3-mavzu. O‘rta asrlarda Turkiya va Eron Sosoniylar sulolasini hokimiyat tepasiga kelishi
Arab davlatlarini Usmoniy turklar tomonidan bosib olinishi
Download 122 Kb.
|
4-mavzu. O‘rta asrlarda Turkiya (1)
Arab davlatlarini Usmoniy turklar tomonidan bosib olinishi. X asr o‘rtalarida Bag‘dod halifaligini Erondan chiqqan Buiylar sulolasi yenganidan so‘ng, halifalik o‘zlarining siyosiy ahamiyatlarini yo‘qotib, faqat diniy markazga aylanib qolgan edi.
Shu vaqtda Shimoliy Afrikada poytaxti Qohira shahri bo‘lgan Fotimiylar davlati paydo bo‘ldi. 1171-yili kelib chiqishi kurdlardan bo‘lgan Salohiddin Ayubiy Misrda Fotimiylar davlatini o‘rnida yangi Ayubiylar sultonligini tuzdi. Salibchilarga qarshi muvaffaqiyatli janglar olib borish natijasida Salohiddin Suriya va Falastin hududlariga ham o‘z ta’sirini o‘tkaza boshladi. Ayubiylar davlatining sultonlari Kavkazdan, Dashti Qipchoqdan olib kelingan yosh o‘g‘il bolalarni sotib olib, ularni yoshliklaridan harbiy ishlarga o‘rgatib borib, o‘zlariga shaxsiy gvardiya tayyorlaganlar. Ularni mamlyuklar deb atashgan. XIII asr o‘rtalarida mamlyuklar Misrda hokimiyatni o‘z qo‘llariga olishadi. Shu tariqa, Misrda XVI asrgacha hukmronlik qilgan mamlyuk sultonlari Suriya, Falastin hududlari ham o‘z ta’sirlariga olgan edilar. XVI asr boshlarida Bolqon yarim orolida hamda slavyanlar hududida o‘z ta’sirini kuchaytirib olgan Usmoniylar imperiyasining sultonlari endi Yaqin Sharq va Shimoliy Afrikada istilochilik urushlarini boshlashga e’tibor qaratishdi. Sulton Salim I Yovuz (1512-1520) Mesopotamiyaga da’vogarlik qilgan Erondagi Safoviylar davlatining shohi Ismoilga qarshi 1514 yilda urush qilib, uni mag‘lubiyatga uchratdi va Iroqning shimoliy qismini egallab, o‘z imperiyasiga qo‘shib oldi. Safoviylar davlatining mag‘lubiyatidan keyin Yaqin Sharqda Usmoniy turklarga qarshi tura oladigan yana bitta davlat bu – mamlyuklar sultonligi davlati edi. Mamlyuklar Misrda, Suriyada, Falastinda, shuningdek, Shimoliy Afrikadagi ayrim hududlarda hukmronlik qilar edilar. Mamlyuklar sultoni – Kansux al-Guri musulmonlar dunyosida yetakchi bo‘lishga da’vogarlik qilardi. U Usmoniylar bilan Safoviylar urushida Safoviylar shohi Ismoilni qo‘llab-quvvatlagan edi. 1516 yilning yozida Salim I ning qo‘shini Shimoliy Suriyaga bostirib kirdi. Xalab shahri yonida bo‘lgan birinchi to‘qnashuvdayoq, harbiy-texnika va taktika jihatidan qoloq bo‘lgan mamlyuklar qo‘shini turklar tomonidan mag‘lubiyatga uchradi. Bu jangdan so‘ng mamlyuklarni Suriya va Falastindagi hukmronlari tugab bordi. Usmoniylar qo‘shini yo‘lida uchragan birorta ham shaharlar turklarga hech qanday qarshilik ko‘rsatmadilar. Usmoniylar qo‘shini Suriya poytaxti Damashqqa yaqinlashganlarida mahalliy shahar aholisi mamlyuklarga qarshi qo‘zg‘olon ko‘tarib, turklarga yordam berishdi. Misrda mamlyuklar turklarga ancha kuchli qarshilik ko‘rsatishdi, lekin hal qiluvchi jangda mamlyuklar yana mag‘lubiyatga uchradilar. 1517 yilning boshida turklar mamlyuklar poytaxti Qoxira shahrini egallashdi. Mamlyuklar qo‘shini Yuqori Misrga chekindi, lekin tez orada mamlyuklar butunlay tor-mor qilinib, Misr ham, mamlyuklarga qarashli bo‘lgan Arabiston yarim orolidagi Xijoz ham Usmoniylar imperiyasiga qo‘shib olindi. Mamlyuklar ustidan butunlay g‘alaba qozonganidan keyin Salim Iga Yovuz degan nom berildi. Arab davlatlarini turklar tomonidan egallab olinishi Salim I Yovuzning vorisi Sulaymon I Qonuniy (1520-1566) davrida ham davom etdi. 1520 yilda turk qaroqchisi Xayriddin Shimoliy Afrikada Jazoirni egallab oldi va o‘zini sulton Sulaymon I Qonuniyning vassali ekanligini bildirib, Jazoirni Usmoniylar imperiyasiga qo‘shib olish tarafdori bo‘ldi. 1533 yildan Jazoirda turk sultoni tomonidan yuborilgan beylarbey hukumronlik qila boshladi. 1534 yilda turklar Jazoirga qo‘shni davlat bo‘lgan Tunisni egallash uchun birinchi bor harbiy yurish qilishdi. Lekin, ispanlar tomonidan mag‘lubiyatga uchrashdi. Faqat 1574 yildagina turklar butun Tunisni eganllab olishga erishdilar. 1551 yilda Usmoniy turklar Liviyani egallab oldilar. XVI asrning birinchi yarmida Usmoniy turklar Arabiston yarim orolida ham bosqinchilik urushlarini olib boradilar. 1532 yilda turklar Yamanni egallab oldilar va tez orada Somalini Qizil dengiz qirg‘oq bo‘ylarini bosib olishdi. Mosul shahrini harbiy plasdarmga aylantirgan turklar, bu yerdan Iroqning Janubiy qismlarini egallash uchun Eronga qarshi urush qilib turdilar. Iroqqa ega chiqish uchun Usmoniylar imperiyasi bilan Eron o‘rtasida yuz yildan ortiqroq vaqt davomida urush harakatlari olib borildi va bu urushlar 1638 yilda Usmoniylar imperiyasining g‘alabasi bilan tugab, butun Iroq hududi Usmoniylar imperiyaisiga qo‘shib olindi. Shunday qilib, yuz yildan vaqt davomida G‘arbda Marokash, Arabiston yarim orlidagi an-Najd viloyati va Ummon davlatidan tashqari, barcha arab davlatlari turklar tomonidan istilo qilinib, Usmoniylar imperiyasi tarkibiga qo‘shib olindi, uch-to‘rt asr davomida turk feodallari zulmi ostida ezilib keldilar. Nima uchun arab davlatlari Usmoniy turklarning e’tiborini tortib keldi? Birinchidan, arablarning yerlarini bosib olib, turklar arab xalq ommasini qaram dehqonga aylantirmoqchi edilar. Ikkinchidan, ko‘pgina arab davlatlarining halqaro savdo yo‘llarida qulay joylashganligi. Uchinchidan, Jazoir, Tunis va Liviyada joylashib olib, turklar Yevropa davlatlari bilan savdo sotiq ishlarini rivojlantirish bilan bir qatorda, yevropaliklarni O‘rta Yer dengizidan butunlay siqib chiqarib, bu yerda o‘zlari qaroqchilik qilishlari mumukin edi ( bu davr ilk kapitalning yig‘ilish davri bo‘lib, qaroqchilik dengiz savdosining bo‘linmas bir qismi hisoblanar edi). To‘rtinchidan, bu vaqtda buyuk geografik kashfiyotlar natijasida yangi savdo yo‘llari kashf qilingan bo‘lsa ham, lekin, Misr, Suriya va Iroq Sharq bilan G‘arb o‘rtasidagi savdo aloqalarida muhim rol o‘ynab, bu yerdan o‘tgan savdo yo‘li xali ham katta daromad keltirar edi. Turk sultonlarining arab davlatlari ustidan o‘rnatgan xukumronliklarini mustahkam deb bo‘lmas edi. Jazoir, Tunis va Liviya rasman Usmoniylar hududi hisoblansa ham, lekin XVII asrning boshidan amalda turk sultonidan mustaqil davlatga aylanishdi. XVII asr o‘rtalaridan Yaman ham amalda mustaqil bo‘lib oldi. Hatto, Suriya, Falastin, Iroq va Misrda hokimiyat turk sultoni tomonidan tayinlangan poshalar qo‘lida bo‘lsa ham, lekin bu yerlarda ham sulton xokimiyati mustaxkam emas edi. Gohida poshalarning o‘zlari sultonga qarshi fitnalar uyushtirishardi. Gohida, arab feodallari poshalarga qarshi qo‘zg‘olonlar ko‘tarishardi. Gohida esa kuchli xalq qo‘zg‘olonlari ko‘tarilib, butun Usmoniylar imperiyasini larzaga keltirardi. Download 122 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling