3-mavzu. O‘rta asrlarda Turkiya va Eron Sosoniylar sulolasini hokimiyat tepasiga kelishi


Download 122 Kb.
bet1/9
Sana28.12.2022
Hajmi122 Kb.
#1070137
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
4-mavzu. O‘rta asrlarda Turkiya (1)


3-mavzu. O‘rta asrlarda Turkiya va Eron


Sosoniylar sulolasini hokimiyat tepasiga kelishi. III asrning 20 yillarga kelib Parfiya davlati Rim imperiyasiga qarshi doimiy ravishda urush olib borganligi sababli inqirozga yuz tuta boshladi va natijada Parfiya sekin-asta parchalanib bordi. Bu vaqtga kelib, Parsa viloyatidan chiqqan zodagonardan biri Ardashir zardushtiylar dini ruhoniylari yordamida hokimiyatni o‘z qo‘liga oldi. So‘ngra, markaziy Erondagi Isfaxon va Nerman viloyatlarini birlashtiradi. Keyinchalik Huziston ham Parsaga qo‘shib olinadi. Parfiya shohi Artoban bilan Ardashir o‘rtasida 226 yili hal qiluvchi jang bo‘lib o‘tdi va bu jangda Artoban o‘ldirilib, g‘alaba qozongan Ardashir (226-242 yillar) Sosoniylar imperiyasiga asos soladi. Yangi sulola Ardashirning bobosi Sosonning nomi bilan yuritiladi.
Sosoniylar imperiyasidagi davlat boshqaruv tizimida uch tabaqa vakillari - harbiylar, ruhoniylar va zodagon amaldorlar asosiy o‘rin tutganlar. Ularning boshida Shahanshohning o‘zi turgan. Shahanshohdan so‘ng bosh vazir turardi. U asosan shohning farmonlari hamda uning buyruqlari bajarilishi jarayoni bilan shug‘ullangan. Shuningdek, bir necha devonlar bosh vazirga qarashli bo‘lgan. Davlat boshqaruv apparatining asosiy bo‘g‘ini moliya va mudofaa devoni bo‘lgan. Moliya devoni soliq va yer bilan shug‘ullangan. Mamuriy boshqaruv viloyat va tumanlarga bo‘linib idora etilgan.
Aholining asosiy qismi dehqonchilik bilan shug‘ullanib, ular sun’iy sug‘orishdan keng foydalanganlar. Tog‘li hududlardagi qabilalar chorvachilik bilan shug‘ullanganlar. Shuning bilan birga hunarmanchilik va savdo – sotiq ham rivoj topa boshlagan. Bu vaqtda imperiyada qulchilik ham davom etgan bo‘lib, yirik qul bozorlari mavjud edi. Qullar mehnati qishloq xo‘jaligida juda katta ahamiyatga ega bo‘lgan.
Yerga egalik qilish huquqi asosan zodagonlarda bo‘lgan. Ular yirik va kichik yer egalari hisoblanganlar. Bundan tashqari, ayrim dehqon jamoalarida ham hususiy yerlar bo‘lgan. III – V asrlarga kelib Sosoniylar imperiyasida yangi soliq turlari vujudga kelgan. Masalan: Xorach – yerdan olinadigan mahsulotlar uchun solinadigan soliq. Gezit – jon solig‘i hisoblangan. Bundan tashqari ayrim dehqonlar soliqlarni natura bilan to‘laganlar. Sosoniylar imperiyasida kichik shaharlarning paydo bo‘lishi natijasida hunarmandchilik taraqqiy etgan. Kashtachilik, gilamdo‘zlik va zargarlik kabi hunarlar ko‘paygan.
Bu vaqtga kelganda Sosoniylar imperiyasining Sharqida Kushoniylar davlati inqirozga yuz tuta boshlagan edi. Bundan foydalangan Sosoniylar Xuroson va Morvda o‘z mavqelarini o‘rnatib olishga intildi. Shuningdek, Sosoniylar Rimliklarga ham qarshi kurash olib boradilar. Ayniqsa, bu ikki davlat o‘rtasida Mesopotamiya va Armaniston uchun shiddatli urushlar olib borilgan. Eron shohi Shopur I (242 – 272 yillar) Kavkaz orti mamlakatlarini qo‘lga kiritadi va Hirot, Seyistan kabi shaharlarni o‘z hududiga qo‘shib oladi. Uning nabirasi Shopur II Sharqiy Rim imperiyasining bir necha viloyatlarini bosib oladi va rimliklarni chekinishga majbur qiladi.

Download 122 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling