3-mavzu. O‘rta asrlarda Turkiya va Eron Sosoniylar sulolasini hokimiyat tepasiga kelishi
Erondagi Moniy va Mazdakiy harakati
Download 122 Kb.
|
4-mavzu. O‘rta asrlarda Turkiya (1)
Erondagi Moniy va Mazdakiy harakati. Erkin dehqonlarni qul qilish va yanada avj olib borayotgan ijtimoiy tengsizlik oqibatida qiynalgan xalq o‘z noroziligini va e’tirozini bildirib turardi. Sosoniy sulolasi boshqaruvi paytida bu ijtimoiy qarshilik diniy ta’limot va harakat sifatida o‘z aksini topdi. Shuningdek, bu harakat zardo‘shtiylik diniga ham qarshi qaratilgan edi. «Moniylik» deb nomlangan ushbu ta’limot, bu harakatning asoschisi va yetakchisi bo‘lgan Moniy nomi bilan ataldi. Moniyning fikricha, moniylik umumiy din sifatida hamda boshqa dinlarni o‘rnida bo‘lishi kerak edi. Shuning uchun ham ushbu dinda zardo‘shtiylikdan, xristianlikdan va buddizmdan bir qancha elementlar olingan edi. Moniylikning asosiy g‘oyasida – qorong‘ulikka qarshi kurash yotadi. Moniylar insonga qorong‘ulikka qarshi kurash da’vat etilgan, shuning uchun u odamlarni va hayvonlirni o‘ldirmasligi hamda go‘shtli taomdan tiyilmog‘i kerak, deb hisoblardilar. Ommaning qarshiligini aks ettirgan moniylar odamlarni tarki dunyolikka, nikohsizlikka, zoxidlikka da’vat etishardi. Moniylarning Sosoniylar davlatiga ijtimoiy tengsizlikka qarshi qaratilgan ta’limoti ayniqsa, shahar aholisi ichida tez tarqaldi.
Moniylik va uni targ‘ib qiluvchilar Sosoniy hukmdorlar va zardo‘sht ruhoniylari tomonidan ta’qib qilingan. Moniyning o‘zi, ta’qibdan qutilib Erondan qochdi va Sharqiy Turkiston - Markaziy Osiyoda, Hindiston va Xitoyda bo‘lib o‘z ta’limotini targ‘ib qildi. 273 yili u Eronga qaytdi, ammo bu yerda u qo‘lga olinib, 276 yilda shoh Bahrom I buyrug‘i bilan qatl qilindi. Shundan keyin Moniylar harakati a’zolarini quvg‘in qilish kuchaydi, ular Vizantiyaga va Sosoniylar imperiyasining sharqiy chegaralariga ko‘chib ketishga majbur bo‘ldilar, lekin u yerda ular o‘z talimotlarini targ‘ib qilishni davom ettirdilar. V asr oxiri – VI asr boshlarida paydo bo‘lgan «Mazdakiylik» ta’limoti Erondagi Sosoniylar boshqaruvi paytida diniy ko‘rinishda shakllandi. V asr boshida Eronni deyarli butun yerlarini egallagan dahshatli ochlik, uzoq davom etgan qurg‘oqchilik va holsizlik yuz berdi. Ochlikning ketidan xalq orasida kasallikni keltirib chiqaruvchi epidemiya tarqaldi. Shularning hammasi mazdakiylik harakatini paydo bo‘lishiga sabab bo‘ldi. Ushbu harakatda dehqonlar, qullar, hunarmandlar ishtirok etishdi. Bu harakatning asosiy targ‘ibotchisi va boshqaruvchisi sobiq mag (zardo‘shtiylar ruhoniysi) Mazdak edi. Mazdakiylarning qo‘zg‘oloni 488 yilda shoh va zodagonlar yashayotgan poytaxtda, keyin Eronning butun provinsiyalariga tarqalib ketdi. U ayniqsa, Eronning Kaspiy orti provinsiyalarida tez tarqaldi. Qo‘zg‘olonchilar yerlarni, sug‘orish inshootlarini egallab olishdi. Harakat shunday kuchaygan ediki, hatto Sosoniylarning shohi Kubod mazdakiylarga qo‘shilib oldi, chunki o‘sha paytda feodal zodagonlarning ta’siri kuchayib borayotgan edi. Mazdakiylar Kubod panohi ostida chorak asr bo‘lishdi. Lekin, bu harakat ancha kengayib ketganligi sababli shoh Kubod asta – sekin mazdakiylardan uzoqlashib bordi va mazdakiylar harakatiga bo‘lgan munosabatini o‘zgartirdi. Valiahd Xosrav 528 yillar oxiri - 529 yillar boshida mazdakiylar harakatiga qarshi katta qo‘shin bilan yurish qilib, qo‘zg‘olonchilarni jazolash va quvg‘in qilish boshlandi. Butun Eron bo‘yicha Mazdakiylarga qarshi qatog‘onlik boshlandi, shuning oqibatida 80 mingga yaqin kishi (ular orasida Mazdak ham) halok bo‘ldi. Omon qolgan mazdakiylar esa O‘rta Osiyo davlatlariga qochib, jon saqlab qolishdi. Download 122 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling