3 Mavzu: Ontologiya Borliq falsafasi. Ma’ruza rejasi
-savol bayoni: Borliqning atributlari
Download 104.07 Kb.
|
3 мавзу Онтология Борлиқ фалсафаси
- Bu sahifa navigatsiya:
- Muayyan jismning aynan shu jism ekanligini belgilovchi xususiyatlari uning atributlari deyiladi.
- Harakat – borliqning asosiy mavjudlik sharti.
3-savol bayoni: Borliqning atributlari. Borliqning mavjudligi qanday namoyon bo‘ladi? Bu masalada borliqning ajralmas xususiyatlari falsafada atribut tushunchasi bilan ifodalanadi. Atribut (lot.atributhum –ato etmoq) har qanday narsaning aynan o‘sha narsa ekanligini ifodalovchi xususiyatlarini aks ettiradi. Muayyan jismning aynan shu jism ekanligini belgilovchi xususiyatlari uning atributlari deyiladi. Borliqning ham bir qancha atributlari mavjuddir. Ular: harakat, makon, vaqt, in’ikos, ong va boshqalar. Borliq o‘zining xossalari, xususiyatlari orqali namoyon bo‘ladi. Endi borliqning atributlari, ya’ni ajralmas tub xususiyatlari xaqida to‘xtalib o‘taylik.
Harakat – borliqning asosiy mavjudlik sharti. Borliqning atributlari ichida uning asosiy mavjudlik usulini ifoda etuvchi xususiyati harakat hisoblanadi. Chunki borliq harakatsiz o‘zining strukturaviy yaxlitligini saqlay olmaydi. Shu sababli harakat borliqning asosiy mavjudlik usulidir. Hozirgi zamon falsafasida «harakat» tushunchasi «keng» ma’noda umuman har qanday o‘zgarish haqidagi tasavvur sifatida talqin qilinadi. Harakatni umuman o‘zgarish sifatida tushunish harakat turlarining butun rang-barangligini uning muayyan bir turiga bog‘lash to‘g‘ri emasligi haqida ogohlantiradi va harakat shakllarining umumiy xususiyati va bir-biriga aylanish qobiliyatiga ishora qiladi. «Umuman o‘zgarish» deganda, bizning ular haqidagi fikr-mulohazalarimizdan qat’iy nazar, ob’ektiv mavjud bo‘lgan barcha o‘zgarishlar, turli jarayonlar nazarda tutiladi. O‘zgarishlarning umumiy xususiyati. Bizni qurshagan dunyoning eng muhim xususiyati – Koinotda va uning barcha tarkibiy qismlarida yuz beradigan tinimsiz o‘zgarishlardir. Tabiatning o‘zgaruvchanligi falsafa paydo bo‘lishidan ancha oldin yaxshi ma’lum bo‘lgan, falsafa vujudga kelgach esa, masalalarning mazkur doirasi alohida o‘rganish predmetiga aylandi va vaqt o‘tishi bilan uning negizida falsafiy bilimlarning maxsus bo‘limi – dialektika yuzaga keldi. Uning (yaxlit ta’limot sifatidagi) ildizlari qadimgi yunon falsafasiga, xususan «Hamma narsa oqib, o‘zgarib turadi», «Ayni bir daryoga ikki marta tushib bo‘lmaydi» kabi mashhur iboralar muallifi Geraklit ijodiga borib taqaladi. Shundan beri ob’ektiv borliqning turli-tuman miqdor va sifat o‘zgarishlarini ifodalash uchun «harakat» va «rivojlanish» kategoriyalari qo‘llaniladi. Buni moddiy borliq misolida qarab chiqaylik. Faraz qiling, qarshimizda biror jism turibdi. Agar harakat bo‘lmaganida edi, yoruqlik nurlari shu jismga urilib bizga qaytmagan bo‘lar edi, ya’ni biz uni ko‘rmagan bo‘lar edik. Shuningdek, bu jismning yaxlitligini saqlab turgan molekulalar, atomlar, elementar zarrachalar o‘rtasidagi o‘zaro ta’sirlar ham bo‘lmasdi. Natijada bu jismning strukturaviy birligiga putur yetgan bo‘lar edi. Tevarak-atrofimizdagi predmetlar va xodisalar harakat tufayli o‘zining muayyan tartibini va birligini saqlab turadi, shu tufayli, o‘sish, ulg‘ayish, ravnaq topish, rivojlanish mavjuddir. Harakat, bir tomondan, moddiy jismlar o‘rtasidagi va ularni tashkil etuvchi elementlar o‘rtasidagi aloqadorliklarning natijasi, boshqa tomondan esa, ulardagi o‘zgarishlar sifatida sodir bo‘ladi. Shu nuqtai nazardan ham falsafaning harakat - bu umuman har qanday o‘zgarishdir, deyilgan ta’rifi juda o‘rinlidir. Harakatning manbai xaqida gap ketganda, ana shu o‘zgarishlarning asosida yotuvchi o‘zaro ta’sirlar va ular orasidagi munosabatlar nazarda tutiladi. Demak, har qanday harakatning manbai shu sistemadagi ichki o‘zaro ta’sirlar ekan, har qanday jismning mavjudligini, eng avvalo, uning ichki aloqadorliklari ta’minlaydi. Falsafada harakat nafaqat turli jismlarning makonda mexanik siljishi sifatida, balki tabiiy jarayonlar va hodisalar holatlarining har qanday o‘zgarishi sifatida ham tushuniladi. Kengayib borayotgan Metagalaktika ham, o‘zaro ta’sirga kirishayotgan elementar zarralar ham, ko‘payayotgan, moddalar almashinuvini amalga oshirayotgan tirik hujayralar ham, ijtimoiy jarayonlar va hokazolar, shu jumladan fikrlash faoliyati jarayonlari ham harakatda bo‘ladi. Agar biz biron-bir tabiiy ob’ekt yoki hodisani ularning tabiiy holatida anglab yetmoqchi bo‘lsak, «harakat» tushunchasini chetlab o‘tishimiz mumkin emas. Bir qarashda, oddiy ong nuqtai nazaridan bu noto‘g‘ri, zero, Alp tog‘lari yoki Misr ehromlarini kuzatar ekanmiz, biz ular abadiy harakatsizlik holatida ekanligining guvohi bo‘lamiz. Ammo bu harakatsizlik nisbiydir. Umuman olganda, butun Koinot ulkan aylanma harakat holatida bo‘lib, bu yerda bizning sayyoramiz Quyosh atrofida, u bilan birga – bizning galaktikamiz markazi atrofida, u bilan birga esa – galakatik sistema markazi atrofida aylanadigan kichik bir zarradir. Harakatsizlik holatidagi narsalar strukturasi ham tinimsiz o‘zgarish jarayonini boshdan kechiradi, chunki uzluksiz harakatda bo‘lgan elementar zarralardan tashkil topadi. Temperatura o‘zgarishlari, kimyoviy tarkib o‘zgarishlari va shu kabilar bunday harakatning tashqi ko‘rinishlari hisoblanadi. Shunday qilib, harakat abadiy va yo‘q bo‘lmas, borliqdan ajralmas va mutlaqdir. Harakatsizlik esa nisbiy bo‘lib, o‘tkinchi xususiyatga ega. Mutlaq harakatsizlik, abadiy muvozanat va sokinlik hech qaerda yo‘q. Har qanday harakatsizlik, muvozanat nisbiydir, chunki ular harakatning muayyan holatlari hisoblanadi. Download 104.07 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling