3-mavzu. Mutaxassislik masalalarida axborot texnologiyalarini qo‘llash. Elektron jadvallar va ma’lumotlar bazasi


Download 1.42 Mb.
Pdf ko'rish
bet24/58
Sana18.10.2023
Hajmi1.42 Mb.
#1708595
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   58
Bog'liq
pdf

Найти далее tugmasini bosish darkor; 

belgilangan belgilarni almashtirish uchun Заменить tugmasini 
bosish kerak, shundan so‘ng Заменить muloqot oynasi paydo bo‘ladi. 
3.1.13-rasm. “Найти и заменить” muloqot oynasi. 
MS Excel bitta element yaratish maqsadida elementlarni yig‘ma jadvalga 
guruhlashga imkon beradi. Masalan, diagramma qurish yoki bosib chiqarish 
uchun oylarni choraklarga guruhlash. 
 
Jadval elementlarini guruhlash uchun quyidagilar zarur: 

natijaviy satr yoki ustunga bo‘ysundiriladigan satr yoki ustunlarni belgilash 
(bu guruhlash lozim bo‘lgan satr yoki ustunlar bo‘ladi); 

Данные menyusida Группа и структура  punktini tanlash; 

Группировать punktini tanlash. 
Shu tarzda strukturaning barcha kerakli darajalarini yaratish mumkin. Misol 
uchun, 3.1.14-rasmdagi jadval 3 detalizatsiya darajasiga ega. Uchinchi daraja 2-4 va 
6-8 satrlarini yashiradi, ikkinchi daraja -2-9 satrlarni yashiradi. Shunday qilib
detalizatsiyaning birinchi darajasi faqat 1 va 10 satrlarni o‘z ichiga oladi. Darajalar 
o‘rtasida o‘tish uchun jadvalning yuqori chap burchagidagi tegishli raqamlar bilan 
tugmalar qo‘llanadi. 


Guruhlashni olib tashlash uchun kerakli elementlarni belgilash, Данные 
menyusining Группа и структура punktini, so‘ngra Разгруппировать punktini 
tanlash talab etiladi(3.1.14-rasm).
3.1.14-rasm. Guruhlar bilan ishlash oynasi. 
 
MS Excel da oynalar va ma'lumotlar bazalari bilan ishlash 
Ba'zida katta jadvalning turli qismlarini bir vaqtning o‘zida ko‘rib chiqish 
talab qilinadi. Buning uchun jadval oynasini kichik oynalarga quyidagi usullardan 
biri yordamida bo‘lish lozim: 
 Sichqon ko‘rsatkichini bo‘lishning gorizontal yoki vertikal ishora 
belgisiga (3.1.15-rasm) o‘rnatish (u ikki tarafga yo‘naltirilgan strelka 
ko‘rinishini oladi) va kerakli joyga tortib borish zarur. Kichik oynalar 
kattaliklarini ishora belgisini tortib cho‘zib o‘zgartirish mumkin.
 Oynani bo‘lish lozim bo‘lgan ustun yoki satrni belgilash. Oynani 4 
qismga bo‘lish uchun bo‘lishni bajarish lozim bo‘lgan katakni 
belgilash lozim. So‘ngra Окно menyusida Разделить buyrug‘i 
tanlanadi. Oyna belgilangan katak ustidagi satr bo‘yicha gorizontal va 
undan chapdagi ustun bo‘yicha vertikal tarzda bo‘linadi.  
Oynalar bo‘linishini bekor qilish uchun Окно menyusida Снять 
разделение buyrug‘ini tanlash yoki ishorat belgisiga ikki marta bosish kerak. 


3.1.15-rasm. Oynani bo’lish. 

Download 1.42 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   58




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling