3 Mavzu: Ontologiya Borliq falsafasi. Ma’ruza rejasi


Download 104.07 Kb.
bet4/14
Sana08.05.2023
Hajmi104.07 Kb.
#1442625
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
3 мавзу Онтология Борлиқ фалсафаси

2-savol bayoni: Borliqni shakllarga ajratishda uning asosida, mohiyatida nimalar yotishiga e’tibor qaratish lozim. Falsafa tarixida o‘zining mavjudligi uchun o‘zidan boshqa hech narsaga muhtoj bo‘lmagan shunday birinchi asosni ifodalash uchun «substansiya» (lot. substantia – mohiyat, asos) kategoriyasi qo‘llaniladi. Substansiya - muayyan narsalar, voqealar, hodisalar va jarayonlar xilma-xilligining ichki birligida namoyon bo‘luvchi asos, mohiyat demakdir.
Substansiya deyilganda falsafada dastlabki paytlarda borliq, tabiat, jamiyat, inson va dunyodagi barcha narsa va hodisalarning asosida yotuvchi moddiy yoki ruhiy mohiyat ang­langan. Ilk falsafiy yo‘nalishlarning vakillari barcha narsalar asosini tashkil etuvchi moddani birinchi asos sifatida tushunganlar. Odatda, bunday asos sifatida o‘sha davrda umumiy e’tirof etilgan birinchi stixiyalar: yer, suv, havo, olov yoki fikriy konstruksiyalar, «birinchi g‘ishtlar» - apeyron, atomlar qaralgan. O‘rta asr Sharq falsafasi namoyandalari al-Kindiy, Zakariyo Roziy, Forobiy, Ibn Sino, Ibn Rushd asarlarida substansiya deb hamma narsaning moddiy yoki ma’naviy asosi, mohiyati tushunilgan. Substansiyaga qarama-qarshi tushuncha «aksidensiya» deb atalgan. Aksidensiya (lot. accidentia - o‘tkinchi, tasodifiy) narsa va hodisalarning o‘tkinchi sifatlarini ifodalaydi. Forobiyning yozishicha, «olamda substansiya va aksidensiya hamda ularni yaratuvchi marhamatli ijodkordan boshqa hech narsa yo‘qdir»1; «Aksidensiyani sezgilar oqrali his etish mumkin, substansiyani esa faqat aql anglab yetadi»2; «Masalan, olma - substansiya bo‘lsa, uning qizilligi esa aksidensiyadir»3.
Substansiya g‘oyasidan turli falsafiy ta’limotlar dunyoning birligi va uning kelib chiqishi haqidagi masalaga o‘zlari qanday javob berishiga qarab har xil foydalanadilar.
Monizm. Dunyoning narsalar va hodisalar rang-barangligi bir substansiyadan iborat degan ta’limot «monizm» (yunon. monos – bitta, yagona) deb ataladi. Dunyoning kelib chiqishi va mohiyati haqidagi hozirgi ilmiy tasavvurlar, shuningdek birinchi asos muammosiga nisbatan falsafa tarixidagi eng salmoqli yondashuvlar kurashi nuqtai nazaridan substansiya tabiatini tushunishga nisbatan ancha keng tarqalgan ikki yondashuv – materialistik va idealistik monizmni qayd etish lozim.

Download 104.07 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling