokini kengaytirish, ularning orzu-intilishlarini ro‘yobga chiqarish, ilg‘or tashabbuslarini amalga oshirish, hayotiy muammolarini hal etish, turmush darajasini yuksaltirish, mustaqil ravishda o‘z moddiy farovonligini oshirishi uchun yetarli va zarur sharoitlarni yaratish deganidir.
Davlat boshqaruvida biz uchun nisbatan yangi, lekin ko‘plab rivojlangan demokratik mamlakatlarda amal qilayotgan "Davlat xalqqa xizmat ko‘rsatishi shart" g‘oyasini tatbiq etishni nazarda tutuvchi "Xalqchil davlat" milliy dasturi ishlab chiqiladi, "Davlat xizmatlari to‘g‘risida"gi qonun qabul qilinadi.Davlat boshqaruvining konstitutsiyaviy asoslarini yanada samarali tashkil etish, davlat va fuqarolar o‘rtasida halol munosabatlarga asoslangan, samarali ijtimoiy himoyani ta’minlovchi davlat boshqaruvini shakllantirishni talab etadi. Davlat organlari faoliyatini samaradorlik, nomarkazlashtirish, natijalar uchun javobgarlikni his etish kabi tamoyillar asosida tashkil etish, ma’muriy boshqaruv falsafasi va madaniyatini tubdan qayta ko‘rib chiqish, davlat tomonidan ko‘rsatiladigan xizmatlarning sifati za natijadorligini ta’minlash asosida O‘zbekistonning davlat boshqaruvi sifati yuqori darajaga ega davlatlar katoridan o‘rin olishiga erishish zarur. Shuningdek, davlat boshqaruvining innovatsion, zamonaviy modellarini hamda menejmentning samarali usullarini hamda korporativ boshqaruv, davlat-xususiy sherikchilik va ijtimoiy hamkorlik tamoyillarini keng joriy etish, autsorsing dasturlarini hayotga tatbiq etishga alohida ahamiyat qaratamiz.
Barcha bo‘g‘indagi davlat hokimiyati va boshqaruv organlarining xalq oldidagi javobgarligi aniq belgilanib, fuqarolarning murojaatlarini ko‘rib chiqishda ular tomonidan sansolorlik, mas’uliyatsizlik va befarq munosabatda bo‘lish holatlariga barham beriladi. Fuqarolarning ishonchini oqlamagan barcha darajadagi vazirlar, hokimlar va deputatlarni chaqirib olishning yangi mexanizmlari ishlab chiqiladi va amalga oshiriladi."Xalq qabulxonalari"ga konstitutsiyaviy maqom berish za ular to‘g‘risida alohida qonun qabul qilishning vaqti keldi.Ushbu yo‘nalishdagi barcha ishlarimizning samarasi xalqimizning og‘irini yengil qilish, uning orzu-umidlarini ro‘yobga chiqarishga qaratilgan faoliyatning naqadar to‘g‘ri tashkil etilgani va natijadorligiga bog‘liqligini aslo unutmaslik lozim.Shuningdek, davlat boshqaruvining innovatsion, zamonaviy modellarini hamda menejmentning samarali yo‘llarini hamda korporativ boshqaruv, davlat-xususiy sherikchilik va ijtimoiy hamkorlik tamoyillarini keng joriy etish, autsorsing dasturlarini hayotga tatbiq etishga alohida ahamiyat qaratamiz.



Download 83.85 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling