3-mavzu. O‘rta asrlarda Turkiya va Eron Sosoniylar sulolasini hokimiyat tepasiga kelishi


Sosoniylar davlatining ijtimoiy – iqtisodiy hayoti


Download 122 Kb.
bet2/9
Sana28.12.2022
Hajmi122 Kb.
#1070137
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
4-mavzu. O‘rta asrlarda Turkiya (1)

Sosoniylar davlatining ijtimoiy – iqtisodiy hayoti. 226 yilda Eronda hokimiyatni o‘z qo‘liga olgan Sosoniylar sulolasi zamonida Eron Sharqning qudratli davlatlaridan biriga aylandi. Sosoniylar yirik mulkdorlar hamda o‘rta va mayda yer egalariga ham suyanishga harakat qildi. Eronning Janubiy va Sharqiy qismidagi aholi sulolaning asosiy tayanchi edi. Ular uzoq vaqtgacha asosiy harbiy kuchlarni yetkazib berib turadi.
Parfiyadan farqli o‘laroq Sosoniylar markazlashgan davlat boshqaruv apparatini tashkil qildilar. Ular davrida mamlakat 18 satraplikka bo‘linib, uning tepasida satraplar turar edilar. Ular shoh tomonidan tayinlanardi.
Sosoniylar davrida Eron g‘arb va sharqda to‘xtovsiz urushlar olib bordi. Bu urushlar katta qo‘shin va moliyani talab qilar edi. Shu sababli Sosoniylar davlat moliyasiga katta e’tibor berdilar.
Sosoniy davlatida 4 xil tabaqalanish mavjud edi. Tabaqalanish kohinlar tomonidan nazorat qilinardi. Qadimgi Eronda uchta tabaqa: kohinlar, xarbiylar va dehqonlar bo‘lgan bo‘lsa, Sosoniylar davrida bu tabaqalar to‘rtta bo‘lgan: kohinlar, harbiylar, mirzolar va soliq to‘lovchi aholi. Bu tabaqalar tepasida shahanshoh turar edi. Kohinlar juda katta nufuzga ega bo‘lib, zardushtiylik dinining rahbarlari davlatda ikkinchi nufuzli shaxs bo‘lganlar. Ular – mobed, qo‘shin qo‘mondoni – yeren-spaxbed, mirzolar boshlig‘i – dabirbed, soliq to‘lovchilar toifasining boshlig‘i – vastrioshan – salar deyilgan.
Bu amaldorlarning ulkan boshqaruv apparati bo‘lib oliy tabaqali kohinlar – mobedlar nazorat qilib turishgan.
Harbiy ishlarda «yeren-spaxbeddan» keyin viloyat harbiy boshliqlari «shahrdorlar» turganlar, ular ko‘p hollarda shoh oilasi a’zolaridan bo‘lgan. Keyingi o‘rinda «vispux» lar bo‘lib, ular Eronning qadimgi urug‘laridan bo‘lgan. Harbiy va davlat ishlaridagi katta lavozimlar ularga meros bo‘lib o‘tar edi. Keyingi qatlamni «vazurgi»lar tashkil etib ular ham davlat boshqaruvi va qo‘shinda katta kuchga ega edilar. Lekin Sosoniylar qo‘shinining asosini «ozodlar» tashkil etib, ular otliq qo‘shinning tayanchi bo‘lgan.
Mirzolar tabaqasini davlat amaldorlari, kotiblar, elchilik maktublarini tayyorlovchilar, tabiblar, tarjimonlar va munajjimlar tashkil etgan.
To‘rtinchi soliq to‘lovchi aholining tarkibiga dehqonlar, hunarmandlar va savdogarlar kirgan. Davlatning turli – tuman yer va jon soliqlari mana shu tabaqa bo‘ynida edi.
Sosoniylar xukumronligi davrida Eronda ilk feodal jamiyati formalari nomoyon bo‘ladi. Bu hol ayniqsa yer egaligida nomoyon bo‘la boshladi. Yirik zodogonlar qo‘liga katta – katta yerlar berilib, ular bu yerlarni dehqonlarga ijaraga bera boshladilar. Natijada qullar mehnatiga e’tibor susaydi. Ijaraga yer olgan dehqonlar o‘z mehnatidan manfatdor edilar.
IV asr oxiriga kelib Sosoniylar jamiyatining asosiy ko‘rinishlari shakllanib bo‘ldi. Davlat tepasida shaxsan shoh turar edi. U tirikligida valiahd tayinlardi. Valiaxd faqat Sosoniylar urug‘idan bo‘lishi shart edi. Dastlab akadan ukaga o‘tgan xokimiyat, V asrdan boshlab otadan o‘g‘ilga o‘ta boshladi. Shahanshoh o‘zgarayotganda yirik amaldorlar va ruhoniylar o‘rtasida valiahdni taxtga qo‘yish uchun kurashlar bo‘lib turardi. Bu masalada mobedlarning ta’sir kuchi ulkan edi. Kohinlar boshlig‘i deyarli shahanshoh bilan teng nufuzga ega bo‘lib, u ham hal qiluvchi ovozga ega bo‘lgan. Faqatgina shahanshoh Yazdigerd I davrida kohinlarning ta’sir kuchi ancha qisqardi.
Sosoniylar Eronida satraplar boshliqlari «shahrdorlar» ham katta siyosiy kuchga ega edi. Viloyat boshliqlari V asrdan «marzbek» deb ataldi. 4 buyuk marzbek shoh unvoniga ham sazovor bo‘ldi.
Yuqorida ta’kidlaganimizdek Sosoniylar to‘xtovsiz urushlar olib bordi. Bu urushlar uchun mablag‘lar asosan soliqlardan olinardi. Asosiy soliq yer solig‘i bo‘lib, u hosilning ma’lum qismi 1/3 yoki 2/3 shaklida yig‘ib olinardi. U Xorach deyilib, keyinchalik arab tiliga xiroj solig‘i bo‘lib o‘tgan. Bu solig‘ pul yoki natura shaklida bo‘lgan. Bundan tashqari jon solig‘i bo‘lib, 20 yoshdan 50 yoshgacha bo‘lgan barcha fuqaro bu soliqni to‘lashi majbur edi. Bu soliqni to‘lashdan yirik amaldorlar, kohinlar, harbiy va mirzolar ozod edi. Shuningdek, aholining soliq to‘lovchi qismi qurilish ishlariga jalb qilinib: murakkab irrigatsiya tizimini ta’mirlash, yo‘l qurilishi, ko‘priklar, shahar devorlari qurilishida ishlashga majbur edi. VI asrga taalluqli paxlaviy tilidagi «Matikan – i xazai Datastai» asarida (Ming muammoning tahlili) Erondagi qullar va qul mehnati haqida ma’lumotlar bor. Qullar asosan og‘ir ishlar – irrigatsiya, konlarda ishlaganlar. Shuningdek, qullar zodagonlarning uylarida ham ishlatilgan.
Shahar hunarmandlari haqida IV yoki V asrga oid ma’lumotlar juda kam. Ular xutushan deb atalib, shaharlardagi xunarmandlarning o‘z mahallalari bo‘lgan. Masalan: kulollar mahallasi, temirchilar, zargarlar, etikdo‘zlar va xakazo. Ikki daryo oralig‘ining qadimgi shaharlarida hunarmandchilik ayniqsa rivojlangan. Bu aholi qatlami soliq to‘lar va hazinaga katta tushum keltirardi. Shahar hunarmandlari ichida forslar, suriyaliklar, yaxudiylar va boshqa halq vakillari ko‘p edi. Savdo va hunarmandchilik davlat boyligining asosini tashkil qilar edi. Eron tashqi savdoda Xitoy, Hindiston, Sharqiy Rim (Vizantiya) bilan savdo aloqalari olib borardi.
Ilk o‘rta asrlardayoq Sosoniylar Eronni feodal munosabatlariga o‘tdi, bu hol ayniqsa V asrda shakllandi. Quldorlik tizimining yemirilishi va feodal munosabatlarining shakllanishi taraqqiyot sari yangi yo‘l edi.

Download 122 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling