3 Mavzu: Ontologiya Borliq falsafasi. Ma’ruza rejasi


Download 104.07 Kb.
bet5/14
Sana08.05.2023
Hajmi104.07 Kb.
#1442625
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
3 мавзу Онтология Борлиқ фалсафаси

Materialistik monizm deb tavsiflanadigan birinchi yondashuv dunyo yagona va uzviy, u azaldan moddiy va dunyoning birligi zamirida ayni shu moddiylik yotadi, deb hisoblaydi. Bu konsepsiyalarda ruh, ong va ideallikdan emas, balki moddiylikdan keltirib chiqariladi. Bunday yondashuvlarning o‘ta rivojlangan ko‘rinishlariga biz Fales, Geraklit, Spinoza, va uning izdoshlari asarlarida duch kelamiz.
Idealistik monizm esa, aksincha, materiyani har qanday borliqning boqiy mavjudligi, yo‘q bo‘lmasligi va birinchi asosiga ega bo‘lgan qandaydir ideal narsaning mahsuli deb hisoblaydi. Bunda ob’ektiv-idealistik monizmni (masalan, Platonda – bu o‘lmas g‘oyalar, o‘rta asr falsafasida – Xudo, Gegelda – yaratilmaydigan va o‘z-o‘zidan rivojlanadigan «mutlaq g‘oya») va sub’ektiv-idealistik monizmni farqlash mumkin.
Dualizm. Birinchi asos sifatida ikkita substansiya olingan falsafiy yondashuv dualizm (lot. dualis – ikki yoqlama) deb ataladi. Nemis faylasufi X.Volf XVIII asr boshida «dualizm» atamasini falsafiy muomalaga kiritgan.
Ikki asos, aytaylik, muhabbat va nafrat, yaxshilik va yomonlik, erkinlik va zaruriyatning teng huquqliligi g‘oyasi ilgari surilgan har qanday falsafiy nazariya dualistik nazariya sifatida amal qilgan.
Rene Dekart falsafa tarixidan dualizmning yorqin vakili sifatida o‘rin oldi. R.Dekartning radikal mexanitsizmi uni materiyaning butunlay ruhsizligi haqidagi yondashuvga olib keldi. R.Dekart nazarida, moddiy jismoniy substansiya o‘z atributi sifatida uzunlik, kenglik va chuqurlik ko‘lamigagina ega. U mutlaq bo‘shliqni istisno etadi, harakatlanish, ya’ni jismoniy zarralarni bo‘lish, joydan-joyga ko‘chirish va o‘zgartirish qobiliyatiga ega.
Ma’naviy hayot faylasuf nazarida moddiy hayotdan alohida, o‘zining bilish va fikrlash faoliyati, intellektual intuitsiya va deduksiya kabi o‘ziga xos ko‘rinishlarida namoyon bo‘ldi. U ruhiy substansiyaning butunlay jismsizligini e’tirof etdi.
Ikki substansiya – ma’naviy va moddiy substansiyalarni farqlash, bu mantiqiy nuqtai nazardan noto‘g‘ri va ratsional ma’noda juda ko‘p qiyinchiliklarga sabab bo‘lishi mumkin. Fikrlash va ko‘lamga ikki substansiya tarzida, ya’ni bir-biriga bog‘liq bo‘lmagan mustaqil asoslar sifatida yondashilganida, «ruh» va «tana» o‘z harakatlarida qanday uyg‘unlashishi, umuman, «tana» qanday qilib fikrlash qobiliyatini kasb etishi mumkinligini tushunish qiyin. Mohiyat-e’tiboriga ko‘ra, substansiya butun mavjudot asosi, hamma narsani o‘z ichiga oluvchi va o‘zini namoyon qilish uchun hech narsaga muhtoj bo‘lmagan yagona birinchi asos sifatida namoyon bo‘lgan

Download 104.07 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling